Buxoro davlat universitetining pedagogika



Yüklə 4,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/87
tarix28.11.2023
ölçüsü4,42 Mb.
#168260
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   87
Bahronova ShaxloTexnik ijodkorlik va konstruksiyalash MAJMUA

Tutashtirma chok
yupqa gazlamalardan tikiladigan kiyimlar bort 
qotirmasining qism va vitochkalarini birlashtirish uchun ishlatiladi. Ikki detal 
qirqmalarini bir-biriga taqab, kengligini 2-2,5 sm bir tomoniga yelim surtilgan 
gazlama taglik ustiga qo’yiladi va dazmollab yopishtiriladi. 
Qo’sh chok
(11 - a-rasm) ust kiyimlarini astarsiz yoki faqat belgacha 
tushadigan qilib tikishda, cho’ntak xaltalarini tikish, shuningdek ko’rpa- yostiq 
jildlari, choyshablar tikish uchun ishlatiladi. Qo’sh chok hosil qilish uchun, detallar 
teskari tomonlari bir-biriga qaratilib, 0,3-0,5 sm kenglikda biriktirma chok bilan 
tikib olinadi, keyin detallarning o’ngi ag’darilib ,detallar chetidan 0,6-0,7 sm 
masofada ikkinchi qator tikiladi. 
11- rasm
.Qo’sh chok 
Ichki chok
ich kiyimlar va ip gazlamalardan astarsiz kiyimlar tikishda 
ishlatiladi. Detallar o’ngi bir-biriga qaratilib, ostki detal chetini ustki detalga 
nisbatan 0,5-0,7 sm oldinroq chiqarib ustma-ust qo’yib tikiladi, keyin detallar orasi 


ochiladi, o’ngini pastga qaratib yoziladi, ostki detalning oldinroq chiqarilgan cheti 
bukilib tekislanadi va bukilgan chetidan 1-1,5 sm 2 qator tikiladi. (12 - rasm) 
Ziy choklarning tuzilishi va ishlatilish sohasi 
 
Ziy choklar detal qirqimlarini titilib ketishidan saqlash va yoqa, bort, 
cho’ntak, yeng uchi, kiyim etagi kabi detallar chetlarini tikishga mo’ljallangan 
bo’lib, uning bukma chok, mag’iz chok, ag’darma chok turlari bor. 
Bukma chok
ochiq qirqimli, yashirish qirqimli va mag’izli bo’ladi. Ochiq 
qirqimli chok qalin gazlamalardan kiyim tikishda ishlatiladi. Yopiq qirqimli bukma 
chok erkaklar kuylaklari, ayollar kuylaklari tikishda, ayollar kuylaklari etagini, yeng 
uchlarini, choyshab chetlarini tikish kabi ishlarda qo’llaniladi. Bunda tikilayotgan 
detal uchini ikki qavat qilib bukib, yashirin qaviq bilan yoki universal mashinada
bostirilib tikiladi. Mag’iz qirqimli bukma chok ust kiyimlarni tikishda, yupqa palto 
etaklari kabilarni tikishda ishlatiladi. Bunda asosiy detalning o’ngiga tasma qo’yib 
yoki maxsus gazlama parchalaridan mag’iz qo’yib 0,3-0,4 sm kenglikda ulanadi. 
14 - rasm
. Bukma chok 
turlari 

Yüklə 4,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin