Elektron ta’lim resurslari:
1.
w.w.w.tdpu.uz
2.w.w.w.pedagog.uz
3.w.w.w.ziyonet.uz
4.w.w.w edu.uz
5.tdpu-INTRANET.Ped
Boshlang’ich sinf o’quvchilarida mehnatga ijobiy munosabatni shakllantirish usullari.
Bugungi kunda jamiyatimiz uchun har tomonlama rivojlangan fan texnika taraqqiyotini hayotga
tatbiq eta oladigan yetuk, malakali kadrlar tayyorlash masalasi turibdi. Maktab ta’limining hozirgi
bosqichida o’quvchilarni mehnatga tayyorlash, o’sib kelayotgan avlodning ta’lim va tarbiyasidagi
eng zarur vazifalaridan biri hisoblanadi, chunki mehnat har qanday rivojlanish va taraqqiyot
jarayonining asosidir. Boshlang’ich sinflarda o’quvchilarni mehnatga tayyorlash ularning
qiziqishlari, moyilliklari va imkoniyatlariga asoslangan qo’l mehnati hisoblanadi. Shu munosabat
bilan mehnat ta’limi jarayoni o’quvchilarda ushbu yosh uchun bilim, mehnat, ahloqiy, estetik,
iqtisodiy-ekologik va aqliy imkoniyatlarni aniq mehnat jarayonlarida rivojlantirishga qaratilgan.
Natijada ularni mehnatga tayyorlashni keyingi sinflarda davom ettirilishi uchun zarur aloqadorlik
hosil qilinadi. Mehnatning, nafaqat bola tarbiyasida, balki har qanday odamning komil inson
bo‘lib yetishishida ahamiyati naqadar ulkan ekanligi hammamizga ma’lum. Shuning uchun bo‘lsa
kerak, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida ham mehnat to‘g‘risida alohida moddalar
qabul qilingan. Masalan, “Har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat
sharoitlarida ishlash… (37-modda), yollanib ishlayotgan barcha fuqarolar dam olish huquqiga
egadirlar… (38-modda), Har kim qariganda, mehnat layoqatini yo‘qotganda, shuningdek
boquvchisidan mahrum bo‘lganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy ta'm’not
olish huquqiga ega… (39-modda)” kabi huquqiy me’yorlarni misol qilib aytib o‘tish mumkin.
Xuddi shunday mehnatga, aynan olganda, mehnat ta’limiga e’tibor xalq ta’limida ham
qaratilgan. Shu jumladan, boshlang‘ich ta’limda ham har bir sinfda haftada bir soatdan mehnat
ta’limi mashg‘ulotlari tashkil etilishi belgilab berilgan. Boshlang‘ich sinflarda o‘tkaziladigan
mehnat ta’limining maqsadi – “o‘quvchilarning barkamol shaxs bo‘lib shakllanishlari uchun
ularga mehnat jarayonlari, kasblar asoslarini (texnologiyasini) o‘rgatish, ularni kasb tanlash bilan
uyg‘unlashtirish orqali ularning kasbgacha tayyorgarligiga zamin yaratishdan iborat” dir. Mehnat
ta’limining tarbiyaviy maqsadi ham kattadir, ya’ni “o‘quvchilarning mehnat ko‘nikmalarini
egallashlari jarayonida mehnat va kasbga munosabatlarida yuqori axloqiy sifatlarni,
mehnatsevarlik, vatanparvarlik, insonparvarlik va tadbirkorlikni shakllantirish” lozim. Mehnat
ta’limining hozirgi davrdagi, qolaversa mehnat ta’limi o‘qituvchilarining vazifalari ham, bu
vazifalarning talab darajasida bajarilishiga ham yosh avlodning barkamol inson bo‘lib
yetishishlarida
muhim
o‘rin
tutadi.
Bu
vazifalar
tubandagilardan
iboratdir:
-Tashkiliy
vazifalar
–
“o‘quvxona,
unda
maxsus
ish
joyi,
zarur
materiallar, asboblar tashkil qilish.
66
•
-Sanitariya-gigiyena
hamda
mehnat
xavfsizligi
talablarini
ta’minlash”. Uslubiy vazifalar – mashg‘ultlarning yarim va bir yillik o‘quv ish rejalarini tuzish,
• mahalliy sharoitlarni hisobga olish,
• o‘g‘il va qiz bolalarning o‘zlariga xos mehnat mashg‘ulotlarini va kasb tanlashlarini amalga
oshirib borish va boshqalardir.
Boshlang‘ich ta’limda o‘qitiladigan mehnat ta’limi fani o‘quvchilarni aqliy va jismoniy
mehnat turlari, kasblar bilan dastlabki tanishtirish, kasb tanlashga tayyorlash, mehnatni qadrlash,
mehnatga qiziqish hamda mehnatsevarlikni shakllantirish orqali ularning kasbgacha
tayyorgarliklarini 5-sinf uchun uzviy bog‘lanish zaminini yaratishni ko‘zda tutadi. Bular ta’limiy
va tarbiyaviy hamda rivojlantiruvchi yo‘nalishlar hisoblanadi. O‘qituvchi mehnat ta’limi
mashg‘ulotlari jarayonida o‘quvchilarga aqliy, jismoniy, axloqiy, badiiy-estetik tarbiya va ta’lim
berish orqali ularning barkamol shaxslar bo‘lib yetishishlariga yordam berishi darkor.
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini malakasini oshirishga qo‘yilgan davlat talablarida kursni
bitirgan o‘qituvchi mehnat ta’limi fani bo‘yicha mashg‘ulotlarni ham “talab darajasida o‘tish
mahoratiga ega bo‘lishi” aytib o‘tilgan. Ana shu talabdan xulosa chiqarib, har bir boshlang‘ich
sinf o‘qituvchisi (mehnat ta’limi fanini o‘qitmasa ham) mehnat ta’limi bo‘yicha barcha me’yoriy-
uslubiy hujjatlarni, davlat ta’lim standarti va dastur talablarini, mashg‘ulotlar o‘tish shart-
sharoitlarini, metodikasini chuqur bilishi lozim bo‘ladi. Shu bilan birga, (sinf rahbari sifatida ham)
o‘quvchlarning mehnat ta’limi dasturida belgilangan bilim, ko‘nikmalarini davlat ta’lim
standartlariga binoan o‘zlashtirish holatini dastlabki, oraliq va yakuniy nazorat qilib borishlari
kerak. Mehnat ta’limi “Inson va jamiyat” sohasiga kiradi. Bu sohaga jami beshta fan mavjud.
Davlat ta’lim standarti beshta fan bo‘yicha umumiy qilib, bir bo‘limda keltirilgan. Bular orasidan
mehnat ta’limi bo‘yichaqo‘yilgan talablarni aniqlab olish zarur.
Tubandagi talablar shular jumlasiga kiradi:
- texnik modellashtirishga oid ishlarni bilish;
- uy-ro‘zg‘or ishlarini bajara olish;
- sodda konstruktorlik ishlarini bajara olish;
-
duradgorlikka
oid
sodda
va
yengil
ishlarni
bajara
olish
(o‘g‘il
bolalar uchun);
- oddiy bichish-tikish ishlarini bajara olish (qiz bolalar uchun);
- inson mehnatini, faoliyat turlarini anglash.
MO’D 4-sinfning bitiruvchilariga qo‘yiladi. Shunga qaramasdan, bu ko‘rsatkichlarga o‘quvchilar
birinchi sinfdanoq tayyorlab boriladi. Har bir sinfda qanday bilim, ko‘nikma va malakalarni berish
dastur talablarida belgilab beriladi. Shuning uchun ham mehnat ta’limidan dars beruvchi
o‘qituvchi, avvalo, har bir sinf oxirida o‘quvchlar bilishi, uddalay olishi kerak bo‘lgan dastur
talablarini chuqur bilishi shart va har bir mehnat ta’limi mashg‘uloti jarayonida o‘z maqsadini ana
shu talablarni bajarishga qaratishi lozim. Masalan, o‘quvchilar birinchi sinfni tugatgandan so‘ng
quyidagilarni uddalay olishlari lozim:
- ayrim kasblarda ishlatiladigan asboblar nomlarini va nima maqsadda ishlatilishini bilish;
- yog‘och materiallar olinadigan daraxtlarni tanish va ularning
nomlarini bilish;
- ayrim gazlama turlari, nomi, xususiyatlarini va ulardan tayyorlanadigan buyumlarni bilish;
- pazandalikda ishlatiladigan mahsulotlarning turlari va nomlari, nima maqsadda ishlatilishini
bilish;
- qandolatchilikda ishlatiladigam xom ashyolar va tayyorlanadigan mahsulotlarni bilish;
- qurilish sohasida ishlatiladigan materiallar nomi, ayrim xususiyatlari va ishlatilish sohalarini
bilish;
67
- qog‘oz va kartondan eng oddiy shakldagi buyumlarni qirqib tayyorlash, ularning rasmini chizish,
bo‘yash hamda eng oddiy naqshlar bilan bezash;
-
tugma
qadash, eng
oddiy
choklarni
tikish,
gazlamalarni
qirqishni
bilish.
Ikkinchi sinf oxirida kelib o‘quvchilar mehnat ta’limi fani bo‘yicha tubandagilarni bilishlari
hamda bajara olishlari darkor. Ayrim kasblar mahsulotlari yoki tayyorlanadigan buyumlar,
eskizlarini chizish va oddiy bezaklarini ishlash. Bir nechta kasblar sohasida ishlatiladigan
asboblarning tuzilishini hamda ishlatilishini bilish. Ayrim tabiiy materiallardan oddiy tasvirlar va
naqshlar tuzish. Yog‘och materiallarning qattiq-yumshoqligi, egilish-sinishga, suvga, zaxga va
boshqa ta’sirlarga chidamliligini bilish. Gazlamalarning haroratga, saqlanishga chidamliligi,
ularning har xil ta’sirlar natijasida o‘zgarishlarini bilish. Tuproq, loy, sapol va boshqa
materiallarning asosiy xususiyatlarini bilish. Oziq-ovqat mahsulotlarining eng oddiy
xususiyatlarini bilish. Qog‘oz, karton, gazlamalarni qirqish va kesish asboblaridan to‘g‘ri
foydalanish. Kashtachilik va tikuvchilikda qo‘llaniladigan asosiy chok turlaridan tikish. Ayrim
ekinlarni o‘stirish va chorva mollari boqishning eng oddiy qoidalarini bilish.
Uchinchi sinf o‘quvchilari o‘quv yili oxirida quyidagi dastur talab va ko‘rsatmalarini bilish va
uddalay olishlari lozim. Har xil oddiy buyumlar va mahsulotlar tayyorlash jarayonlari ketma-
ketligini hamda xom ashyolarini bilish. Ularni so‘zlar va turli tasvirlar, jadvallar orqali ifodalay
olish. Ommaviy ishlatiladigan mehnat qurollarining turlarini va ulardan to‘g‘ri foydalanishni
bilish. Ayrim oddiy buyum va mahsulotlarni tayyorlash uchun eskizlar chizish. Qog‘oz, karton,
gazlama va boshqa materiallardan oddiy shakldagi gullar yasash…
Loydan milliy o‘yinchoqlar yasash, ularni bo‘yash va naqshlar bilan bezash. Yog‘ochdan… oddiy
buyumlar va o‘yinchoqlar yasash. Gazlamadan oddiy buyumlar tikish… Pazandalik va
qandolatchilikning
ayrim
texnologik
jarayonlarini
bajarish.
