Q.X.Muftaydinov, H.M.Qodirov, E.Yu.Yulchiyеv Ekologiya.
225
Tuproq tugaydigan va tiklanadigan resurslarga kiradi. Tuproq tarixiy tarkib
topgan murakkab, mustaqil tabiiy jism bo‗lib, o‗zgaruvchan dinamik hosiladir.
Yer yuzi turli qobiqlari o‗rtasidagi aloqadorlik tuproq orqali amalga oshadi.
Tuproq tabiiy landshaftlarning asosi hisoblanadi:
-tuproqni biosferadagi bajaradigan faoliyatiga qarab organik hayot
zanjirining eng muhim xalqasi
–
deb yuritsa bo‗ladi.
-
tuproqda u yoki bu mikroelementlar yetishmasligi yoki ortiqchaligi,
organizmlarning rivojlanishi va insonning sog‘lig‘iga bevosita ta‘sir ko‗rsatadi
;
-tuproq kasallik tarqatadigan
;
-
ko‗plab mikroorganizmlar uchun zarur hayot muhiti hisoblanadi.
Tuproqda sil, vabo, o‗lat, ich-terlama va boshqa kasalliklarning
qo‗zg‘atuvchilari bo‗lishi mumkin. Biosferada tuproqning eng muhim roli
shundaki, barcha organizmlarning qoldiqlari tuproqda parchalanadi va yana
mineral birikmalarga aylanadi. Typroq qatlamisiz yer
yuzida hayotni tasavvur ham
qilib bo‗lmaydi.
Dehqonchilikning yuzaga kelishi bilan tuproqning kishilar hayotidagi
ahamiyati keskin oshib ketgan. Inson o‗zi uchun zarur bo‗lgan barcha oziq
mahsulotlari va ko‗plab boshqa vositalarni bevosita yoki bilvosita tuproqdan oladi.
Yer yuzidagi hozirgi mavjud tuproq qatlami jamiyat taraqqiyoti natijasida kuchli
o‗zgargan.
Insoniyat tarixi davomida 2 mlrd. gektardan ortiq unumdor tuproqli yerlar
yaroqsiz holga keltirilgan. Har yili sayyoramizdagi qishloq xo‗jaligi uchun yaroqli
yerlar maydoni sho‗r bosishi, emirilishi natijasida 5-7 mln.gektarga kamaymoqda.
Tuproqlarga inson ta‘sirining kuchayishi sug‘oriladigan
dehqonchilik va
chorvachilikning rivojlanishi bilan bog‘liq.
Yer yuzi tuproq qatlamining hozirgi holati birinchi navbatda kishilik
jamiyatining faoliyati bilan belgilanadi. Inson tuproqlarga ijobiy va salbiy ta‘sir
ko‗rsatadi. Inson tuproqlarning hosildorligini oshirishi, yerlarning holatini
yaxshilashi mumkin. Shuning bilan birga shahar qurilishi,
atrof-muhitning
ifloslanishi, agrotexnik tadbirlarning talabga javob bermasligi natijasida tuproqlar
bevosita yo‗q qilinishi, yaroqsiz holga kelishi, emirilishi mumkin. Hozirgi kunda
tuproqlar maydonining kamayishi uning tiklanishidan
minglab marta tezroq
amalga oshmoqda.
O‗zingizga ma‘lumki, O‗lkamizda iyun oyining o‗rtalariga borib,
dalalarimizda pishib etilgan g‘allani o‗rib-yig‘ib olish ishlari avj pallasiga kiradi.
Boshoqli don ekinlaridan bo‗shagan yerlarni takroriy ekin ekishga tayyorlash
ishlari boshlanadi. Odatda, don ekinlaridan bo‗shagan maydonlar g‘alla
qoldiqlaridan tozalanib, keyin shudgor qilinishi kerak. Lekin ko‗p hollarda
osongina yo‗li, uni yoqib yuborish holatlari (XIV.1.2-rasm) uchramoqda. Masalan,
Sirdaryo viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasining,
Atmosfera havosini nazorat va muhofaza qilish ins- pektsiyasi xodimlari o‗tkazgan
reyd natijasiga ko‗ra, Guliston tumani ―Istiqlol‖ SIU (suv iste‘molchilari
uyushmasi) hududidagi ―Qodir‖ fermer xo‗jaligining g‘alladan bo‗shagan 1.8
Q.X.Muftaydinov, H.M.Qodirov, E.Yu.Yulchiyеv Ekologiya.
226
gektar maydondagi
somon poyalari qoldiqlari, o‗t qo‗yib-yoqib yuborilganligi
aniqlanib, mazkur holat yuzasidan xo‗jalik rahbariga nisbatan O‗zbekiston
Respublikasining ―Ma‘muriy javobgarlik to‗g‘risida‖gi Kodeksning 88-moddasi 3-
qismi bo‗yicha jazo qo‗llanilib, 748875 so‗m miqdorda jarima undirib olingan
52
.
Ta‘kidlash joizki, somonni yoqish oqibatida maydonlardagi foydali
hashoratlar nobud bo‗lib, tuproqning mineral va mahalliy o‗g‘itlarga boy qatlami
jiddiy zarar ko‗radi,
qolaversa, bu holat aholi salomatligiga va atrof-muhit
musaffoligiga salbiy ta‘sir ko‗rsatadi.
Dostları ilə paylaş: