Muhandislik geologik tadqiqotlar


 TOPOGRAFIK XARITALAR. XARITALAR NOMENKLATURASI



Yüklə 6,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/204
tarix28.11.2023
ölçüsü6,17 Mb.
#168315
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   204
-qullanma (1)

3. TOPOGRAFIK XARITALAR. XARITALAR NOMENKLATURASI. 
Har qanday geologik xarita topografik xarita asosida tuziladi. Topografik 
xarita - bu Yer yuzasinining aniq bir qismini ma’lum masshtabda kichraytirilib 
qog’ozga tushirilgan tasviridir. Boshqacha qilib aytganda topografik xaritada Yer 
yuzasining relyefi gorizontallar (izoliniyalar) orqali tasvirlanadi.
Topografik xaritalarni tuzishda Yer shari yuzasini gorizontal tekislikka 
kartografik proeksiyalash usullaridan foydalaniladi (3.1- rasm). 
Dunyoning 
ko’p 
davlatlarida, 
Shuningdek 
O’zbekistonda 
ham 
proeksiyalashning silindrli Gauss tizimi qabul qilingan. Bunda Yer shari yuzasi 
boshlang’ich meridiandan (180
0
) sharqqa qarab har 6
0
da kolonnalar va 
ekvatordan qutublarga qarab har 4
0
da kengliklar bilan chegaralangan 
trapesiyalarga bo’linadi. Har bir trapesiya miqyosi 1:1 000 000 bo’ladi.
Trapesiya varag’ini kenglik bo’yicha chegaralaydigan parallellar lotin 
alifbosining A harfidan to W harfigacha, kolonnalar esa Grinvich meredianidan 
boshlab 1 dan 60 gacha arab tartib raqamlari bilan belgilanadi (3.2-rasm). 
 
3.1.Xaritalar nomenklaturasi

Topografik xaritadan foydalanish qulay bo’lishi uchun, uni kataklarga 
bo’lish, ya’ni mayda masshtabli xaritani yirik masshtabli xaritalarga bo’lish 
xaritalarning nomenklatura usulida olib boriladi. Asos sifatida 1:1000000 
masshtabli xalqaro xarita varag’i olinadi 
1:1 000 000 miqyoli xarita varag’i to’rtga bo’linib 1:500 000, 36 ga 
bo’linib 1:200 000 va 144 ga bo’linib 1:100 000 miqyosli xarita varaqlari hosil 
qilinadi (3-rasm). Miqyosi 1:1 000 000 bo’lgan xarita varag’ning nomenklaturasi 
raqam va harf bilan beriladi. Masalan Toshkent shahri varag’i K-42 bo’ladi. 1:500 
000 miqyosli xatarlarda kiril alifbosining bosh harflari (K-42-A), 1:200 000 
miqyosi xaritalarda rim raqamlari (K-42-XXIII), 1:100 000 miqyosli xaritalarda 
esa arab raqamlari (K-42-144) qo’llaniladi. 


21 
3.1-rasm
. Asosiy kartografik proeksiyalash usullari. 
Normal proeksiyalar: I-azimutli, II-silindrli, III-konusli, IV-1:1 000 000 miqyosli 
Gaus proeksiyasi, V-tekislikdagi kolonna

Yüklə 6,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   204




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin