o ‘qib tuzatuvchi,
u tinish bclgilari
imlodagi
xatolami tuzatadi, nomlar, atamalar, terminlami bir xillikka
keltiradi, qisqartmalar, jadvallar.
izohlar to ‘g ‘ri ekanligini
tekshiradi va h.
Musahhih -
solishtirib o'quvchi.
u bosilgan matnning
nashriyot asl nusxasiga mos ekanligini tekshiradi, k o ‘z xatolami
tuzatadi.
tl- § . Tahririy tuzatishlar adabiy tahrirga oid manbalarda to‘rt
turga ajratiladi.
1.
Q isqartirib tuzatish.
Bunday tuzatish jo y yetishmasligi
(masalan, gazetalarda) tufayli yoki m uallif ortiqcha so ‘zlari tufayli
amalga oshiriladi.
2.
Ishlab tuzatish.
M azkur tuzatishda m a’noviy, mantiqiy,
uslubiy xato-kamchiliklar matnni tubdan o ‘zgartirmay amalga
oshiriladi.
3.
0 ‘qib tuzatish.
Bunda matnni bosishga tayyorlash vaqtida
y o ‘l qo‘yilgan texnik xato-kamchiliklar tuzatiladi. Bu tahrirning
yakuniy bosqichi hisoblanadi.
4.
Q ayta ishlab tuzatish.
Bu tur tuzatish tahririy tuzatishlar
Orasida alohida o ‘rinni egallaydi. M azkur tur tuzatishda m uallif
matnini tubdan qayta ishlash (o‘zgartirish) nazarda tutiladi. Matn
g ‘oyaviy,
mafkuraviy, ilmiy jihatdan kuchsiz yoki noshirlik
146
m e’yorlari darajasida b o ‘lmasa, shunday tahrir amalga oshiriladi.
Muharrirlar
ommaviy
nashrlarda,
ilmiy
nashrlami
ilmiy-
ommabopga
aylantirishda,
m uallif bilan
kelishgan
holda
qoiyozm ani tahrirdan chiqaradilar.
11-§. Bugungi kunda shunday xususiy nashriyotlar borki, unda
na musahhih, na muharrir, na texnik muharrir, na grafikachi, na
rassom va b. bor. Y olg‘iz kompyuterda ishlovchi operator bor.
Adabiy muharrir. musahhih, texnik muharrir vazifalarini m uallif
bajaradi yoki kichkina bosmaxona mavjud-ku, ammo tahririyat
yo‘q, tahririyatning barcha vazifasini m uallif bajaradi.
12-§.
Nashr jarayoniga
kompyuteming
kirib
kelishi,
texnologiyaga o ‘zgartirish kiritdi, ammo nashr iarayonining
mohiyati aslicha qoldi. M uallif matni kompyuterda terila
boshlandi, matnni terish tugagach, u tahririyat kompyuteriga
uzatiladi. Muharrir matnni displeyda tahrir qiladi. Tahrirdan
chiqqan matn yana matnni teruvchi kompyuteriga qaytariladi.
Operator muharrir tuzatishlarini asl nusxaga kiritadi. Bu hoi bir
necha bor qaytarilishi, to tahrir oxiriga yetguncha takrorlanishi
mumkin.
Nihoyat
alohida
yuqori
quvvat va
imkoniyatga
ega
kompyuterda elektron maket ishlanadi, undan bir necha nusxa
chiqariladi va ulardan biri bosishga imzolanadi, shundan keyin
bosmaxona ishlari boshlanadi. Bir qarashda bular barchasi yaxshi.
M uharrir,
musahhih,
texnik muharrir ishlari
osonlashgan,
tezlashgan, kam chiqim boTgandek tuyuladi. Aslida ham shunday.
Ammo ana shu ammosi borki, buni e ’tiborga olmaslikning iloji
y o‘q.
M uharrirlar elektron noshirlik texnologiyasida tezda shunga
amin boidilarki, displey ekranidagi matnni (o‘qish) qog‘ozdagi
matnni o ‘qishdan murakkab, xato va kamchiliklar (ko‘z xato) larni
ilg'ab olish qiyin ekan. Shunga ko‘ra, elektron tahriming boshqa
y o ii topildi. Mam teruvchi kompyuteridagi matnni qog‘ozga
chiqaradi, muharrir tuzatishlami matn aks etgan qog‘ozda bajaradi.
13-§. M uharrir matnni muallifdan qog‘ozda, fleshka yoki
diskda (elektron variantida) oladimi har ikki holda ham uni
147
tahrirdan chiqarishi, y a’ni mik.ro va makrotahrir amalini bajarishiga
to ‘g 4ri keladi.
A n’anaviy — qog‘ozdagi matnni tahrir qilish m a’qulmi yoki
displeydagi matnnimi?
Bu boradagi
tajribadan
m a’lumki,
displeydagi matnda mikrotahnrni amalga oshirish, makrotahrirdan
k o ‘ra oson kechadi. Agar yiriklashtirilsa, punktuatsion, orfografik
xatolami muharrir ko‘zi oson ilg‘aydi, so'zlar yaqqol ko‘zga
tashlanadi. Makrotahrir jarayoni esa ancha murakkab kechadi.
Sababi ko‘z charchaydi, xotira susayadi, mantiqiy xatolarni
tuzatish yoki qismlararo solishtirish, taqqoslash uchun ko‘pgina
operatsiyalami bajarishga to 'g 'ri keladi. Bular barchasi tahrir
sifatiga salbiy ta ’sir etishi mumkin. M uharrir qog‘ozdagi matnni
tahrir qilish jarayonida diqqat-e’tiborini faqat mikro va makrotahrir
amallarini bajarishga qaratadi, uni chalg‘ituvchi omillar deyarli
uchramaydi. Endi, tasavvur qiling, ekran displeyidagi matnni har
jihatdan puxta va to iaq o n li tahrirdan chiqarish uchun muharrir
“sichqoncha” bilan, klaviaturada qanchadan qancha operatsiyalami
bajarishiga to ‘g ‘ri keladi. Bular barchasi muharrirni asosiy ishidan
chalg‘ituvchi omillar b o ‘lib, shubhasiz, ko‘zni, aqlni toliqtiradi.
Demak, muharrir kompyuterda matn ustida ishlash texnologiyasi
bilan yaxshi tanish va yetarli darajada malaka hamda ko‘nikmaga
ega bo'lishi kerak.
14-§. M ikrotahrimi amalga oshirish uchun til, uslubni yaxshi
bilish kerak. Bu borada filolog mutaxassislar uchun muammo
deyarli yo‘q. Faqat ta’lim vaqtida til va uslub b o ‘yicha olgan
nazariy bilimlarini adabiy tahrir sohasida tatbiq eta olish kerak.
Bundan tashqari adabiyotshunoslikda o ‘tilgan janrlardan tashqari
ommaviy axborot vositalari (gazeta, radio, televideniye) ga xos
janrlam i bilishlari lozim. Chunki har bir janr o ‘ziga xos uslubni
talab etadi. Masalan, matbuotdagi axboriy hamda tahliliy janrlar,
radiossenariy, telessenariy va h.lar, albatta, muayyan uslubda
bo‘ladi. Bulaming farqini anglash, ularni muvaffaqiyatli q o ilash
uchun nazariy bilimlardan tashqari amaliy malaka va ko‘nikmaga
ega b o iis h kerak. Amaliy malaka hamda ko'nikm a hosil b o iish i
uchun yillar (5-10 yil) mobaynida qunt bilan ishlash zarur.
148
Noshirlik sohasida mohir tahrirchi b o iish uchun muharrir
ixtisoslashuvi maqsadga muvofiqdir. Chunki adabiy tahrirning har
ikki
turi
(mikro-,
makrotahrir)
bo‘yicha
bilim,
malaka,
ko‘nikmadan tashqari fan-texnikaning muaj^yan sohasi yoki
sohalaridan yaxshi xabardor bo‘lish, tahrir sifatiga sezilarli ta ’sir
etadi. Masalan, muharrir, garchi filologik soha mutaxassislik
bo‘lsa-da, texnikaga yoki fanning filologik bo'lm agan biror sohasi
(masalan, tibbiyot, ekologiya, huquq)ga oid fanlami chuqur
o ‘zlashtirmasa-da, lekin o ‘zi ixtisoslashuvi kerak b o ‘lgan sohaga
oid ilmiy, ayniqsa, ilmiy-ommabop adabiyotlar bilan, yangiliklar
bilan muntazam tanishib borishi kerak.
15-§.
Nashriyotlarda,
gazeta,
radio,
televideniye
tahririyatlarida matn tahriri bilan shug‘ullanavotgan filologiya,
jum alistika b o ‘yicha mutaxassisligi bo‘lmaganlar o ‘z sohalari
bo‘yicha qanchalik yetuk bilimli boMmasinlar til, uslub, adabiy
tahrirga oid ilmiy, ilmiy-ommabop, o ‘quv adabiyotlarini muntazam
mutolaa qilib borishlari komil tahrirchi boMish imkonini beradi.
16-§. M uharrir garchi tugallangan asami o ‘qisa-da, lekin
m uallif kitobi o ‘quvchilar q o ‘liga borib yetguncha unga
muharriming fikr-mulohazasi, xulosasi, bir so ‘z bilan aytganda,
tanqidi asosida turli o ‘zgartishlar kiritadi. M uharrir muallifga
yordam berish maqsadida asam i tanqid qiladi. Bundan maqsad -
asarni ham mazmun, ham shakl jihatdan mukammal bo‘lishiga
erishish. Adabiy tanqiddan muharrir tanqidining farqi shundaki,
asar o ‘quvchining qo‘liga hali yetib borishidan oldin m uallif
qo‘lyozmasiga tegishli tuzatishlami kiritish, to‘ldirish, qisqartirish,
yangilash imkoniga ega b o ‘ladi. Demak, muhaiTir o ‘z xulosasi
bilan nashriyot tanqidchisi vazifasini o ‘taydi. Bu vazifani uddalash
uchun muharrir qo‘lyozmani til, uslub va adabiy tahrir nuqtayi
nazaridan baholay olish malakasiga ega boMishi zarur.
Adabiy tanqidchi esa adabiy asar nashrdan chiqqandan so‘ng
unga baho beradi. Bu nima uchun va kimga kerak? Avvalo,
o ‘quvchi asar bilan adabiy tanqidchi yordamida chuqurroq
tanishadi, bu o ‘quvchi asar xususida mulohaza yuritishiga yordam
beradi. Qolaversa, adabiy tanqidchining asar xususida bildirgan
149
fikr-mulohazalari muharrir uchun o ‘zi tahrirdan chiqargan kitobga
begona k o ‘z bilan qarashga majbur qiladi. Asarning ijobiy yoki
salbiy jihatlari yanada oydinlashadi. M uharrir adabiy tanqidga ham
e ’dborli b o ‘lishi, undan o ‘rganishi kerak. Zero, kelgusida
q o iy o z m a tahriri vaqtida tanqidiy taqrizda aytilganlar muharrirlik
i shining yanadi sarnarali b o iish ig a turtki b o ia d i. Yana shuni
alohida ta’kid etish joizki, adabiy tanqid asar dunyo yuzini
ko‘rgandan so‘ng bildirilgan fikr sifatida asar o'quvchilarining
mulohazasi maqomiga ega b o iish i ham mumkin. Demak, muharrir
asar o'quvchilarining ehtiyoji, qiziqishi, dunyoqarashi, xullas,
xohish, istagi bilan ham tanishadi. Demak, m uharrir qo‘lyozmaga
nashriyot taqrizi yozishdan tashqari adabiy-tanqidiy taqrizni tahlil
qilish, uni baholashdan ham xabardor b o iish i kerak.
17-§. Tahrir sifati va samaradorligini asosiy shartlari
nimalardan iborat? Agar muharrir tahrirga kirishishdan oldin asar
qolyozm asiga tanqidiy yondashib, uni aqliy faoliyat bilan b o g iiq
psixologik qonuniyatlar, tahrir mohiyatidan kelib chiqib, chuqur
tahlil qilsa, albatta, tahrir sifatli chiqadi.
Adabiy tahriming noshirlik nuqtayi nazaridan to ‘laqonli
bo‘lishi qim dagilarga b o g iiq :
-m uayyan asar qoiyozm asi mazmuniga ko'ra ahamiyatga ega
ekanligiga;
-m uharrim ing asar mohiyatini qay darajada (chuqur, o‘rtacha,
yuzaki) idrok etishligiga;
-muharrim ing asarni tanqidiy tahlil qila olishlik malakasiga;
-m uharrim ing asarni o ‘quvchilar qanday qabul qilishlarini qay
darajada tasavvur eta olishligiga;
-muharrim ing m uallif ilmiy,badiiy salohiyati, individual
uslubini aniqlay olishligiga;
-asarda sohaga oid mavjud muammolar qay darajada
yoritilganligi (asarning ilmiy yangiligi), yaqin kelajakda yuz
beradigan muammolar qay darajada hisobga olinganligini aniqlay
olishga;
150
-m uharrir nashr etilayotgan, y a’ni tahrir qilishi lozim b o ig a n
q o iyozm a mavzuiga yaqin, avval nashr etilgan adabij'otlar bilan
tanishganligiga;
-m uharrir tahrir qilishi lozim b o ig a n asar taalluqli bo‘lgan
sohadan qancha chuqur va atroflicha m a’lumotga ega ekanligiga;
-tahrir etilishi lozim b o ig a n asarda iigari surilayotgan ilmiy
yangilik bilim sohasining rivojiga qay darajada hissa qo'sha
olishini muharrir tasavvur eta olishiga;
-m uharrirning asami, u m oijallangan o ‘quvchilariga qay
darajada ta ’sir etishligini belgilay olishiga.
18-§. Q oiyozm ani tahrir qilish dan oldin muharrir qoiyozm ani
o ‘qiydi. 0 ‘qishdan maqsad qoiyozm aning nashr etishga loyiq yoki
loyiq emasligini aniqlash, ishning vutuq, kamchiliklarini ko‘rsatish
va
muallifga
asami
yanada
mukammalashtirishga
yordamlashishdir.
19-§. Q o iyozm ani muharrirlik o ‘quvi, muharrirlik tahriri usuli
asar mazmunini chuqur anglash va idrok etishga asosianadi. Lekin
bunda asarning barcha jihatlariga (ayniqsa, ensiklopedik asarlarda)
bir vaqtda e ’tibomi qaratish asosiy maqsad bo im aslig i kerak. Agar
qoiyozm ani o ‘qish vaqtida e ’tibor bir jiliatigagina qaratilsa,
(aytaylik, so‘z shakllari, tinish belgilarga yoki faqat mantiqiy
jihatga), unda boshqa jihatlar anglashilmay qoladi. Demak, matnga
tanqidiy yondashuvga erishilmaydi.
Qayta-qayta o ‘qish esa tahrir jarayonining cho'zilishiga olib
keladi. Nima qilish kerak? Q oiyozm ani necha marta o ‘qish kerak
va birinchi navbatda, nimalarga e ’tibor berish kerak? Muharrirlik
tajribasidan m a iu m k i, har ikki tur - mikro va makrotahrir bir-biri
bilan uzviy b o g iiq . Q o iyozm a birinchi galda tinish belgilari,
imlosi, so‘z shakllari bo‘yicha o ‘qilganda, albatta, makrotahrirga
oid jihatlar ham e ’tiborni tortadi. Chunki noto‘g ‘ri qo‘yilgan vergul
ham, so ‘zga noto‘g ‘ri qo‘shilgan egalik qo‘shimchasi ham, kelishik
qo‘shimchasi ham mazmunga putur yetkazadi. Muharrir uchun
matnni anglash, idrok etish mazmunni ilg‘ab olish uchun
qiyinchilik tug'diradigan omillardan yana biri so ‘zlaming birikuvi,
jum la tarkibidagi turlicha sintaktik bogianishlardir.
151
20-§. Aniqlovchi va aniqlanmishdan tashkil topgan, hoi bilan
hollanish o ‘rtasidagi munosabatga asoslangan, tartib va intonatsiya
orqali bog‘langan so‘z birikmalari, ega va kesim moslashuvi, gap
ikkinchi darajali bo'laklari - aniqlovchi, toMdiruvchi va holning
jum la tarkibida joylashuvi (kelishi) va h. shunday omillar
hisoblanadi.
21-§. Muharrir bular barchasi to ‘g ‘riligini nazorat qilishi, agar
uning diqqat-e’tibori matnni asoslovchi unsurlar ishonchliligini
aniqlashga qaratilgan b o is a , albatta, qiyin kechadi. Lekin shunga
qaramay, tajribali muharrir buni g ‘ayrishuuriy tarzda bajaradi.
Bunga u ilgari qayta-qayta duch kelgani, y a’ni so ‘z birikmalari,
ega, kesim, gapning ikkinchi darajali bo‘laklarining ega yoki
keshnga bog‘lanishi to‘g ‘ri ekanligini tekshirgani (y o‘l qo‘yilgan
xatolarni tuzatgani) uchun bu hoi uning ongida mustahkamlanib
qoladi (albatta. agar muharriming xotirasi mustahkam, eslash
qobiliyati yuqori, umuman xotirasi kuchli bo‘lsa). Yuqorida
aytilganlar bo‘yicha xatolarni tuzatishni muharrir, ta ’bir joiz b o is a ,
avtomatik bajaradi.
22-§. M uharrir tajribali bo‘lsa, matndagi har bir jum la
haqiqatda to ‘g ‘ri tuzilganini tekshirish chog‘ida uslubiy xatolarni
payqay oladi va tuzatib ketadi, bunga ortiqcha zo ‘riqish, qunt
qilishlarsiz muvaffaq bo'ladi. Bunga erishish esa uzoq vaqt
mobaynida hosil qilingan malaka tufayli mumkin bo‘ladi.
23-§. Matnni tahrir qilish jarayonida bajarilishi lozim bo'lgan
barcha amallar bo‘yicha malaka aniq maqsadni k o ‘zlab, ongli
harakat tufayli hosil qilinadi. Demak, muharrirdan tahrir jarayonida
bajarilishi shart bo‘lgan turli amallar har biri ustida qunt bilan
mashq qilish talab etiladi. T a’lim jarayonida mashqlar barcha turi
bo‘yicha malaka to‘liq hosil b o im ay di. T o‘la-to‘kis malakaga
muharrir uzoq davom etgan amaliyot jarayonida xatoliklarga y o i
qo^yib, adashib, “qoqilib-suqilib”
ega b o ‘ladi. Muharrirlik
malakasi asosida tanqidiy xushyorlik nimanidir mudom kutish,
b a’zi o ‘rinlarda xato boMishi tayin ekanligini zimdan his etish
bo‘ladi. Matnni muharrirona tahlilidan foydalanish malakasi
amalda matndagi ayrim xato, kamchiliklami avtomatik tahlil qilish
152
hamda baholash tajribali muharrirlarga xosdir. Ular bunga odatiy
holga aylanib qolgan til, uslub, matn mantiqiy qoidalaridan
chetlanishlar yaxshi tanish b o ig a n i uchun erishadi.
24-§. Nashr mahsuloti bo'lajak o ‘quvchisining talabi,
qiziqishini qunt bilan o'rganish, asarning ular ongiga ta ’sirini
aniqlash muharrir tahlili va tahriri samaradorligi va sifatining
garovidir. Bu borada muharrir qancha chuqur bilim va tajribaga ega
bo'lsa, tahrir qiiinayotgan matn o'quvchiga ta ’sirini shunchali aniq,
ravshan his etadi, demak asar yuqori ijtimoiy ahamiyatga ega
bo'ladi.
25-§. Umuman kitob o'quvchilarning ehtiyoji, qiziqishi, istak,
xohishi, talabi bugungi kunda ilmiy asosda na nashriyotlar (alohida
ilmiy-tadqiqot muassasasi haqida gapiraiasa ham bo‘ladi), na
yakka tartibda muharrirlar tomonida deyarli o ‘rganilayotgani y o ‘q.
Agar yetakchi nashriyotlar tomonidan, aslida, 0 ‘zMAA tomonidan
kitob
o'quvchilarning
talabi
ilmiy
asosda
tadqiq
etilsa,
nashriyotlardagi tahrir ishida sezilarli sifat va samaradorlik yuz
beradi, bu muharrirlar tayanishi mumkin b o ig a n metodik asos
vazifasini o'taydi. Tahrir ishi qat’iy ilmiy-obyektiv tavsifga ega
bo'lishi uchun muharrirlaming fikrlash qobiliyatini o'stirish,
nashriyotlarni nashriyot-matbaa ijodiy uyi sifatida shakllantirish
kamlik qiladi. Buning uchun nashriyot ilmiy-tadqiqiy imkoniyat
(masalan,
kitob o'quvchilarning xatlari,
kitob
haftaligida,
konferensiyalarda bildirgan fikrlarinigina o'rganuvchi emas, balki
kitobshunoslik - kitobot ishi bo'yicha to'liq ilmiy-tadqiqot olib
boruvchi laboratoriyaga ega bo'lishi kerak. Albatta, kitob
o'quvchilarning talabi, ehtiyojini o'rganish ishi faqat nashriyot
qoshidagi laboratoriya bilan cheklanmasligi kerak, chunki, har bir
laboratoriya (agar nashriyotda tuzilgan taqdirda ham) faqat o'zi
tasarrufida bo'lgan nashriyot miqyosida tadqiqiy ish olib boradi.
Tadqiqot ishi tom m a’noda umuman noshirlik ishi, xususan tahrir
ishini yuqori darajaga ko'tarishi uchun barcha nashriyotlarga
xizmat ko'rsatuvchi alohida ilmiy-tadqiqot muassasasi tomonidan
alohida ilmiy-tadqiqot muassasasi tomonidan
olib borilishi
maqsadga muvofiqdir. Ilmiy-tadqiqot muassasi nashriyotlar ilmiy-
tanqidiy faoliyatining nazariyasi va metodologiyasini ishlab
chiqishi, uning natijalarini umumlashtirishi, nashr mahsulotlari
153
tahlili bilan shug‘ullanuvchilar xulosalaridan foydalanishi, ularni
noshirlik ishiga tadbiq etishi, matnni tahlil qilish, baholash va tahrir
qilishning yangi mezonlarini joriy etishi kerak.
26-§. Tahrir samaradorligini oshiruvchi omillardan yana biri
muharrir muallifning m a’naviy dunyosi, ilmiy salohiyati, bilim
saviyasi, o‘z sohasining qay darajada bilishligini idrok eta olishidir.
Asar qoiyozm asini tahrir qilishda, muallifga xos individual jihatlar
bilan hisoblashmaslik ham mumkin emas. Demak, tahrirchi m uallif
shaxsini o ‘rganish usulidan xabardor bo‘lishi, o ‘rganish natijasidan
esa tahrir jarayonida, amalda foydalana olishi lozim.
27-§. Adabiy tahrir sifati va samarasi yuqori b o iish i uchun
muharrir tahrirdan chiqarayotgan asar o ‘zi taaliuqli b o ig a n sohada
mavjud va/yoki yaqin kelajakda yuzaga chiqishi mumkin b o ig a n
muammolar haqida yaxshi tasavvurga ega b o iish i kerak. Bundan
tashqari shu mavzuda yoki unga yaqin b o ig a n mavzularda
yaratilgan asarlar bilan tanishgan, tahrir etilayotgan asarning
ulardan qay darajada yangiligi, kitob o ‘quvchilari uchun
foydaliligini ham baholay bilishi zarur.
Demak, har bir matn tahriri bilan shug‘ullanuvchi komil
tahrirchi b o iish i uchun 4-bosqich, y a ’ni adabiy tahrir bosqichida
o ‘z bilimi, malakasi va ko'nikm asini takomiliga yetkazish hamda
bilim, ko‘nikma va malakasidan tahrir jarayonida unumli
foydalanish uddasidan chiqa olishi talab etiladi.
Dostları ilə paylaş: |