2-§. S o ‘zlik - ensiklopedik asar m avzuli reja
Universal ensiklopediyadagi har bir termin, atamaning asosiy
vazifasi 0 ‘zbekistonning buyuk tarixini, kelajagini targ‘ib
qilishdan iborat. Shunga ko'ra, so‘zlikni tuzishda mavzu (termin)ni
tanlash, qaysi tushunchani, hodisani, tarixdagi shaxsni va h.ni
berish kerak, qaysilarini so ‘zlikka kiritmaslik kerakligi masalasi
ilmiy, g‘oyaviy va milliy mafkuraviy jihatdan puxta к о ‘rib
chiqilishi talab etiladi. Bundan tashqari turli fanlar, ayrim
maqolalar alohida tahlildan o ‘tkaziladi.
So‘zlikning asosiy vazifalaridan biri o ‘quvchiga nashming
boshidan to oxirigacha materialni qat’iy belgilangan tizimda
berishdan iborat. So‘zlik tuzishda maqolalar lurli guruhlariarc.,
ayrim maqolalar matniy hajmi mutanosib taqsimlanishi, kompieks
maqolalarni aniqlash, terminlami saralash, havolalar tizimini ishlab
chiqish va boshqa masalalar hal etiladi. So‘zlikni keng doirada
talqin qilish tabiiy, texnikaviy, ijtimoiy-gumanitar fanlardan
63
beriladigan terminlararo mutanosiblikni butun nashr miqyosida
belgilash imkonini beradi, bundan tashqari har bir termin izohiga
ajratiladigan belgi miqdorini oqilona bo'lishiga erishiladi.
Bugungi
kundagi
ilm-fan,
texnika,
ijtimoiy-iqtisodiy
munosabatlar jadal rivojlanayotgan, axborot ayirboshlash sur’atini
nihoyatda oshib borishi kuzatilayotgan bir davrda ham universal,
ham sohaviy ensiklopediyalar so‘zligiga kiritilishi mumkin b o ‘lgan
terminlar miqdori tobora ortib bormoqda. Lekin ular barchasini
kiritish
ham hajmiy,
ham
ilmiy-amaliy jihatdan
m a'qul
b o ‘lavermaydi. Shunga k o ‘ra, so‘zlik tuzish jarayonida ularni
saralashga to ‘g‘ri keladi. Bunda qanday y o ‘I tutish kerak degan
savol tug‘ilishi tabiiy.
M a’lumki, noshirlik ishida izohli lug‘atlar salm og‘i ortib
bormoqda. Bundan tashqari darslik va o ‘quv qoMlanmalar yangi
avlodini yaratish bo‘yicha 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta
maxsus ta ’lim vazirligi tomonidan qo‘yilgan talablardan biri
tayanch so‘z (termin va birikma)lar ro‘yxatini hamda izohli lug‘at
berish
hisoblanadi.
Shunga
k o ‘ra,
universal
va
soha
ensiklopediyalarida o ‘ta tor ixtisosliklar, fan sohasiga oid
terminlarni berish maqsadga muvoflq emas. Bunday terminlarni
so‘zlikni tahlil qilish jarayonida tushirib qoldirish kerak. Bu bilan
universal
ensiklopediya,
shuningdek,
soha
ensiklopediyasi
birinchidan.
ommaviylik
kasb etadi,
ikkinchidan,
haqiqiy
ensiklopedik terminlar to ‘liq qamrab olinishiga erishiladi. Hajm
masalasi, xususan, terminlar uchun ajratiladigan belgi miqdori
ortiqcha qisqartirishlarsiz hal etiladi.
0 ‘n to ‘rt va undan keyin o ‘n ikki jildli universal
ensiklopediyalaming mavzuli so‘zligini tuzishda bir qator ilmiy
tahririyatlar ishtirok etgan. Masalan, til va adabiyot ilmiy
tahririyatida til, adabiyot, folklor va jurnalistikaga oid so‘zlik,
fizika, matematika va texnika ilmiy tahririyatida fizika, matematika
va texnikaga oid so‘zlik, xullas, boshqa fanlar b o ‘yicha ilmiy
tahririyatlar o ‘zlari ixtisoslashgan fanlar doirasida mavzuli so'zlik
tuzadilar.
64
Mavzuli so ‘zlikka kiritilgan terminlar (so'z, so‘z birikmalari)
soha mutaxassislari muhokamasidan o ‘tkaziladi. Sohalar b o ‘yieha
ilmiy tahririyatlar mavzuli so ‘zliklami tayyorlash bo‘yicha barcha
ishlami tugatgach, ular umumiy alifboga solinadi, ya’ni umumiy
so‘zlikga aylantiriladi.
Soha ensiklopediyalari so‘zligini tuzish ensiklopediya qaysi
sohaga oid b o ‘Isa, shu soha bo‘yicha ilmiy tahririyat tomonidan
amalga oshiriladi. Soha ensiklopediyasi so‘zligidan universal
ensiklopediya so ‘zligiga kiritilmagan tor sohaviy terminlar ham joy
oladi.
Tarmoq sohaviy so‘zligi quyidagi muhim term inlar guruhini
o ‘z ichiga oladi: asosiy nazariy tushunchalar va muammolami aks
ettiruvchi; muayyan fanga to‘liq yoki uning qismiga taalluqli
terminlami belgilangan tasnifga muvofiq; tadqiqot usullarini aks
ettiruvchi terminologiyani; yordamchi vositalar va usullar (uskuna,
apparat va b.) ni ifodalovchi terminlami; muhim ta’lim
muassasalari, ilmiy tadqiqot muassasalari, davriy va boshqa
nashrlarni; biografik (shaxs haqidagi) maqolalarni.
Tarmoq tahririyatlari o ‘z so ‘zligi qismlariaro tcnninlar va
belgilar miqdorini taqsimlashda hodisalar, muayyan bilim
sohasidagi rivojlanish, yangi tushunchalar, tadqiqot usullari ancha
to ‘liq yoritilishini hisobga ola bilishi lozim.
So‘zlikdagi liar bir termindan so‘ng quyidagicha m a’lumotlar
beriladi:
- maqolaning aniq nomi (“qora so‘z”);
- qisqacha annotatsiya (faqat um um m a’lum terminlarga
tushuntirish berilmaydi);
- maqolaning hajmiy belgisi (maqola hajmini belgilashda
maqolaga taalluqli bibliografiya belgilari miqdori ham maqola
umumiy belgisiga qo‘shiladi).
Bundan tashqari, so‘zlikda beriladigan tasvirlar, xarita va
bibliografiya k o ‘rsatiladi.
Ensiklopediyalar nashriyotida terminshunoslik jam g ‘armasini
yaratish b o ‘yicha ham ishlar olib boriladi. Turli ensiklopediyalar
so‘zligini tuzishda u boshlang‘ich manba vazifasini o ‘taydi.
65
Masalan, 0 ‘zbekiston ensiklopediyalar nashriyotida shunday
jam g'arm a bo‘lgan. Terminlami to ‘plash, saralash va tartibga
solish ishi bilan so ‘zlik tahririyati shug‘ullangan, fan-texnika va
barcha sohalarga oid terminlar tegishli tahririyatlar tomonidan
kartochkaga olinib, so‘zlik tahririyatiga topshirilgan.
Sohaviy
terminlar
so‘zligini
tuzishda
muayyan
soha
terminlarini sohaga yondosh fan, texnika, san'at, siyosat, ilmiy
sohalar bilan kelishib olish muhim ahamiyatga ega. Masalan,
falsafa va tarix, tilshunoslik va etnografiya, matematika va mantiq,
iqtisod va texnika, fizika va kimyo, biologiya va tibbiyot, ekologiya
va
tabiatshunoslik,
ekologiya
va
botanika
fanlariga
oid
terminlarning ko‘pgina guruhi bir-biri bilan jips bog'liq. Ayrim
terminlar borki, ular fanning qaysi sohasiga oidligini aniqlash
qiyin. Bunday terminlami umumiy terminlar sifatida qarab, uni
qismma-qism izohlash uchun tegishli tahririyatlarga topshirish
lozim.
Universal yoki sohaviy ensiklopediyalar so‘zligiga kiritish
mumkin b o ‘lgan, y a ’ni ensiklopediya terminlar ja m g ‘armasida
uchramaydigan yangi term inlami aniqlash maqsadida sohalarga oid
ilmiy-tadqiqot, ta’lim muassasalariga murojaat etish maqsadga
muvofiqdir.
Terminlar so‘zligi tahlil etilgandan, taklif va tavsiyalar
o ‘rganib chiqilgandan so'ng tasdiqlanadi.
Universal ensiklopediya terminologik so‘zligini tuzishda
xususiydan
umumiyga
boriladi.
Har
bir
tahririyat
o ‘zi
ixtisoslashgan soha(lar) bo‘yicha terminlarning alifboli so‘zligini
tuzadi. Har bir termin alohida varaqchada qayd etilib, alifbo
tartibida yashikchalargajoylanadi. So‘ng ular birlashtirilib umumiy
alifboga solinadi, natijada, har bir tahririyat ixtisoslashgan
soha(lar) ga oid (universal ensiklopediya qismi b o ‘yicha) umumiy
kartoteka - alifbolangan so ‘zlik yuzaga keladi.
Dostları ilə paylaş: |