Masalan, o’zbekcha ko’ylakka shol yoqa qilish uchun old va ort bo’lak
koketkalarining detallarini bir-biriga to’g’rilab, old va ort bo’laklar yoqa
o’mizlarining yuqori nuqtasini ustma-ust keltirishigina kifoya bo’ladi. Ort bo’lak
yelka qirqimi old bo’lak yelka qirqimidan yeng o’miz qirqimi bo’ylab 2÷4 sm o’tib
turishi kerak.
Yoqa o’miz o’yig’idan boshlab, ort bo’lak o’rta chizig’i bo’ylab yoqaning
istalgan kengligiga kichkina ko’tarma balandligi uchun ya’na 1,5 sm qo’shib
o’lchab qo’yiladi. Agar yoqani bo’yniga ko’proq yopishib turadigan qilmoqchi
bo’lsa, bunda yoqaning ko’tarma qirqimi bir oz to’g’riroq qilinadi. Buning uchun
yoqani bo’laklarga kesib, ularni soat millariga qarshi yo’nalishda burib, yoqaning
asosiy bo’lagi ustiga 2-bo’lagi 1-bo’lagi ustiga, 3-bo’lagi 2-bo’lak ustiga va hakozo
o’tadigan qilib suriladi. Yoqa bo’laklarning qanchaga surilishi yoqa yaxshi
turadigan bo’lguncha ixtiyoriy davom etadi..Yoqa konstruksiyasi bunday hal
etilganda yoqa ko’tarmasi kengayadi, shuning uchun yoqa qaytarma chizig’i
aniqlanishikerak bo’ladi.Hosil qilingan yoqa shaklini maketlik xom surp gazlama
parchasida tekshirib ko’rilsa yomon bo’lmaydi.
Shunday yo’l bilan olinishi mumkin bo’lgan o’zbekcha ko’ylak yoqa
shaklining variantlari turli chiziqlar bilan berilgan.
Uchli yoqa ham shunday yo’l bilan hosil qilingan.
Fantazii yoqa yassi yoqa chizmasining asosida hosil qilinadi. Buning uchun
fasonga binoan yoqa o’miz o’yig’i o’zgartiriladi-da yoqani yoqa o’miziga o’tkazish
chizig’i hosil qilinadi. Yoqa qaytarmasi chizg’ning shakli modelga binoan chiziladi.
Yoqani o’mizga har xil usulda tikish mumkin. Quyidagi usul eng ko’p
qo’llashadi, yoqa o’mizidan pastga,oldingi o’rta chiziq bo’yicha gazlama 0,5g’1 sm
chuqurlikda kertiladi; bort osti (ilgak haqini ko’rsatib turgan chiziq bo’yicha)
kiyimning o’ng tomonga qayirib qo’yiladi, so’ngra bort ostining bukilgan joyi
(taxi)dan oldingi o’rta chiziqqacha mashinada tikib chiqiladi, bort osti teskarisiga
qayirib qo’yiladi. Bortning cheti sirma qaviq solib tikiladi, so’ngra yoqaning bir
kavati o’mizga ko’klab chiqiladi, keyin bir tomondagi kertikkacha mashinada
tikiladi; yoqa osti qatlamining qirqilgan cheti ostiga 0,5-1 sm qayriladi (bukiladi)
va o’mizdagi baxya iplaridan ilib olib, ko’rinmaydigan qaviq soldirib tikiladi.
Yoqani qiya adip solib tikish usuli quyidagicha; yoqaning o’rta chizig’i
o’mizning o’rta chizig’iga to’g’ri keltirilgan, yoqa o’miziga ko’k solib tikiladi;
bunda yoqaning uchlari tikish chizig’i bo’yicha kiyimning oldingi o’rta chizig’iga
to’g’ri kelib turishi, bort osti ilgak chizig’i bo’yicha teskarisiga qayrilishi
(buqilishi) lozim. Shundan keyin tayyor qiya adip o’mizga tepchib qo’yiladi, uning
uzunligi aylanasi uzunligiga teng bo’lishi lozim. So’ngra yoqa o’mizi va adip
juftlashtirilib, ustidan mashinada baxyalab tikiladi, tepchib qo’yilgan ip sugurib
tashlanadi, adip va bort osti kiyimning teskarisiga qayirib bukiladi va baxya
chizig’i bo’yicha hamda adip chetidan sirmalab tikiladi. Adip ko’rinmaydigan
qaviq solib tiqilishi lozim.
Dostları ilə paylaş: