Adabiy tur, termin, tahrir va muharrirlik



Yüklə 6,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/120
tarix28.11.2023
ölçüsü6,03 Mb.
#168240
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   120
Z. Toxirov - Adabiy tur, termin, tahrir va muharrirlik mahorati

ishlangan, sayqal
berilgan, m a’lum m e’yorga solingan 
shakli ekan, demak, 
umumxalq tili asosidayuzaga kelgan nutq ко ‘rinishi
hisoblanadi.
Hozirda adabiy til termini bilan ataluvehi ijtimoiy hodisa 
aslida, mantiqan, adabiy n u tq atalishi maqsadga muvofiq b o iad i. 
Zero, shu mantiqqa asoslanib, biz 
adabiy til
o in id a
adabiy nutq
terminini q o lla s h ilmiy jihatdan to‘g ‘ri bo‘ladi, deb hisoblaymiz.
9-§. 0 ‘zbek adabiy nutqi. Hozirgi turkiy-o‘zbek tili taraqqiyoti 
tarixi uch nutqiy ko‘rinish davrini o ‘z ichiga oladi: 
qadimiy turkiy
adabiy nutq; eski о 'zbek adabiy nutqi; hozirgi о ‘zbck adabiy nutq.
10-§. Qadimgi turkiy adabiy nutq “ ...milodning beshinchi 
asridan o ‘ninchi asrigacha bo‘lgan uzoq vaqtni o ‘z ichiga olgan 
davrda shakllangan. Umumxalq turkiy-o‘zbek tilining tarixi oltoy 
davridan boshlangan b o is a , o ‘zbck adabiy nutqining tarixi yozma 
yodgorliklari yaratilgan qadimgi turk davridan boshlangan”21.
Ayrim adabiyotlarda “Qadimgi turkiy adabiy nutq X -X I 
asrlami o ‘z ichiga oladi”22 deb k o isatiladi. Lekin bu davr faqat 
hozirgi o'zbek deb atalmish millatnigina adabiy nutqi emas, balki 
Markaziy Osiyodagi barcha turkiylarning adabiy nutqi b o ig an . 
Shunga ko‘ra, unga umumturkiy adabiy nutq sifatida qaraladi va 
tadqiq etiladi.
ll- § . Eski o ‘zbek adabiy nutqi “XI1I-XV 
asrlarda 
shakllangan...” 23. M azkur davr adabiy nutqining shakllanishi va 
rivojiga Nizomiddin Amir Alisher Navoiy ulkan hissa qo‘shgan. 
Alisher Navoiy o ‘z nazmiy asarlari bilangina emas, balki nasriy 
asarlari, xususan, “ Muhokamat ul- lug‘atayn” 
(“ Ikki til 
muhokamasi”) ilmiy asari bilan eski o ‘zbek adabiy nutqi, badiiy 
nutq usulubiyatini ilk bora ilmiy-nazariy jihatdan asoslab berdi.
21
Абдурахмонов F. Рустамов А. Кддимги туркий тил. - Т.: Укитувчи, 1982.- З-б.
22
Шоабдурахмонов Ш., Аскарова М., Хожиев А. ва б. Хозирги узбек адабий тили. 1 кием. 
Т.: Укитувчи, 1980. -7-6.
23
0 ‘sha joyda.
79


0 ‘z davridagi adabiy nutqning ichki imkoniyatini boshqa hech bir 
adabiy nutqdan qolishmasligini, hatto ko‘p m a’nolilik, tasviriylik 
va obrazlilikda ustun jihatlarga sgaligini amalda isbotiab berdi.
T o‘g ‘ri, eski o ‘zbek adabiy nutqi Alisher Navoiygacha (XIII- 
XIV) shakllanib ulgurgan. Bunga Durbek, Atoiy, Lutfiy va 
boshqalarning ijodi yaqqol misol bo‘ladi. Shuni alohida ta’kidlash 
o ‘rinliki, yuqoridagi ijodkorlar adabiy nutqi oddiy xalq tiliga yaqin, 
u bilan hamohang bo4gan. Bunga ulaming asli turkiy boMgan aholi 
zich joylashgan hududda yashaganliklari ham sabab b o ig a n 
deyish mumkin. Alisher N avoiy asarlaridan ko‘ra, ular asarlaridagi 
so‘zlar bugungi o ‘zbeklar uchun yaqin va tushunarliroqligi ham 
shundadir. Ammo ular va Alisher Navoiy ijodiga chuqur nazar 
tashlansa, shu narsa ayon bo‘!adiki, Alisher Navoiy o ‘z ijodida 
ularga nisbatan ulkan muammolami k o ‘tarib chiqqan, inson 
hayotining juda k o ‘p qirralarini yoritishga erishgan. Albatta. 
muammolaming murakkabligi, keng 
qamrovliligi, hayotning 
falsafiy mushohadasi nihoyatda chuqurligi, shoiming arab, fors 
tillarini yaxshi bilganligi uning asarlari lug‘at boyligida namoyon 
b o ‘ladi.
T o‘g ‘ri, malik ul- kalom deya ulug‘langan Lutfiy asarlarida va 
boshqa turkiy ijodkorlar she’riyatida forscha, arabcha so‘zlar 
deyarli uchramaydi. Ularda bunga ehtiyoj ham sezilmaydi. Ular o ‘z 
ijodiy maqsadlariga o ‘z ona tili - turkiy til yordamida erisha 
olganlar.
Alisher Navoiy XIII-XIV asrlarda shakllanib ulgurgan eski 
o ‘zbek adabiy nutqini yanada takomillashtirib, uni eng yuqori 
cho‘qqiga ko‘taribgina qolmadi, balki uning lug‘at tarkibini yanada 
boyitdi.
Tilshunoslik ilmida ta ’kidlanishicha, har bir tilning lug‘at 
tarkibi boyishi ikki omilga tayanadi. Birinchisi ichki omil, 
ikkinchisi - tashqi.
Alisher Navoiy turkiy-o‘zbek tili ichki imkoniyatlarini hali 
hech bir ijodkor ilg‘ay olmagan 
qirralarini ochib berib, uni 
“she’riyat osmoniga k o ‘targan” bo‘lsa, o ‘z niyati, maqsadlarini 
to ‘liq ifoda etish uchun forscha, arabcha termin (so;z)lami ham
80


mohirona qo‘llaydi, ulami turkiy-o‘zbek adabiy nutqiga singdirib 
yuboradi, y a’ni o ‘zining tili bo‘lmish turkiy-o‘zbek tili lug‘atini 
tashqi omil hisobiga yanada boyishiga olib keladi. Shuni alohida 
ta ’kidlash joizki, eski o ‘zbek adabiy nutqining adabiy nutq sifatida 
to ‘la-to‘kis shakllanishi va keyingi rivojining ta ’minlanishida 
Alisher Navoiyning xizmati va ahamiyati nihoyatda yuksakdir. U 
bu nutqda jahon ijodiyoti xazinasini tengsiz durdona asarlari bilan 
boyitdi. 0 ‘z asarlari bilan eski o ‘zbck adabiy nutqini o ‘sha 
davrdagi eng rivojlangan til hisoblangan fors, arab tillari darajasiga 
ko‘tardi, hatto ulardan ustun jihatlarini k o ‘rsatib, ilmiy-nazariy 
jihatdan isbotlab berdi (q. Muhokamat ul-lug'atayn).
“Alisher Navoiy eski o'zbek adabiy tilida juda k o ‘p yangi 
fonnalar, yangi uslublar yaratdi, shimol, sharq va janubdagi tarqoq 
holdagi adabiy tilning formalarini birlashtirib, uning xizmat qilish 
doirasini yanada kengaytirdi. U o ‘z davrining mukammal adabiy til 
normasini yaratdi”24.
12-§. Hozirgi o ‘zbek adabiy nutqi ham uzoq taraqqiyot y o ‘lini 
bosib o ‘tadi. Alisher Navoiydan so‘ng eski o ‘zbek adabiy nutqi 
uzoq vaqt shaklan deyarli o ‘zgarishga uchramadi. “Bobur. 
M uhammad Solih, Nishotiy, Muhammad Xoksor singari shoirlar 
asarlarining tilida eski 
0
‘zbek adabiy nutqidan deyarli farq y o ‘q”25. 
Ammo 

Yüklə 6,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin