kiyimlar qirqimlarini mag’izlash uchun ishlatiladi. Ochiq qirqimli mag’iz chok
tikilayotganda, mag’izga ishlatiladigan gazlamadan o’rish
ipiga yoki arqoq ipiga
nisbatan 45gradus burchak hosil qilib, qirqib olingan parchaning o’ng tomoni asosiy
detalning o’ngiga qaratib qo’yiladi, detal qirqimidan 0,3-0,4 sm kenglikdagi chok
bilan ulanadi. Yopiq qirqimli mag’iz chok ayollar kuylaklari va ich kiiymlar
detallariga, yoqa o’mizlariga mag’iz qo’yish uchun ishlatiladi.
15 - rasm
. Mag’iz chok turlari
Ag’darma chok
kantli, ramkali, qaytarma kantli bo’ladi. Ag’darma chok
biriktirma chokning bir turi bo’lib cho’ntak qopqoqlarini, yoqalarni,
bortni izma
kabi detal chetini tikishda ishlatiladi. Kantli ag’darma chokda (16 rasm a-b)
detallarning biri ikkinchisidan 0,1-0,3 sm ochibroq bukilgan bo’ladi. Ramkali
ag’darma chok (16-в rasm) pidjak cho’ntaklari, kuylakning tugmalanadigan
joylari
kabilarni tikishda ishlatiladi.
16 - rasm
. Ag’darma chok turlari.
Qaytarma kantli ag’darma chok yoqalarini, kuylak
bortlarini bezashda va
muayyan xizmatdagi formalarni tikishda ishlatiladi. Qaytarma kantli ag’darma chok
tikilayotganda qaytarma gazlamani, ya‘ni eni 2,5-3
sm gazlama parchasini ikki
bukib detallardan birining o’ngiga ulanadi.
Bezak choklari va qo’llanish sohasi
Bezak choklar kiyim detallarini bezashda ishlatiladigan taxlamalar va burtma
choklardan iborat bo’ladi.
Taxlamalar birlashtiruvchi yoki faqat bezatuvchi bo’lishi mumkin.
Birlashtiruvchi taxlamalar birinchi detalni o’zida birlashitirb, taxlama hosil qiladi,
bu taxlamalar bir tomonga, bir - biriga qaragan va ikki tomonga qaragan bo’lishi
mumkin.
Bezak taxlama tikayotganda detal belgilangan chiziq bo’ylab bukiladi va
taxlama kengligida baxyaqator yuritiladi. Bir –biriga
yoki ikki tomonga qaragan
taxlamalar yorib dazmollanadi. Ayrim hollarda detalning o’ngiga baxyaqator
bostirib tikiladi
Bezak taxlamalar bostirma taxlama shaklida ham bo’lishi mumkin.
Bunda detal
belgilangan chiziq bo’ylab ko’klanadi. So’ngra hosil bo’lgan taxlamanni bostirib
yoki yorib dazmollanib, baxyaqator bostirib bezaladi.
Bo’rtma choklar detal o’ngi tomonga mayda – mayda taxlangan, detal orasiga
maxsus shnur qo’yib bo’rttirilgan,
detalning ham teskari, ham o’ngi tomondan
baxyaqator bo’rttirilgan bo’lishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: