Odam gavdasining asosiy antropometrik nuqtalarini aniqlash .
Ko’plab ishlab chiqariladigan kiyimlarni konstruksiyalash va asosiy bazalarni
ishlab chiqish uchun maishiy xizmat sistemasidagi konstruktorga standart jussalar,
ya’ni mamlakatning jami aholisiga xos jussalar razmeri o’lchamining mukammal
harakteristikasi kerak bo’ladi. Bu ma’lumotlarning antropometrik tekshirish, ya’ni
kishining gavdasining va uning qismlarini o’lchash yo’li bilan hosil qilish mumkin.
Bu ish antropometriya deb ataladi. Antropometrik tekshirishlar vaqtida gavdaning
muayyan nuqtalari antropometrik nuqtalar oralig’i yoki yumshoq gazlamada aniq
bilinib ko’rinib to’radigan chegaralar, teridagi o’ziga xos nuqtalar bo’yicha
o’lchanadi.
O’lchov belgilarini hosil qilish uchun quyidagi antropometrik nuqtalardan foydalaniladi: a - kalla suyagidagi nuqta –tepa dungi;
b - bo’yindagi nuqta – 7 – bo’yin umurtqasining o’tkir o’simtasi uchi;
v - bo’yin asosidagi nuqta – bo’yinning aylana chizig’i yelka qiyaligi qoq
yarmini bo’lgan joyda.
g - o’mrov nuqtasi – o’mrov suyagining tush suyagiga birikkan baland joyi;
d – tush suyagining yuqori nuqtasi (tush suyagi yuqorisidagi qirqimning
o’rtasi);
u - tush suyagi o’rtasidagi nuqta - tush suyagi qovurg’alar uchi birikkan sathida
joylashgan chizig’ining qoq o’rtasi;
j - yelka nuqtasi – ko’krak suyagi akromyal o’simtasining yuqorigi cheti bilan
yelka bo’g’imi sohasini ikkiga bo’lgan vertikal tekislik keshishgan joyi;
k - bilak suyagidagi nuqta – bilak suyagining tashqi tomonidagi yuqorigi uchi;
k - ko’krakdagi nuqta – ko’krak bezining uchi;
m - tizzadagi nuqta – tizza qopqog’ining markazi;
ye - qirra nuqtasi- yonbosh suyagi qirrasining chetga eng ko’p chiqib to’rgan
nuqtasi (bolalarni )antropometrik tekshirish vaqtida bu nuqtaga murojat qilinadi
m - tizzadagi nuqta – tizza qopqog’ining markazi;
p - kultiqning oldingi burchagidagi nuqta-kul pastga tushirilganda kultiq
chuqurchasining oldingi cheti hosil qiladigan yoyining eng baland nuqtasi;
o - kultiqning orqa burchagidagi nuqta- kul pastga tushirilganda kultiq
chuqurchasining orqadagi cheti hosil qilinadigan yoyning eng baland nuqtasi;
p - dummadagi nuqta- dummaning eng baland joyi;
r - bel chizig’ining balandlik nuqtasi- biqinning ichga botib to’rgan joyi pastki
qovurg’a bilan yonbosh suyagining qirrasi oralig’i;
Konustruksiyalash maqsadida quyidagi nuqtalardan foydalaniladi