. Shaxs
dunyoqarashining shakllanishida aqliy tarbiya muhim o’rin tutadi.
Aqliy tarbiya shaxsga tabiat va
jamiyat taraqqiyoti to’g’risidagi bilimlarni berish, uning aqliy (bilish) qobiliyati, tafakkurini
shakllantirishga yo’naltirilgan pedagogik faoliyat bo’lib, uni samarali yo’lga qo’yish asosida
dunyoqarash shakllanadi. Bugungi kunda, O’zbekiston Respublikasida yoshlarga aqliy tarbiyani
berishga alohida e’tibor qaratilmolqda. 1997 yilda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX
sessiyasida qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi Qonuni va
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» mazmunida ham yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob
beruvchi yuqori malakali kadrni tarbiyalash davlat siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan biri
ekanligiga urg’u beriladi. Yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali
kadr bo’lib yetishish mavjud ilmiy, shuningdek, kasbiy bilimlarni puxta egallash demakdir.
Binobarin, chuqur bilimlarga ega bo’lish tabiiy hamda ijtimoiy jarayonlarning mohiyatini anglash,
ularning ijobiy va salbiy jihatlarini ko’ra va baholay olishga imkon beradi.
Aqliy tarbiya o’quvchilarni ilm-fan, texnika, texnologiya hamda ishlab chiqarish sohalarida qo’lga
kiritilayotgan yutuqlar bilan tanishtirish, ularda ijodiy, erkin, mustaqil fikrlash ko’nikmalarini
hosil qilishga zamin yaratadi.
Aqliy tarbiya jarayonida quyidagi vazifalar hal etiladi: Tarbiyalanuvchilarga ilmiy bilimlarni berish.
Ularda ilmiy bilimlarni o’zlashtirishga nisbatan ongli munosabatni qaror toptirish.
1.
Mavjud bilimlardan amaliyotda foydalanish ko’nikma va malakalarini tarkib toptirish.
2.
Bilimlarini doimiy ravishda boyitib borishga intilish tuyg’usini shakllantirish.
3.
Bilimlarni o’zlashtirishga yordam beradigan psixologik qobiliyatlar (nutq, diqqat, xotira,
tafakkur, ijodiy xayol) va xususiyatlar (aniq maqsadga intilish, qiziquvchanlik,
kuzatuvchanlik, mustaqil fikrlash, ijodiy tafakur yuritish, o’z fikrini asoslash, mavjud
ma’lumotlarni umumlashtirish, guruhlashtirish, mantiqiy xulosalar chiqarish va
hokazolar)ni
rivojlantirish.
Aqliy
ta’lim va
tarbiya birligi
asosida
shaxsda tafakkur (ijtimoiy voqea-hodisalarning ongda to’laqonli aks etishi, inson aqliy
faoliyatining yuksak shakli) rivojlanadi. Manbalarning ko’rsatishicha, aqliy tafakkurning
mavjud darajasini belgilash bir qadar murakkab bo’lib, quyidagi belgilarga ko’ra
aniqlanishi mumkin:
1.
Ilmiy bilimlar tizimining mavjudligi.
2.
Mavjud ilmiy bilimlarni o’zlashtirib olish jarayoni.
3.
Fikrlash ko’nikmasiga egalik.
4.
Bilimlarni egallashga bo’lgan qziqish hamda ehtiyojning yuzaga kelganligi.
Aqliy tafakkur uzoq muddat hamda tinimsiz izlanish natijasida yuzaga keladi. Uning
shakllanishida
ilmiy
qarash
va
e’tiqod
o’ziga
xos
o’rin
tutadi..