Kisloro d (O) – 85%,
vodorod (N) - 10,7%,
xlor (Cl) – 0 - 2,0%,
natriy (Na) - 1,0%.
Yerning qattiq qismi
litosfera deb atalib, ba’zan uni
yer po’stlog’i deb
atashadi.
Litosfera yerning qattiq qobig’i bo’lib, planetamizning sial va sima
zonalarini o’z ichiga oladi. Litosfera yuzasidagi notekisliklar uning relyefini
tashkil qiladi, okean cho’kmalari va materiklar massalari litosfera relyefining
asosiy elementlaridir. Shokal’skiy hisoblariga ko’ra, quruqlikning dengiz sathidan
balandligi 900 m ni tashkil qiladi.
Litosferaning kimyoviy tarkibini o’rganish sohasidagi barcha ishlar
A.P.Vinogradovning 1950 yilda qilgan hisobiga ko’ra 16 km chuqurlik uchungina
olib borilmoqda. Bunda litosferadagi minerallar tarkibida kislorod - 46,8%,
natriy - 2,6%, kremniy - 27,3%, kaliy - 2,6%, alyuminiy - 8,7%, magniy - 2,1%,
temir - 5,1%, kal’tsiy - 3,6% ekanligi aniqlandi.
Materiklarning sathida pastliklar va balandliklar, yassi tog’lar, tog’
tizmalari, tog’lar, tepaliklar bor.
Litosferada 3 xil qatlam joylashgan. Eng ustki qatlam cho’kindi jinslar,
o’rtada granit va eng ostida bazal’t qatlami joylashgandir.
Cho’kindi jinslar qatlami - magmatik yo’l bilan hosil bo’lgan jinslarning
yemirilishi va qayta yotqizilishi mahsulotidir. Uning qalinligi - quruqlikda 0 dan
10-15 km gacha, okeanda esa o’rtacha 0,3 - 0,5 km, ba’zan 1 km gacha boradi.
Jinslarning o’rta zichligi 1,8 - 2,5 g/sm
3
.
Granit qatlam - Quruqlikda uning qalinligi 30 - 40 km ga yetadi. Okean-
larda esa bu qatlam bo’lmasligi ham mumkin yoki bo’lsada, qirg’oq oldi yerlarda
0,4 - 0,5 km, ba’zan 1-2 km ga yetadi. Bu qatlam jinslari qumtuproq va alyuminiy-
18
ga to’yingan bo’lib, granit, granodiorit, gneys va boshqa magmatik va metamorfik
jins ko’rinishlarida uchraydi. Jinslarning o’rtacha zichliklari 2,7 g /sm
3
ga teng.