O‘simliklar,
chorva
mollari
va
parrandalar
yetishtirishga
doir
ayrim
vazifalarni bajarish. To‘rtinchi sinf oxirida esa tubandagi dastur talablarini MO’D talablari bilan
birgalikda bilishlari hamda uddalay olishlari ko‘zda tutiladi. (Albatta, o‘qituvchi o‘g‘il bolalar
bajaradigan ishlarni alohida, qiz bolalar bajaradigan yumushlarni, talablarni alohida qilib
rejalashtirib olishi kerak.) Yog‘ochdan oddiy buyumlar tayyorlash jarayoni uchun texnologik
jadval hamda grafik tasvirlarni bajarish. Oziq-ovqat tayyorlash jarayoni uchun texnologik jadval
hamda ayrim oziq-ovqat mahsulotlarini turli shakllarda tayyorlash uchun eskizlar chizish…
Zargarlik, gilamdo‘zlik, kulolchilik va boshqa kasblarda naqqoshlikdan foydalanishning eng oddiy
usullarini bilish…
Qo‘g‘irchoqlar uchun kiyimlar tikish va kashta gullari bilan bezash. Taomlar pishirish uchun
sabzavotlarni tayyorlashni bilish. Xamirdan ayrim taomlar tayyorlash jarayonlarini bajarish.
Ayrim qandolatchilik mahsulotlarini tayyorlash. Uy-ro‘zg‘or ishlarini to‘g‘ri va sifatli bajarish.
Qo’l mehnati jarayonida bolalar asosan ishlab chiqarish texnologiya chiqindilari (qog’oz, karton,
sim, yog’och, gazmol va boshqalar) bilan: tabiiy va sun’iy xom-ashyolar (maxsus loy, yog’och va
plastmassalar, plastilin, elim va boshqalar) bilan, keng iste’mol mollari va xalq hunarmandchiligi
mahsulotlari, tayyorlash uchun mahalliy xom-ashyolar bilan elektr, radiotexnika to’plamlari va
hokazolar
bilan
ishlashga
o’rganadilar.
Bularning hammasi o’quvchilarga qo’l asboblari bilan ishlash, har xil xom ashyolardan
foydalanishning ma’lum tajribasini to’plashga imkon beradi, bu esa mehnatning qadrini va
ma’nosini tushunishga, mehnat kishilariga hurmatda bo’lishga, mehnatning va kasbning u yoki bu
turiga qiziqishlarini shakllantirishga yordam beradi. Mehnat ta’limi va kasbga tayyorlash
vazifalari boshlang’ich maktabda butun ta’lim tarbiya sistemasi va barcha o’quv predmetlari
yordamida hal etiladi. Bu o’rinda mehnat darslari etakchi rol’ o’ynaydi. Maktabda muntazam
68
mehnat ta’limining boshlang’ich bochqichi boshlang’ich sinflardagi mehnat dargohlari va kichik
maktab yoshidagi bolalarning qo’lidan keladigan ijtimoiy foydali ishdir. Boshlang’ich maktabdagi
mehnat ta’limning asosiy vazifalari mehnatga ahloqiy va psixik tayyorlash, o’quvchilarni
boshlang’ich poletexnik bilimlar bilan qurollantirish mehnatga amaliy tayyorlashdir.
O’quvchilarni mehnatga ahloqiy tayyorlash deganda, ularning bu mehnat natijalariga hurmat bilan
yondoshishlari nazarda tutiladi. Mehnat darslarini, mashg‘ulotlarini tashkil etishda o‘quvxonasi,
asbob-uskunalar, kerakli materiallar, jihozlar, ko‘rgazmali vositalarning ahamiyati katta. Shuning
uchun ota-onalar qo‘mitasi, homiylar ko‘magida ustaxona tashkil etish maqsadga muvifiq
bo‘lardi. Unda kerakli jihozlar, asboblarning bo‘lishiga erishish lozim.
Shundan so‘ng o‘qituvchi ta’limdagi yangi-yangi usullardan, yangi pedagogik va axborot
texnologiyasi unsurlaridan foydalanib, turli metodik adabiyotlar, milliy hunarmandchilik
namunalari va boshqa vositalar ko‘magida mehnat ta’limi mashg‘ulotlarini tashkil etishi kerak
bo‘ladi. Ayniqsa, o‘quvchilarning yordami, ya’ni dars davomida kerakli jihoz va asbob-
uskunalarni uydan keltirish orqali olib borish ham maqsadga muvofiq bo‘ladi. Mustaqil amaliy
ishlarda mahalladagi mohir ustalar, chevarlar, oshpaz, cho‘pon, bog‘bon va boshqa kasb egalari
ko‘magidan, maslahatlaridan foydalanish ham yaxshi natija beradi.
Dostları ilə paylaş: |