Yangi materiallardan tikiladigan kiyimlarni konstruksiyalash.
Tikilgan kiyimlar assortimentini ko’paytirish va yangilash kiyim tikiladigan
materiallarga bog’liq. Erkaklar kiyimi tabiiy va sun’iy iplardan tukilgan
materiallardan tikiladi; tabiiy ipga sun’iy ip aralashtirilib tukilgan gazlamalar
hammadan ko’p ishlatiladi. Xossasi va strukto’rasi dinamik ravishda
takomillashtirilayotgan materiallar jumlasiga kiradigan sun’iy charm, zamsha,
mo’yna, trikotaj va notukima materiallar gazlamalardan fizik-mexaniq xossalari
jihatidangina emas, balki koliplanuvchanlik xossasi jihatidan ham farq qiladi.
Fizik-mexaniq xossalar materialning vazifasini belgilab bersa, qoliplanuvchanlik
xossasi forma hosil qilish usulini belgilab beradi.
Yangi materiallarni qoliplanuvchanlik xossasi jihatidan ikki gruppaga ajratish
mumkin.
1.
Sun’iy charmlar, mo’ynalar, zamsha, oshlangan teri, parda qoplangan va
shunga o’xshash boshqa materiallar kiritiladi.
2.
Trikotaj polotno va notukima materialar.
Birinchi gruppaga mansub materiallardan kiyimlar tikishni loyihalashda
gavdaga yopishib to’radigan va murakkab bichimlardan foydalanmaslik kerak.
Havo almashinuvini yaxshilash maqsadida bunday kiyimlar bloqli, xilpirama
koketkali qilinadi va yo’g’on igna bilan qavib tikiladi. Nam o’tkazmasligi uchun
kiyimning yelka qismiga pat, pagon tikiladi.
Kiyimga shakl berish uchun vitachkalar, bo’rtma baxyalar, qirqma koketka,
yirmoch va shu kabilardan foydalaniladi. Kiyimni oldi va orqasi to’kis bo’lishi
uchun yelka choki orqa va old yoqa o’mizlari vitachkali qilinadi.
Yengning old va tirsak choklari perekat chizig’i tomon siljitiladi, yeng
boshiga vitachka qilinadi. Bunday kiyimlarning yenglari, ko’pincha, ikki yoki uch
chokli qilib bichiladi. Yoqalarni kesik stoykali qilish tavsiya etiladi.
Oshlangan teridan iborat materialdan sun’iy mo’yna va charmdan tikiladigan
kiyimlarda choklar sonini iloji boricha kamroq qilish kerak, yon tomonda esa
umuman, chok bo’lmagani ma’qul bortlar yaxlit bichilishi, yenglar bir chokli
bo’lishi kerak.
Yoqa, cho’ntaklar, manjet, koketka va boshqa mayda detallarni loyihalashda
burchaklarni ravon egri chiziq bo’yicha dumoloqlash tavsiya etiladi. Shuning
uchun 50% sun’iy tola qo’shib tukilgan materialdan tikiladigan plashning tipavoy
formasida belgilangan. Bu plash to’g’ri bichimli bo’lib, bari to’g’ridan
tugmalanadi, orqasida yirmochi bor, cho’ntakning og’ziga tor tasma ko’rinishidagi
jiyak tutiladi, yoqasi kesik stoykali, yengi uch chokli. Plashning old va orqa
yarmining chizmalarini chizishda to’g’ri bichimli paltoni konstruksiyalash tipovoy
metodikasidan, yenglar uchun uch chokli yengni konstruksiyalash tipovoy
metodikasidan va yoki uchun kesik stoykali yoqani konstruksiyalash tipovoy
metodikasidan foydalaniladi. Muynadan tikiladigan kiyimlarni loyihalashda
mo’yna tukining uzun-qisqaligi, teri qatlamining qalinligi hamda plastikli
xossalarini, teri gajaklarining joylanishi terining katta-kichikligiga va hakozolarni
nazarda to’tish kerak. Kiyimning to’kisligi uchun tashlab ketiladigan chok haqi
teridagi jun qatlamining qalinligiga bog’liq, mo’ynaning tuklari qancha uzun, jun
qatlami shuncha qalin bo’lsa, shuncha kam haq tashlash lozim.
Trikotaj kiyimlarda uning to’rli qismlarini salgina burib choklash ko’zda
tutiladi. Juda chuziluvchan trikotajdan tikiladigan kiyimning detallariga shakl
berish uchun yelka choklari, yon choklari va yeng o’mizi sohasini bir oz burish
kerak bo’ladi.
|