12
- paketlarni kommutatsiyalash asosida ishlovchi tarmoqlar;
- kanallarni kommutatsiyalash asosida ishlovchi tarmoqlar.
Paketlarni
kommutatsiyalash
texnikasi,
paketlarni
harakatlantirishning qaysi usulidan foydalanilishiga qarab bir nechta
xillarga bo„linishi mumkin:
- deytagrammali tarmoqlar, masalan Ethernet texnologiyasiga mansub
tarmoqlar;
- mantiqiy bog„lanishlarga asoslangan tarmoqlar, masalan transport
sathida TCP protokolidan foydalanib ishlaydigan IP-tarmoqlar;
- virtual kanallarga asoslangan tarmoqlar, masalan MPLS-tarmoqlar.
4.Kompyuter tarmoqlari - ularning topologiyalari asosida ham
klassifikatsiyalanishi mumkin. Topologiyalarning
quyidagi xillari
mavjud - to„liq bog„lanishli topologiya, yacheykasimon topologiya,
umumiy shinali topologiya, yulduz topologiyasi, ierarxik yulduz
topologiyasi, halqa topologiyasi va aralash topologiyalar.
5.Kompyuter tarmoqlari
- tarmoqlardan iborat tarmoq, ya‟ni
Internetning qaysi sathida ishlatilishiga qarab:
- birlamchi tarmoqlarga va birlamchi tarmoqlardan foydalanib
qurilgan tarmoqlarga bo„linadi.
Birlamchi tarmoqlar, bu telekkommunikatsion tarmoqlardir, ularga
misol qilib -
PDH, SDH va DWDM
kabi tarmoq texnologiyalarini
keltirish mumkin. Birlamchi tarmoqlardan foydalanib ishlaydigan
tarmoqlarga esa, turli o„lchamlardagi
kompyuter, telefon va televizion
tarmoqlarini misol qilib keltirish mumkin.
6.Kompyuter
tarmoqlarida
ko„rsatiladigan
xizmatlar
foydalanuvchilarning qaysi xiliga mo„ljallanganligiga qarab, tarmoqlarni
ikki xil sinfga bo„lish mumkin:
- aloqa operatorlari tarmoqlari - bunday tarmoqlarning mijozlari
alohida olingan foydalanuvchilar yoki shartnoma asosida xizmatlardan
foydalanuvchi tashkilotlar bo„lishi mumkin;
- korporativ tarmoqlar - ushbu tarmoqqa egalik qiluvchi korxona
xodimlarigagina xizmat ko„rsatuvchi tarmoq.
7.Tarmoqlardan iborat tarmoqlar tarkibida ya‟ni, aloqa operatorlari
tarmoqlarida,
korporativ
tarmoqlarda yoki
Internet tarmog„ida
bajaradigan vazifalariga qarab, kompyuter tarmoqlarni - uchta sinfga
ajratish mumkin:
- ulanish tarmoqlari;
- magistral tarmoqlar;
- trafikni agregatsiyalash tarmoqlari.