67
maydonlar (choklar) ni tashkil etadi. Ana shu sababdan yerning ichki kuchiga
bog’liq bo’lgan hodisalar, yer qobig’ini biror maydonini ko’tarib
yoki tushirsa,
shu maydon shakli yerning ichki uzilishidan hosil bo’lgan to’rlar tuzilishi shaklini
oladi. Ichki uzilishlar yo’nalishiga qarab, butun tektonik zonalar aniq bir
yo’nalganlikka ega bo’ladi. Agarda geologik yoki tektonik xaritaga qaraladigan
bo’lsa, Baykal ko’lidan toki Italiyagacha bo’lgan
tizmalar bir xil, shimoliy-
sharqiy yo’nalish tomonga cho’zilgandir. Yer qobig’ining ichki uzilishlar bo’yicha
bo’linishi ichki geologik jarayonlar o’zgarishida asosiy rolni o’ynaydi. Yer
qobig’ining pul’siv tebranma harakati katta maydonlarda ro’y beradi va katta
amplitudali tez ko’chishlar bilan xarakterlanadi. Pul’satsion
tebranishlar yer
qobig’ining chuqur qismida ro’y berayotgan bukilmali xarakatlar bilan
chambarchas bog’liqdir. Ular bukilmali xududlarni Yer yuzasiga tog’lar
ko’rinishida ko’tarib chiqadi. Shundan ko’rinadiki bu xodisa tufayli yer
qobig’ining maydonlarining ko’tarilishi va pasayishi o’zgarishi nisbati
tezlashadi,
va qirg’oq yo’llarini tez o’zgarishiga sabab bo’ldi. Ko’rsatilgan ushbu ikki
omillarni faoliyati natijasi orqali ko’rsatish mumkin: bu litologik tarkibini
jinslarni
qatlamlanishi, shuningdek qatlamlar orasi bo’linishligidir. Bukilmali
xarakatlar bukilmalardagi qatlamlarni ezilishiga sabab bo’ladigan, yer qobig’ining
plastik deformatsiyasi natijasida hosil bo’ladigan xarakatlardir.
Agarda bosim uzoq vaqt davom etadigan bo’lsa xar qanday mustahkam
jins va minerallar ham deformatsiyaga uchrashi mumkin.
Tashqi kuch ta’sirida jinslarning uzoq
muddatli deformatsiyalari
Dostları ilə paylaş: