4.2.5. Ma’lumotlarni simsiz uzatish. Simsiz tizimlar Hozirgi paytda simsiz telekommunikatsiya tizimlaridan, radio va
televideniya sohalari bilan bir qatorda –
kompyuter tarmoqlarida diskret axborotlarni uzatishda transport vositasi sifatida ham foydalanilmoqda.
Uzoq masofalarga cho„zilgan aloqa chiziqlarini (liniyalarini) qurishda
radioreleyli
va
yo„ldosh tizimlar qo„llaniladi. Hozirda esa,
98
ma‟lumotlarni simsiz uzatishda aloqa operatorlari tarmoqlariga simsiz
ulanish tizimlari (UMS, Ucell, Bilayn) va simsiz lokal kompyuter
tarmoqlari ham keng qo„llanilmoqda.
Simsiz aloqani tashkil qilishda –
elektromagnit to‘lqinlar spektrining keng diapazonidan foydalaniladi.
Bu diapazonning
chegaralari – bir necha kilogers kattalikdagi, past chastotali radio
to„lqinlardan tortib to, 8*10
14
Gs (TGs) chastotali ko„rinadigan nurlar
chegarasigacha bo„lgan oraliqni o„z ichiga oladi (4.23-rasm).
4.23-rasm. Elektromagnit to„lqinlar spektri diapazonlari va ularga mos
keladigan ma‟lumotlarni simsiz uzatish tizimlari.
Simsiz aloqa chizig„ini qurish oddiy sxema asosida amalga oshiriladi
(4.24-rasm).
4.24-rasm. Simsiz aloqa chizig„i.
Ushbu aloqa chizig„ining har bir nuqtasida (bog„lamida)
elektromagnit to„lqinlarni
uzatuvchi va qabul qiluvchi antennalar
mavjud bo„ladi. Elektromagnit to„lqinlar atmosferada yoki vakuumda
99
barcha yo„nalishlarda yoki ma‟lum bir sektor chegerasida – 3*10
8
m/s =
300 000 km/sek tezlikda tarqaladi.
Elektromagnit to„lqinlarning tarqalishi antennaning xiliga qarab –
ma‟lum
bir
tomonga
yo‘naltirilgan