X
5-§. H avola - m aqolalararo m antiqiy bogbliqlik asosi
M aqolalararo jips b o g liq lik ensiklopediyalarning o'ziga xos
xususiyatlaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Turli va bir-biridan nari-
beri joylashgan o ‘zaro aloqador maqolalami yaxlit bir butunlikka
keltirish uchun havolalar tizimidan foydalaniladi. Havolalar asosiy
tcnninlardan tushuncha mohiyatini ochib beruvchi maqolalarga,
shuningdek, katta axboriy materiallarga qaratiladi. Havolalar
maxsus - alohidalangan va matn ichidagi turlarga bo'linadi.
Havola maqolaning ikki turi mavjud: yig‘iq va yoyiq. YigViq
havola hech qanday tushuntirishlarsiz, faqat terminning o ‘zidan
iborat bo‘ladi va o ‘quvchi e ’tibori qaratilayotgan terminga havola
qilinadi.
Agar term in haqida to ‘liq m a’lumot olish ko‘zda tutilgan
bo‘lsa, unda faqat terminning o'zi havola qilinadi. Mabodo,
qo‘shimcha m a’lumot olish ko‘zda tutilgan b o ‘lsa, o ‘quvchiga
yana qarang
deya ko'rsatm a beriladi.
Xullas, ensiklopedik nashrlarda terminlami har tomonlama
chuqur ochib berishga erishish zainr. Buning uchun maqolalar
tahriri jarayonidagina emas, balki jildni bosishga tayyorlash,
granka korrektura o ‘qish jarayonida ham terminlar b o ‘yicha ishlar
davom etadi. Bunda faqat imloviy, uslubiy kamchiliklar bartaraf
etilibgina qolinmaydi, shu bilan birga b a’zi terminlar qisqartinladi,
yangilari kiritiladi, maqola hajmi kichraytiriladi yoki oshiriladi.
Ensiklopediya yaratish ishi uzluksiz, muntazam davom etadigan
ilmiy-ijodiy faoliyatdir.
Dostları ilə paylaş: