Birlashtiruvchi choklar tuzilishi va ishlatilish sohasi
Biriktirma chok
tikuvchilikda eng ko’p tarqalgan chok bo’lib, detallarning
yon, yelka va boshqa qirqimlarini birlashtirish uchun ishlatiladi.
U yorib yoki bir
tomonga yotqizib dazmollanadi. (8 - rasm)
8 - rasm
. Biriktiruvchi chok turlari
Yorma chok
bir vaqtning o’zida
ham biriktiruvchi,
ham bezovchi chok
xizmatini o’taydi. Bunday chokni bajarish uchun detallarni
biriktirma chok bilan
tikib olib, shu chok ikki tomonga yotqiziladi va gazlama o’ngi tomonidan biriktirma
chokning ikki yoniga undan 0,2 sm masofada baxyaqator yuritib chiqiladi.
Quyma chok
ochiq qirqimli bo’lishi mumkin. Quyma chok hosil qilish uchun
bir detal ikkinchisining ustiga 1 sm o’tkazib tikiladi. Chokning vazifasi va gazlama
turiga qarab, bezak baxyaqatorlar kengligining 0,5-1,5 sm ko’proq’i bukiladi. Bezak
baxyaqator esa kiyim fasoniga qarab detalning bukilgan chetidan 0,2-0,5 sm
masofada bo’ladi.(9-rasm)
9 - rasm.
Qo’yma chok
Bostirma chok
biriktirma chokning bir turi bo’lib, paltoning yon, ort bo’lak
o’rtasidagi choklarini tikish uchun ishlatiladi. Bostirma chok ochiq qirqimli yoki bir
qirqimli yopiq bo’lishi mumkin. Ochiq qirqimli bostirma chok detallar o’ngi bilan
bir-biriga qaratilib, bezakbaxyaqator kengilining 0,5 sm ortiq chok solib biriktiriladi.
Yopiq qirqimli bostirma chok tikish uchun detallar o’ngi bir-biriga qaratilib, ostki
detal ustki detal qirqimiga nisbatan baxyaqator kengligidan
oldinroq chiqarilib
ustma-ust qo’yiladi. (10 - rasm
.
)
10 - rasm.
Bostirma chok
Dostları ilə paylaş: