Ustki va ostki qismi alohida bichilgan yoqani tikish. Ustki va ostki yoqa alohida bichilgan bo’lsa ularni o’ngini ichkariga qaratib
qo’yib, yoqa burchaklarida ustki yoqadan 0,4 sm. solqi xosil qilib - 0,5 sm.
kenglikdagi agdarma chok bilan tikiladi. Yoqa burchaklaridagi chok haqi chokka 2
mm. yetkazmay qirqiladi, o’ngiga agdarib, ustki yoqadan 0,2 sm. kant xosil qilib
ko’klanadi, dazmollanadi va yoqachetlariga bezak baxyaqator yurgiziladi.
Qaytarma va ko’tarma qismi alohida bichilgan yoqani tikish Yoqaning qaytarma qismi bilan ko’tarma qismi alohida bichilganda, tayyor
yoqa qaytarmasini yoqa ko’tarmasi 2 qismi orasiga to’grilab qo’yiladi va o’tkazilib
ayni vaqtda ko’tarmaning yon chetlari agdarma chok bilan tikiladi. Ko’tarma
o’ngiga agdarilib, ostki ko’tarma yoqa o’miziga o’tkaziladi, ustki ko’tarmaning
pastki qismi ostki ko’tarma o’tkazilgan chokni yopib, buklangan ziydan 0,1 sm.
naridan bostirib, ko’tarmaning yuqori cheti ham tikiladi.
Qaytarma va ko’tarma qismi yaxlit bichilgan yoqani tikish. Qaytarmasi bilan ko’tarmasi yaxlit bichilgan yoqa agdarma chok bilan tikib
olgandan keyin qo’shimcha qatlamga yoqa qaytarmasining ko’tarmaga ogish
chizigi bo’ylab, yoqa uchlariga 3- 4 sm yetmaydigan qilib elimlab qo’yiladi. Ustki
yoqa qo’shimcha qatlam bilan birga yoqa o’miziga o’tkaziladi. Ostki yoqaning 0,1
sm oraliqda bostirib tikiladi va yoqa tayyor bo’lgandan keyin qaytarmaning ko’tarmaga o’tish
chizig’I bo’ylab baxyaqator yurgiziladi
Adip qaytarmali yoqani tikish. Adip qaytarmali yoqani o’tkazayotganda, adip bilan old bo’lak o’ngi ichkariga qaratilib
juftlanadi va ular orasiga yoqani o’ngini,
o’ngigaga
qaratilib, adip tomondan yelka chokigacha
tikilishi bilan birga bort ham ag’darma chok bilan Germaniya "Tekstima" firmasining 8332 kl
mashinasida tikiladi. Ustki yoqaning chok haqi kertilib, qaytarib qo’yiladi va ostki yoqa ort
bo’lak o’miziga o’tkaziladi. Ustki yoqa qirqim tomonga buqilib, ort bo’lak yoqa o’miziga
bostirib tikiladi