tikilayotganda qaytarma gazlamani, ya‘ni eni 2,5-3 sm gazlama parchasini ikki
bukib detallardan birining o’ngiga ulanadi.
Bezak choklari va qo’llanish sohasi
Bezak choklar kiyim detallarini bezashda ishlatiladigan taxlamalar va burtma
choklardan iborat bo’ladi.
Taxlamalar birlashtiruvchi yoki faqat bezatuvchi bo’lishi mumkin.
Birlashtiruvchi taxlamalar birinchi detalni o’zida birlashitirb, taxlama hosil qiladi,
bu taxlamalar bir tomonga, bir - biriga qaragan va ikki tomonga qaragan bo’lishi
mumkin.
Bezak taxlama tikayotganda detal belgilangan chiziq bo’ylab bukiladi va
taxlama kengligida baxyaqator yuritiladi. Bir –biriga yoki ikki tomonga qaragan
taxlamalar yorib dazmollanadi. Ayrim hollarda detalning o’ngiga baxyaqator
bostirib tikiladi
Bezak taxlamalar bostirma taxlama shaklida ham bo’lishi mumkin. Bunda detal
belgilangan chiziq bo’ylab ko’klanadi. So’ngra hosil bo’lgan taxlamanni bostirib
yoki yorib dazmollanib, baxyaqator bostirib bezaladi.
Bo’rtma choklar detal o’ngi tomonga mayda – mayda taxlangan, detal orasiga
maxsus shnur qo’yib bo’rttirilgan, detalning ham teskari, ham o’ngi tomondan
baxyaqator bo’rttirilgan bo’lishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: