texnika va texnologiyaning eng yangi yutuqlari ustidan nazorat qilish uchun kurash raqobatning asosiy
usullaridan biriga aylanib bormoqda. Bundan tashqari, ishlab chiqaruvchi
korxonalar xaridorlarni jalb qilish maqsadida uzoq muddat foydalaniladigan
iste’mol tovarlariga kafolatli va kafolatdan keyingi xizmat ko‘rsatishni amalga
oshirmoqdalar. Masalan, kompyuter ishlab chiqaruvchi firma o‘z mahsulotini
shunchaki sotish bilan cheklanmasdan, balki uni o‘rnatib berish, korxona
xodimlarini kompyuterdan foydalanishga o‘rgatish, kafolatlangan muddatda va
undan keyingi davrda ta’mir ishlarini bajarish, texnikaviy xizmat ko‘rsatish
kabilarni ham amalga oshiradi; mahsulot xossa va o‘lchamlarini buyurtmachi
ehtiyojlariga yaqinlashtiradi.
Narxsiz raqobat usullari ichida marketing muhim ahamiyatga ega bo‘lib, u
mahsulot ishlab chiqarish va sotish jarayonini talabga moslashtiruvchi tadbirlar
tizimidan iborat. Bozor iqtisodiyoti sharoitida talabni yaxshi o‘rgangan va
iste’molchilar ehtiyojlarini to‘laroq qondira oladigan korxonalar har doim raqobat
kurashida yutib chiqadi.
Yirik ishlab chiqaruvchilar bozordagi vaziyatni o‘zgartirish uchun o‘zlarining
ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanishni kamaytirib tovar taklifini
qisqartiradilar. Shu sababli iqtisodiy beqarorlik davrlarida ham narx
barqarorligicha qolaveradi. Shunday qilib, monopoliyalar hukmron bo‘lgan
sharoitda narxsiz raqobat muhim o‘rin tutadi. Buning sababi shundaki, birinchidan,
monopoliyalar tovar sifatini oshirish, iste’molchilarga xizmat ko‘rsatishni
yaxshilash yo‘li bilan sotiladigan tovar hajmini ko‘paytirishi mumkin. Ikkinchidan,
5
Campbell R. McConnell, Stanley L. Brue Economics p. 410-415
Raqobat va narxning shakllanishi 157
ular moliyaviy jihatdan kuchli bo‘lganligi sababli mahsulotini yangilash, ishlab
chiqarishni qayta jihozlash va reklamaga zarur bo‘lgan mablag‘ni sarflay oladilar.