tepa deyiladi. Tepaning nisbiy balandligi 200 m gacha bo’ladi. Nisbiy balandligi
100 m gacha bo’lgan tepa
do’ng deyiladi. Uzunasiga davom etgan qator tepaliklar-
gryada deyiladi, nisbiy balandligi 200 metrgacha bo’ladi.
Tog’ - atrofidagi tekislikdan qad ko’targan balandlikdir. Nisbiy balandligi
500 metrdan oshadi, gumbazsimon, konussimon, piramida shaklida bo’lishi
mumkin. Tog’ning eng baland nuqtasi -
tog’ tepasi, cho’qqi . Qatorasiga davom
etib ketgan tog’lar-
tog’ tizmasi .
Relyefning botiq shakllaridan eng kattasi
vodiydir . Vodiylarning tagidan
daryo, soy oqsa-
daryo, soy vodiysi deb ataladi. Vodiyni hamma vaqt daryo oqib
turadigan qismi -
daryo o’zani ( ruslo
), toshqin vaqtida suv bosadigan joylar
qayir (poyma) deyiladi.
Vaqtincha oqqan suv o’yib ketgan uzun chuqurlar
jar deyiladi. Odatda
jarlarning yon bag’ri tik bo’lib, unda o’simlik o’smaydi. Jarlarning uzunligi bir
necha metrdan o’nlab kilometrgasha, chuqurligi 50 metrgacha bo’lishi mumkin.
Topografik xaritalarda relyef, asosan, gorizontallar bilan tasvirlanadi.
Gorizontal - balandliklari bir xil bo’lgan nuqtalarni tutashtiruvchi chiziqdir.
Gorizontal -
izogips deb ham yuritiladi.
Tepalikni bir xil balandlikdan o’tuvchi
a,b,c gorizontal tekisliklar kesib
o’tgan deb faraz qilaylik.
24
A-
Tekislikda gorizontallar hosil bo’ladi, ikki gorizontal tekislik orasidagi
vertikal masofa, h-kesim balandligi
Ikki gorizontal orasidagi masofa
d -gorizontal oralig’i. Yon bag’ir bilan
gorizontal tekislik orasidagi burchak