Adabiy tur, termin, tahrir va muharrirlik


4-B O B . A D A B IY T A H R IR



Yüklə 6,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə85/120
tarix28.11.2023
ölçüsü6,03 Mb.
#168240
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   120
Z. Toxirov - Adabiy tur, termin, tahrir va muharrirlik mahorati

136


4-B O B . A D A B IY T A H R IR
Reja:
1. Tahrirning ikki bosqichi.
2. Matnni til va uslubga ko‘ra tahrirdan chiqarish.
3. Matnning mantiqiy tahlil asosida tahrir qilish.
4. Muallifning bayon uslubi.
5. Adabiy tahrir mezonlari.
6. Matnda tuzatishlarni amalga oshirish.
7. 
Muharrirning ixtisoslashuvi.
1-§. Adabiy tahrir - m uallif asariga uni nashrdan chiqarish 
uchun muharrir tomonidan adabiy isblov berish jarayoni. M uallif 
qo‘lyozmasi ustida tahrir amalini bajaruvchi muharrir (tahrirchi) 
mazkur to‘rtinchi bosqichga o4ishdan oldin avvalgi uch bosqich 
talablariga to ‘liq javob berish darajasiga erishgan bo‘lishi kerak. 
Agar muharrir oldingi bosqichlarda bayon etilgan nazariy bilimlar 
bo‘yicha malakaga ega b o ‘lmasa, unda to ‘rtinchi bosqichga 
o ‘tmagani, tahrir amaii bilan shug‘ullanmagani m a’qul. Zero. 
adabiy nutq, adabiy uslublar
va 
matn mantiqiy tahlili
bo yiclia 
nazariy bilimga, amaliy k o ‘nikmaga ega b o ‘lmagan nashriyot, 
matbuot, radiotelevideniye tahrirchisi o ‘z sohasining mohir 
mutaxassisi - komil muharrir b o ia olmaydi.
2-§.
Bugungi kunda nashriyotlarda filologiya, kimyo, 
matematika, tarix, til, adabiyot hatto texnika va b. sohalardan oliy 
m a’lumotli 
mutaxassislar 
muharrirlik 
qilmoqdalar. 
Ular 
(filologlardan tashqari) o ‘z ixtisosliklari b o ‘yicha mutaxassis 
sifatida sohaga oid tushuncha va mulohazalar aniqligini 
kafolatlashlari mumkin, lekin til, uslub va mantiqiy tahlil borasida 
haminqadar.
3-§. Noshirlik ishida, ommaviy axborot vositalarida matn 
tahriri bilan shug'ullanuvchilar tahrir nima ekanligini to‘liq idrok 
etadilarmi? Shu savolni ular o ‘zlariga berib ko‘rsalar va vijdonan 
ichki nidolariga quloq tutsalar, javob juda ham qoniqarli bo‘lmaydi 
Tahrir haqida so‘z borganda, ko‘pchilikning fikri bir joydan
137


chiqadi: bu - m uallif y o ‘l q o ‘ygan imlo, til, uslubga oid xato va 
kamchiliklami tuzatish.
Agar shunday b o ig a n d a edi, y a’ni tahrir muallifning xato, 
kamchiliklarini tuzatishdan iborat bo‘lganda edi, unda muharrir o ‘z 
vazifasini a ’lo darajada bajargan va o ‘quvchi xatolarsiz asami 
q o ig a kiritgan bo‘lar edi. Albatta, bu yomon emas. Lekin kamlik 
qiladi. Demak, nashriyot mutlaqo xatolardan xoli kitobni nashrdan 
chiqaradi. gazeta axboriy yoki tahliliy material e ’lon qiladi. 
Shunday mualliflar borki, ular o ‘z qoiyozm alarini mutlaqo xatosiz 
yoza oladilar. Lekin ... o ‘quvchi oxirgi jum lani o ‘qib b o iib , ketgan 
vaqtiga achinadi, nimani o ‘qidim, deya o ‘ziga o ‘zi savol beradi.
Demak, tahriming mohiyati bunda emas! X o‘sh, unda nimada? 
Keling, quyidagi matnni diqqat bilan o ‘qib chiqing.

Yüklə 6,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin