ochiladi, o’ngini pastga qaratib yoziladi, ostki detalning oldinroq chiqarilgan cheti
bukilib tekislanadi va bukilgan chetidan 1-1,5 sm 2 qator tikiladi. (12 - rasm)
Ziy choklarning tuzilishi va ishlatilish sohasi
Ziy choklar detal qirqimlarini titilib ketishidan saqlash va yoqa, bort,
cho’ntak, yeng uchi, kiyim etagi kabi detallar chetlarini tikishga mo’ljallangan
bo’lib, uning bukma chok, mag’iz chok, ag’darma chok turlari bor.
Bukma chok
ochiq qirqimli, yashirish qirqimli va mag’izli bo’ladi. Ochiq
qirqimli chok qalin gazlamalardan kiyim tikishda ishlatiladi. Yopiq qirqimli bukma
chok erkaklar kuylaklari, ayollar kuylaklari tikishda, ayollar kuylaklari etagini, yeng
uchlarini, choyshab chetlarini tikish kabi ishlarda qo’llaniladi. Bunda tikilayotgan
detal uchini ikki qavat qilib bukib, yashirin qaviq bilan yoki universal mashinada
bostirilib tikiladi. Mag’iz qirqimli bukma chok ust kiyimlarni tikishda, yupqa palto
etaklari kabilarni tikishda ishlatiladi. Bunda asosiy detalning o’ngiga tasma qo’yib
yoki maxsus gazlama parchalaridan mag’iz qo’yib 0,3-0,4 sm kenglikda ulanadi.
14 - rasm
. Bukma chok
turlari
Dostları ilə paylaş: