Muhandislik geologik tadqiqotlar


 CHO’KINDI TOG’ JINSLARINING KIMYOVIY VA MINERALOGIK



Yüklə 6,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/204
tarix28.11.2023
ölçüsü6,17 Mb.
#168315
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   204
-qullanma (1)

9. CHO’KINDI TOG’ JINSLARINING KIMYOVIY VA MINERALOGIK
TARKIBI, KLASSIFIKASIYASI.
9.1.Cho’kindi tog’ jinslari klassifikatsiyasi. 
Umumiy belgilari
. Cho’kindi tog’ jinslari nurash tufayli hosil bo’lgan 
zarra va zarrachalar to’plamidir. Ular suv va shamol ta’sirida yer yuzasida dengiz, 
ko’l, daryolarda to’planadi; O’simlik hamda hayvonot olamining qoldiqlaridan 
ham hosil bo’ladi. 
Litosfera tarkibida cho’kindi jinslari 5% ni tashkil etsada, yerning
quruqlik yuzasini 75% ni qoplagan. Cho’kindi tog’ jinslarinig ko’p qismi o’zinig
g’ovakliligi va qatlam- qatlam bo’lishi, ularda hayvon hamda o’simliklarning 
qoldiqlari bo’lishi, yopishqoqligi, ba’zi birlari esa suv ta’sirida cho’kish singari 
xususiyatlari bilan boshqa xil tog’ jinslaridan farq qiladi. Cho’kindi tog’ jinslari
hosil bo’lish sharoitiga ko’ra 3 guruhga bo’linadi:
mexanikaviy (parchalangan);
kimyoviy cho’kindi;
va organogen yotqiziqlar.
Mexanikaviy cho’kindi jinslar
(bo’shoq va sementlashgan) metamorfik
magmatik yoki cho’kindi tog’ jinslarini nurashi natijasida (suv, shamol, 
temperaturalar o’zgarishi, muzlab - erishlar va boshqa atmosfera omillari ta’sirida) 
hosil bo’lgan turlicha kattalikdagi zarrachalar yig’indisidan iborat.
Cho’kindi tog’ jinslari zarralarining katta - kichikligiga va ularning 
bog’langan - bog’lanmaganligiga qarab: a) zarrachalari bog’lanmagan va b) 
zarrachalari bog’langan chaqiq cho’kindi tog’ jinslari guruhlariga bo’linadi.
A. Zarrachalari bog’lanmagan chaqiq cho’kindi tog’ jinslari.
Bu 
guruhga yirik zarrachalarining diametri 0,05 mm va undan ham katta, ya’ni tarkibi
chag’irtosh, xarsang tosh, chaqiq tosh, dresva (o’tkir qirrali mayda shag’al) va bir-
biriga puxta hamda jips yopishgan, sementlangan har-xil o’lchamli shag’allardan 
iborat bo’lgan konglomeratlar, brekchiya, qumtoshlar va boshqalar kiradi.
Zarrachalari bog’lanmagan chaqiq cho’kindi tog’ jinslari zarrachalarning 
o’lchamiga qarab klassifikatsiyalanadi

Yüklə 6,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   204




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin