Adabiy tur, termin, tahrir va muharrirlik


-§. Boshqa tillardan term in olish



Yüklə 6,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/120
tarix28.11.2023
ölçüsü6,03 Mb.
#168240
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   120
Z. Toxirov - Adabiy tur, termin, tahrir va muharrirlik mahorati

6-§. Boshqa tillardan term in olish
Hozirgi o ‘zbek tilining so‘z boyligi turkiy til butun tarixi 
mobaynida ulkan tarixiy taraqqiyot yoMini bosib o ‘tgan hodisadir. 
Undagi termin (so‘z)larning paydo boTishi va kelib chiqishi turli 
davrlar bilan b og ‘liqdir.
Tabiiyki, har bir milliy til bugungi kun tilshunosligida rasman 
tan olingan barcha so‘z turkumlariga oid so‘zlarga ega b o ‘lgan.
69


Yangilari shu til ichki imkoniyatlari asosida, grammatik vositalar 
yordamida yasalgan. Bundan tashqari, turli vositalar yordamida 
hosil bo'Igan. Shu jum ladan, tenninlar ham.
M a’lumki, terminlar mansubligiga ko‘ra, ot turkumi doirasida 
b o ‘ladi. Til tarixidan shu narsa ayonki, til egasi bo‘lmish xalq 
hamisha q o ‘shni hatto hududiy jihatdan tutash bo‘lmagan xalqlar, 
elatlar uzoq tarixiy davrlar mobaynida davom etadigan iqtisodiy, 
madaniy va siyosiy aloqalarda bo‘ladi. Ana shunday aloqador 
jarayonida til lug‘at tarkibiga boshqa qardosh va qardosh 
bo'lm agan tillardan ularga xos fonetik, leksik va boshqa til 
unsurlari, xususan, tenninlar o ‘tib, o ‘zlashib turgan: Bunday so‘z 
o ‘zlashishi, asosan, ot turkumidagi so‘z (termin)lar hisobiga ko‘ra 
sodirboMadi.
0 ‘zbek tili lug‘at tarkibida ana shu hodisa tufayli yangi qatlam 
hosil b o ‘!gan. U tilshunoslikda o‘zlashgan qatlam deb ataladi. 
M azkur qatlamning paydo bo‘lishiga o ‘zbek tili o ‘tmishda juda 
ko‘p qardosh b o ‘lmagan tillar bilan aloqada b o ‘lganligini sabab 
qilib k.o‘rsatish mumkin. Natijada, o'zbek tiliga yot tillardan 
k o ‘plab terminlar kirib keladi. Tilda, ba’zan, shunday hodisa yuz 
beradiki, biror narsa, voqea, hodisani atash uchun sabab 
bo‘lmaganligi tufayli nom topilmaydi, y a’ni atash imkoni 
bo‘lmaydi, shunday paytda o ‘sha narsa, voqea va hodisani atovchi 
tayyor so‘z (termin) o ‘zga tildan olinadi, b a’zan esa narsa, hodisa 
va voqea o ‘z nomi bilan iste’molga kirib keladi.
T o‘g ‘ri, tilimizda o ‘z qatlamga oid so ‘z (terminlar) k o ‘p. 
Ammo jahon miqyosida ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy rivojlanish, 
bulardan 
tashqari 
ilm, 
fan, 
texnika 
va 
ishlab-chiqarish 
texnologiyalari jadal rivojlanishi tufayli sodir boTayotgan yangi 
narsa, voqea va hodisalarni atash uchun til ichki imkoniyatlari yo 
yetmaydi yoki ulgurmaydi. X o‘sh, shunday holatda tildagi qanday 
term inlar ichki qatlamga oidligini aniqlash adabiy tahrir ishida 
muhim ahamiyat kasb etadi.
Matn tahriri jarayonida muharrir qaysi tur adabiy asar 
qo‘lyozmasi bo'lishidan q at’iy nazar, muayyan terminlarga duch 
keladi. Amaliyotda shunday hollar ham uchraydiki, o ‘z qatlamga
70


oid so‘z (termin) b o ‘la turib, m uallif ham, undan keyin muharrir 
ham yot so‘z (termin)ni o ‘tkazib yuboradi. Bu holni na til. na uslub 
va na adabiy tahrir nuqtayi nazaridan oqlab b olm aydi. Ana 
shunday asossiz yo‘l qo'yishlik yuz bermasligi uchun o ‘z qatlamga 
oid so‘z (termin)lar, ularning pay do b o iish i yoki yasalishi haqida 
m a’lumotga ega bo‘lish talab etiladi.
0 ‘z qatlamga oid so‘z (tem iin)lar o ‘zbck tilining o ‘ziniki, 
shuningdek, turkiy tillar uchun umumiy bo‘ladi. Hozirgi o ‘zbek tili 
lug'at tarkibida umumturkiy so ‘z (termin)lar ancha qismi tashkil 
etadi. Bunday so'zlar barcha so‘z turkumida mavjud. Masalan, 

Yüklə 6,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin