Toshkent 2020 yil


Ekologik qonunlar umumiy ahamiyatga ega (umumlashtirilgan) va



Yüklə 8,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/452
tarix28.11.2023
ölçüsü8,64 Mb.
#168408
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   452
EKOLOGIYA. Дарслик.2020.Muftaydinov

Ekologik qonunlar umumiy ahamiyatga ega (umumlashtirilgan) va
maxsus ahamiyatga ega (ixtisoslashtirilgan) bo‗ladi. 
 
Umumlashtirilgan ekologik qonunlar muayyan davlatdagi bir qator ijtimoiy 
munosabatlarni tartibga solish bilan birga ekologik munosabatlarni ham 
tartibga soluvchi qonunlardir

Ularga Fuqarolik, Fuqarolik protsessual, Mehnat, 
Jinoyat, Jinoyat–protsessual, Ma‘muriy javobgarlik to‗g‘risidagi, Soliq,
Shaharsozlik kabi kodekslar; Korxonalar, Mulk, Davlat sanitariya nazorati,
Maxalliy davlat xokimiyati, Vazirlar Maxkamasi to‗g‘risidagi kabi qonunlar 
kiradi. Masalan, Jinoyat kodeksi predmeti sifatida ekologik qonunbuzarlik ham 
olinadi. Fuqarolik kodeksida shaxslarga etkazilgan (mulkiy va nomulkiy 
ekologik zarar qoplanishi xam ko‗zda tutiladi. 
 
Ixtisoslashtirilgan ekologik qonunlarga
 
Konstitutsiyamizning 55-moddasida 
ko‗rsatilgan va Tabiatni muhofaza qilish to‗g‘risidagi qonunning 5-moddasida 
kengaytirilgan tarzda ifoda etilgan tabiiy ob‘ekttlar hamda aholining ekologik 
xavfsizligini ta‘minlashga oid qonunlar kiradi
. Ularga: Tabiatni muhofaza qilish; 
Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar; Suv va suvdan foydalanish; 
Atmosfera havosini muhofaza qilish; O‗simlik dunyosini muhofaza qilish va
undan foydalanish; Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish; 
O‗rmon; Ekologik ekspertiza; Chiqindilar; Davlat kadastrlari kabi qonunlar 
hamda Yer kodeksi kiradi. 
II.4. Ekologiya va iqtisodiyotning o‗zaro bog‗liqligi.
Tabiat bilan 
iqtisodiyot orasida o‗zaro bog‘liqlik kishilik jamiyatining ilk bosqichlaridan ma‘lum. 
Chunki, tabiat insonni oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-joy va boshqa zaruriy moddiy 


Q.X.Muftaydinov, H.M.Qodirov, E.Yu.Yulchiyеv Ekologiya.
52 
ne‘matlar bilan ta‘minlaydi. Inson tabiatdan estetik zavq oladi, unda va uning ta‘sirida 
sog‘ligini
tiklaydi. Xullas, hayot uchun barcha zaruriy moddiy ne‘matlarni bevosita va
bilvosita yo‗llar bilan oladi – bahramand bo‗ladi. Moddiy ne‘matlardan foydalanish 
jarayonida odamlar avvaliga istaganicha va undan ortiq, miqdorda foydalangan bo‗lib, 
albatta isrofgarchilikka yo‗l qo‗ygan. Lekin vaqt o‗tishi va ishlab chiqarish 
qurollarining takomillashuvi, eng muhimi odamlarning fikrlash qobiliyati, ongining 
o‗sishi bilan noz-ne‘matlardan foydalanishda, extiyotkorlik belgilari ham shakllanib 
borgan. Bu hodisa ularni ov ishlari baroridan kelmagan vaqtlarda yaxshi sezilib 
turgan bo‗lishi ham mumkin. Demak, xo‗jalik yuritishni odamlar juda qadimdan 
egallay boshlaganlar. 
Aholining moddiy ehtiyoji dunyo miqyosida qaralsa cheksiz va qondirib 
bo‗lmaydigan darajada. Chunki, aholi soni muttasil ortib bormoqda. Lekin tabiiy 
resurslar chegaralangan. Binobarin, talab, ehtiyoj va moddiy ne‘matlar o‗rtasida juda 
katta farq mavjud. Bu bir tomondan, 
makroiqtisodiyot bilan makroekologiyani 
birlashtiradi, ya‘ni xo‗jalikni nihoyatda bilib va oqilona tashkil etilishi zarurligiga 
undaydi
, ikkinchi tomondan 
birlamchi tabiiy resurslarning o‗rnini bosa oladigan 
(almashtira oladigan) sun‘iy materiallarni izlash va amalda qo‗llash ishtiyoqi 
kuchayib boradi.

Yüklə 8,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin