Muhandislik geologik tadqiqotlar



Yüklə 6,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/204
tarix28.11.2023
ölçüsü6,17 Mb.
#168315
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   204
-qullanma (1)

α

qiyalik burchagi
deyiladi.


25 
Topografik xaritalarda yon bag’irning nishabi gorizontallarga qisqa 
chiziqlar chizib ko’rsatadi. Bergshtrixlarning erkin uchi qaysi tomonga yo’nalgan 
bo’lsa, yon bag’irning nishabi shu tomonga qaragan bo’ladi. 
Ma’lum masshtabli topografik xarita uchun qabul qilingan kesim 
balandligiga muvofiq chizilgan gorizontallar 
asosiy gorizontallar
deyiladi. 
Topografik xaritalarda va planlarda asosiy gorizontallar uzluksiz egri chiziqlar 
ko’rinishida chiziladi. Asosiy gorizontallarning kesim balandligi xaritaning ostki 
tomonida ramkadan tashqarida yoziladi. Relyefni o’qish oson bo’lishi uchun har 
beshinchi gorizontal yo’g’on qilib chiziladi, agar kesim balandligi 5 metr bo’lsa, 
25,50,75… gorizontallar yo’g’on bo’ladi.
Agar kesim balandligi 2.5 metr bo’lsa, har o’ninchi gorizontal yo’g’on 
bo’ladi. 
Ayrim joylarning relyefini asosiy gorizontallar bilan to’la ko’rsatib 
bo’lmagan hollarda kesim balandligining yarmiga teng gorizontallar chiziladi. Ular 
qo’shimcha gorizontallar
deyiladi. Yarim gorizontallar xaritada punktir chiziqlar 
bilan belgilanadi. Ba’zan kesim balandligining to’rtdan biriga teng bo’lagan va 
yordamchi gorizontal
deb ataladigan gorizontal chizilishi ham mumkin. 
Topografik xaritalarda ayrim gorizontallar va o’ziga xos nuqtalarning 
baholanishi yozilib qo’yiladi. Baho - nuqtaning mutlaq balandligini ifodalovchi 
raqamlardan iborat. MDH davlatlarida Baltika dengizi 
sathi boshlang’ich yuza
deb qabul qilingan. 
Topografik xaritalarda joy tafsilotlari maxsus shartli belgilar bilan 
quyidagi guruhlarga bo’linib ko’rsatiladi: 
1.
Relyef; 
2.
Gidrografiya;
3.
O’simlik va tuproq-grunt qoplami; 
4.
Aholi yashaydigan punktlar, sanoat, qishloq xo’jalik korxonalari va 
ijtimoiy - iqtisodiy obyektlar; 
5.
Chegaralar; 
6.
Oriyentir bo’la oladigan ayrim obyektlar. 


26 
Topografik xaritalarda joy relyefi gorizontallar bilan, qolgan barcha 
tafsilotlar shartli belgilar bilan tasvirlanadi. 
Topografik shartli belgilar xususiyatlari hamda vazifalariga qarab: 
1.
Masshtabli(konturli);
2.
Masshtabsiz; 
3.
Tushuntiruvchi shartli belgilarga bo’linadi. 

Yüklə 6,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   204




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin