O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ
TA’LIMI VAZIRLIGI
A.QODIRIY NOMLI JIZZAX DAVLAT
PEDAGOGIKA INSTITUTI
«TASVIRIY SAN’AT VA MEHNAT
TA’LIMI» FAKULTETI
“Kiyimlarni konstruksiyalash va modellashtirish”
fanidan
Referat
Bajardi: 401-guruh talabasi
Salayeva. Nargiza
Qabul qildi: S.Ergashova
Jizzax -2014
Kiyimni konstruksiyalash va modellashtirishning asosiy metodlari.
Hozirgi vaqtda hukumatimiz mahsulot ishlab chiqarish hajmini ko’paytirish,
tikilgan buyumlar, jumladan kiyim-kechaklar assortimenti strukto’rasini ya’nada
takomillashtirish, sifatini yaxshilash, tikuvchilik tarmog’ini jadal rivojlantirish
hisobiga ishlab chiqarish samaradorligini oshirish vazifalarini ilgari surdi.
Bu vazifalarni muaffaqiyatli amalga oshirish uchun yengil sanoatning
tikuvchilik
tarmog’iga
qarashli
korxonalarni
texnik
jihatdan
qayta
qo’yiladiganlantirish va qayta qurish yangi kompleks–mexanizasiyalashtirilgan
jarayonlarni yangi texnika va ilg’or texnologiyani joriy etish, yangi materiallar,
xususan qistirmabop materiallardan foydalanish, shu bilan birga texnologik
jarayonlarni avtomatlashtirish uchun kiyim detallarining konto’rlarini, baza
konstruksiyalarini unifikasiyalash ishlarini yo’lga qo’yish talab qilinadi.
Tayyor kiyim yuqori sifatli va uni tikish (ishlab chiqarish) iqtisodiy samarali
bo’lishi uchun kiyimni loyhalash vaqtidayok bunga zamin yaratiladi. Tikuvchilik
sanoati xodimlari ayni kunda loyhalash vaqtida bo’lg’usi buyumning sifatini
yaxshilash imkoniyatlarini izlaydilar va topishga harakat qiladilar.
Kiyimni konstruksiyalash uni loyhalashning eng muhim qismi va murakkab
ijodiy ish bo’lib, badiiy konstruktorlik hamda texnik vazifalarning yechimini
qamrab oladi.
Kiyimni konstruksiyalash deganda, odatda kiyimni tashkil etadigan detallar
va materiallar kompleksi, shuningdek ularni o’zaro ulab-tikib, muayyan
razmerdagi va formadagi yaxlit buyum holatiga keltirish usullari, vositalari
tushuniladi.
Turli xil va modeli kiyimning konstruksiyasi uning va tikish
texnoldog’iyasining takomillashuviga hamda modaga qarab o’zgarib to’radi. Bu
hol yangi modeldagi kiyim konstruksiyasini ishlab chiqishni bir muncha
murakkablashtiradi
ishni
yengillashtirish
uchun
tipovoy
va
baza
konstruksiyalaridan keng foydalaniladi.
Kiyim kechakni loyihalashtirish vaqtida konstruksiyaning texnologik
(ishlov berish) jihatdan qulayligi asosiy samaradorlik elementi hisoblanadi.
Texnologik qulaylik deganda, buyum konstruksiyasining sifat ko’rsatkichlaridan
birini ifodalovchi xossalari majmui tushuniladi. Kiyimning texnologik jihatdan
qulay konstruksiyasi iste’molchilarning hamda korxonaning talablariga juda mos
keladi. Kiyim detallariga texnologik ishlov berish va ularning yig’ishning eng
murakkab metodlaridan foydalanish imkoniyatlarini tug’diradi. Konstruksiyaning
texnologik qulayligiga erishishda loyihalash bosqichlarining hammasi o’z ulushini
qo’shadi.
Kiyimni loyihalashda hal qilinadigan asosiy masalalar forma va uni hosil
kila bilishdan iborat. Hozirgi kiyimlar asosan tukilgan gazlamadan trikotaj, charm,
mo’yna va boshqa materiallardan tikiladi. Kiyimga forma berish usullari
ishlatiladigan gazlamaning xossalarini nazarda to’tib tanlanadi. Zamonaviy
kiyimlarga yassi tukilgan materiallar, xususan forma hosil qilishning uchta asosiy
metodini va ularning kombinasiyasini kullashga imkon beradigan gazlamalar
ishlatiladi.
Kiyim formasi konstruksiyasi bo’yicha, ya’ni uni qomatga va gavdaning
o’lchamlariga mos keladigan detallarga bo’lish yo’li bilan hosil qilinadi. Yuzaning
egrilik radiusi kichik bo’lgan hollarda andozaga qo’shimcha konstruktiv elementlar
kiritilishi lozim, bunday element ko’pincha vitochqada iborat bo’ladi.
Gazlamaning draplanuvchanligiga va to’rsimon tuzilishidagi materialning
sirpanchiqlik (harakatlanuvchanlik) xossasiga asoslanib, kiyimga shakl berish,
ya’ni forma hosil qilish metodi kiyimlarni bichib tikish usullarini kelib chiqishidan
oldin kullanilgan. To’rsimon tuzilishdagi gazlamaning sirpanchiqligi aniqrogi
harakatchanligidan aslida qiyasiga bichish usulidan keng foydalaniladi, biroq
kiyimni kiygan vaqtda materialning tanda va arqoq iplari orasidagi burchaklar egri
yuzalarda qayta taksimlanib, o’zaro mos holda joylashuvini hisobga olgan holda bu
xususiyatdan odatdagicha, bichish usullarida ham foydalanilmoqda. Forma hosil
qilishning bu metodida ko’pgina choklarga va vitochkalarga deyarli xojat
qolmaydi, boshqacha aytganda, ular yo qisman, yoki butunlay yo’qotiladi.
Kiyim tikiladigan materiallarning draplanuvchanligi deganda, ularning
egiluvchanlik, blanglash xususiyati va harakatchan yengil burmalar hosil qilib,
xilpillangan forma kasb etish xususiyati tushuniladi. Bu metod kiyimlarning ancha
murakkab formalarini hosil qilishga imkon berganligidan asosan, Xotin-qizlar
ko’ylaklarini loyihalashda qo’llaniladi.
Kiyim kechakka nam issiqlik ishlovi berilganda, ya’ni suv purkab
dazmollanganda materialning dag’al strkto’rasi go’yo o’zgaradi (iplar, tolalar
cho’ziladi, taranglashadi, siqiladi, iplar sistemalari qiyshadi), materialning
molekulyar sitemasi o’zgardi. Sintetik tolalardan tukilgan gazlamalar paydo
bo’lgunga qadar materiallarning suv purkab dazmollash (nam issiqlik ishlovi
berish) tikilgan kiyimga hajmiy shakl berishning asosiy metodi hisoblanib, ularni
to’rlantirish imkoniyatini tug’diradi. Dazmollash chala fabrikat shaklini
o’zgarishiga qarab, quyidagi to’rlarga ajratiladi:
Dazmollab, cho’zib detallar o’lchamlarini kattalashtirish
Suv purkab dazmollab detallar razmerini kichraytirish
Choqlarni bir tomonga yotqizib dazmollash
Choqni ikki tomonga qayirib dazmollash
Dazmollab chok solish.
Dazmol teggan joydagi yaltiroqni bug’lab ketkazish
Presslash
Konstuktiv metod tikuv materiallarning shakliga bog’liq bo’lmaganligidan
universal metod hisoblanmoqda va yuqorida aytib o’tilgan metodni siqib
chiqarmoqda.
Kishining badanini atrof muxitning salbiy ta’siridan ximoyalaydigan libos
kiyim kechak deb ataladi. Kiyim kechak insoniyat tarakkiyotinig ilk bosqichlarida
paydo bo’lgan.
Kiyimning materiali, formasi va bichimiga qarab, kishining to’rmush tarzi,
yashaydigan iqlimiy sharoiti, uning qanday sinf va tabaqaga mansubligi madaniy
saviyasi, moddiy farovonligi to’g’risida fikr yuritish mumkin.
Kiyimning hamma qismlari (pidjak, shim, jiletka) poyabzal va boshqa
qo’shimchalar bilan birga kostyumni tashkil etadi. Kostyum to’rli mamalakatlar
halklari va jamiyatlari o’ziga xos tarzda, taraqqiy qilishlarini, milliy kiyofasini aniq
aks ettiradi, shuningdek, kishi shaxsini harakterlaydi.
Garderob deganda, bir kishiga yoki bir oilaga tegishli jami kiyim –kechak
tushuniladi.
Kiyimning yangi formasini eng avvola uning bichimi (silueti) belgilaydi.
Bichim (silueti) kiyim formasining tekislikdagi ifodasi. Kiyimning asosiy
bichimlari quyidagilardan iborat.
beli yopishib to’radigan bichimli kiyim :
gavdaga yopishib to’radigan bichimli kiyim;
beli qisman yopishib to’radigan bichimli kiyim;
to’g’ri bichimli kiyim;
keng bichimli kiyim.
Konstruksiyaning elementlar doimo o’zgarib to’radi. Masalan andaza yelkaning
sathi (qiyaligi) tabiiy balandalshtirilgan va pasaytirilgan bo’lishi, yelkaning
uzunligi normal uzaytirilgan yoki qisqartilgan yeng o’mizining chuqurligi
oshirilgan normal va kamaytirilgan bo’lishi mumkin.
Bel chizig’i kiyimning bichimini belgilab beradi; bel chizig’i to’g’ri,
gavdaning qisman yopishib to’radigan va keng bo’lishi mumkin.
Kiyimning etagi toraytirilgan, normal va kengaytirilgan bo’ladi
Kostyumning bichimi yelkaning qiyalik darajasi, qomatiga yeng o’mizining
ko’rinishiga, bel chizig’ining past va balandligiga va buyum etagining keng va
Kiyimning asosiy bichimlari
beli yopishib turadigan
bichimli
gavdaga yopishib
turadigan bichimli
to’g’ri
bichimli kiyim
beli qisman yopishib
turadigan bichimli
keng bichimli kiyim
torligiga bog’liq. Kostyumning formasi konstruktiv yechimlar natijasida va
kostyumning ayrim qismlarini birlashtirish oqibatida vujudga keladi. Formaning
geometrik ko’rinishining o’zgarishi bichimning o’zgarganligidan dalolatdir; forma
shakl jihatdangina emas balki hajmiy (kattaligi) jihatidan ham o’zgardi.
Bolalar kiyimi kattalar kiyimining nusxasi bo’lib, barcha detallar
takrorlanadi. Bolalar kiyimi hozirgi ko’rinishini kasb etgunga qadar uzoq
rivojlanish yo’lini bosib o’tadi. Bolalar kiyimini loyhalashda har bir yosh
guruppasiga mansub bolalarning gavda tuzilishidagi o’ziga xos jihatlar hisobga
olinadi.
Ishlab chiqarishning to’rli bosqichlarida hisoblash texnikasini kullash
kiyimning detallari va uzellarini kodlash zaruriyatini keltirib chiqaradi. Mahsulot
Butunittifoq klassifiqatori MBK da tikilgan kiyimlarning o’nli sistemasidagi egasiz
klassifikasiyasi qo’llaniladi. Tikilgan kiyimlar MBK da mustakil klassga ajratilib
,85 nomeri bilan bo’linadi. O’zaro bog’liq shifrlar majmui kod mahsulotning
qisqartirilgan shartli belgisi hisoblanadi. MBK da kodlashning o’nli sistemasi
qabul qilingan. Har qaysi belgini ta’riflash uchun muayyan miqdorda o’nli
razryadlar ajratilgan.
Kodning 1va 2 razryadlari «Tikilgan buyumlar» klassi.
3- razryad – kenja klass. Buyumning assortiment bo’yicha klassifikasiyasi:
1-ustki kiyim; 2- kostyum ko’ylakdan iborat kiyimlar; 3- ichki kiyimlar; 4- bosh
kiyim; 5- maxsus kiyim va hakozo.
4-razryad - vazifasi jihatidan o’xshash va model-konstruktiv yechimi
jihatidan bir-biriga yaqin buyumlarning gruppa-xillari majmui: 1- palto;2- kalta
palto; …. 5- ko’ylak;…… 7- erkaklar ko’ylagi va hakozo.
5-razryad - xom ashyo to’ri bo’yicha kenja gruppa: 1- ip gazlamalar; 2- zigir
tolasi va aralash toladan tukilgan gazlamalar; 3- shoyilar, sintetik va aralash
tolalardan tukilgan gazlamalar va hakozo.
6 – razryad - buyumning jins-yosh belgilari bo’yicha xillari: 1- erkaklar
uchun; 2-ayollar uchun; 3-o’g’il bolalar uchun va hakozo.
7-razryaddan 10 razryadgacha xillararo klassifikasiya.
Kiyimni loyhalash talablar programmasini tuzishdan boshlanadi. Talablar
ikki gruppaga ajratiladi.
1. Iste’molchi (matlubotchilar) talablari.
2. Sanoat-ekanomika nuqtai nazaridan qo’yiladigan talablar.
Birinchi gruppaga ekspluatasion, estetik, gigiyenik talablar, kiyimning
tovarlik sifatiga, ko’rinishiga oid va boshqa talablar kiradi.
Dostları ilə paylaş: |