70
hodisalar,
jarayonlarga
nisbatan
ilmiy
yondashuvni
anglatadi.
E’tiqod
dunyoqarash negizida aks etuvchi ijtimoiy- falsafiy, tabiiy, iqtisodiy, huquqiy, ma’naviy-
axloqiy, estetik hamda ekologik bilimlarning takomillashgan ko’rinishi; muayyan g’oyaga cheksiz
ishonch bo’lib, uning shakllanishi bir necha bosqichda kechadi. Birinchi bosqichda ular beqaror va
vaziyat taqozosiga ko’ra o’zgaruvchanlik xususiyatini kasb etadi. Ikkinchi bosqichda ma’naviy-
axloqiy qarashlarning barqaror tamoyillariga aylanadi. Mavjud talab, jamiyat tomonidan tan
olingan axloqiy qoidalardan chetga chiqish qiyin, ziddiyatli vaziyatlarda ongli harakatni tashkil
etish, irodaviy sifatlarga tayangan holda ish ko’rish taqozo etiladi. Uchinchi bosqichda, e’tiqod
barcha vaziyatlarda ham ustuvor ma’naviy-axloqiy tamoyil bo’lib qoladi. O’quvchi tomonidan
o’zlashtirilgan ilmiy bilimlar hayotiy munosabatlar jarayonida keng qo’llanilganda, ularning asl
mohiyati chuqur his qilingan va anglangandagina e’tiqodga aylanadi.
Dostları ilə paylaş: