poligrafik ijrosi birikmasidan keyingi vergul
sanaladi so‘zidan keyin yopilgan qavsdan so ‘ng,
yo ishdan ketadi yo qamaladi konstmksiyasida ikkinchi ayiruvchi bog‘lovchi
yo dan
oldin vergul q o ‘yilsa,
rayon so‘zi
tuman so ‘zi bilan almashtirilsa,
matn til. uslubga ko'ra xatolardan butkul holi hisoblanishi mumkin
edi.
Adabiy tahrimi ayrim mutaxassislar shartli ravishda ikki
bosqichdan iborat deya ta’kidlaydilar. “M ikrotahrir va makrotahrir,
boshqacha aytganda, so‘z va so‘z birikmalari yuzasidan tahrir;
to"liq matn yoki uning qismi miqyosidagi tahrir”32.
Yuqorida keltirilgan matn tahriri birinchi bosqich bilan
cheklangan. Tinish belgilar joyida, imlo xatolar y o ‘q, so‘z, so'z
birikmalar leksikologiya va grammatika qoidalariga muvofiq
tarzda. G o‘yo yuqorida eslatganimiz vergullar va istorizmga
aylangan so‘z tahrir etilsa, bas! Shu bilan muharrirlik ishi tugaydi.
Endi yuqoridagi m uallif matni bilan uning quyidagi variantini
taqqoslang.
Respublikamizda lOOdan ortiq nashriyot bo'lib, yarmidan ko'pi xususiy. Achinarlisi shundaki, xususiy nashriyotlar chop etayotgan kitoblar fa q a t poligrafik ijrosi jihatidangina emas, balki bezatilishi, adabiy tahrir jihatidan ham mutlaqo bugungi кип talabi darajasida emas. Qo 'lyozmalarning mavzui, g'oyasi, badiiy saviyasi xususida ijobiy fikr aytish qiyin. Ular mualliflarning otasi, onasi yohud sulolasi haqidagi qoralamalar, shuningdek, tumandagi b a ’zi amaldorlar - paxta, asfalt zavodi rahbarlari 32
Беззубой A.H. Введение в литературное редактирование. -
С а ш а
-Петербург, 1997. - 1-6.