topologiyasini
tanlash
muammosini ham qiritish mumkin.
Kompyuterlarni tarmoqqa birlashtirish nazariyasida,
graflar
nazariyasida
qo„llaniladigan iboralar, tushunchalar va undagi
qoidalardan foydalanilgan. Shunga ko„ra kompyuter tarmog„ining
topologiyasi
deyilganda
-
shunday
grafning
konfiguratsiyasi
tushuniladiki, bunda grafning
cho‘qqilariga
tarmoqdagi kompyuterlar,
konsentratorlar, kommutatorlar, marshrutizatorlar kabi qurilmalar, uning
qirralariga
esa
fizik
bog„lanishlar mos keladi. Tarmoqdagi
kompyuterlar ko„pincha - stansiyalar yoki tarmoq tugunlari ham deb
ataladi.
Tarmoqning fizik bog„lanishlari konfiguratsiyasi, kompyuterlar
orasidagi elektr bog„lanishlar orqali aniqlanadi va bu shakl, tarmoqning
mantiqiy bog„lanishlari konfiguratsiyasidan farq qilishi ham mumkin
bo„ladi.
Tarmoqning mantiqiy bog„lanishlari konfiguratsiyasi deganda,
undagi
ma’lumotlarni uzatish yo‘llarining
shakli tushuniladi. Bunday
yo„llar tarmoqdagi kommunikatsion qurilmalarni sozlash paytida hosil
qilinadi.
Tanlangan elektr bog„lanishlar topologiyasi tarmoqning ko„pgina
ko„rsatgichlariga
ta‟sir
qilishi
mumkin.
Masalan,
zahira
bog„lanishlarning mavjudligi, tarmoqning ishonchliligini oshiradi va
axborot uzatish kanallarini bir maromda yuklash imkonini beradi.
Qo„shimcha stansiyalarning ulash mumkinligi esa, tarmoqni osonlikcha
kengaytirish imkonini beradi. Tarmoqni qurish arzonroq tushadigan
bo„lishini hisobga olib ham, topologiyalarni tanlash amalga oshiriladi.
Kompyuter
tarmoqlarini
qurishda
ishlatiladigan
asosiy
topologiyalarni ko„rib chiqamiz (1.4-rasm).
To‘liq bog‘lanishli topologiya
– bunda har bir kompyuter tarmoqdagi
boshqa kompyuterlar bilan bog„langan bo„lishi kerak. Har bir kompyuter
uchun ko„p sonli kommunikatsion portlar va juda ko„p alohida aloqa
chiziqlari
mavjud
bo„lishi kerak bo„ladi. To„liq bog„lanishli
topologiyadan tarkibida kompyuterlarining soni ko„p bo„lgan
tarmoqlarda
foydalanilmaydi.
Ushbu
topologiya
asosida
kompyuterlarining soni uncha ko„p bo„lmagan ko„p mashinali
komplekslarda va kompyuter tarmoqlarida uning serverlarini o„zaro
ulash uchun foydalanish mumkin.
9
1.4-rasm. Tarmoqlarni qurishda ishlatiladigan asosiy topologiyalar.
Yacheykasimon topologiya
– to„liq bog„lanishli topologiyadagi ba‟zi
bir bog„lanishlarni olib tashlash bilan hosil qilinadi. Bunda o„zaro
ko„proq axborot almashinadigan kompyuterlar orasidagi bog„lanishlar
qoldiriladi, boshqa kompyuterlar esa tranzit yo„llar orqali bog„lanib
axborot almashinishi mumkin bo„ladi.
Umumiy shinali topologiya
– Ethernet texnologiyasining avval ishlab
chiqarilgan standartlari hisoblangan, 10Base-5 va 10Base-2 standartlari,
ana shu topologiya asosida qurilgan edi. Bunda kompyuterlar bitta
koaksial kabelga ulangan bo„lib, ma‟lumot uzatilayotgan paytda u kabel
bo„ylab ikki tomonga tarqaladi. Umumiy shinali tarmoqlar nisbatan
arzon hisoblanadi, ularda kabelni tortish va qo„shimcha kompyuterlarni
ulash osonlik bilan bajariladi. Ammo bu xildagi tarmoqning eng jiddiy
kamchiligi, uning ishonchliligining pastligidir, ya‟ni kabeldagi har
qanday uzilish yoki kompyuterlar ulangan uzgich-ulagichlardan birining
uzilishi butun tarmoqni ishini izdan chiqaradi.
Yulduzsimon topologiya
– bunda har bir kompyuter alohida kabel
yordamida
tarmoq
markazida
joylashgan
qurilmaga,
ya‟ni
konsentratorga
yoki
kommutatorga
ulangan
bo„ladi. Ethernet
texnologiyasining 10Base-T va 10Base-F standartlari ana shu topologiya
asosida qurilgan edi. Bu topologiyaning umumiy shinaga nisbatan asosiy
afzalligi, uning ishonchliligining ancha yuqoriligidir. Biron bir
kabeldagi nosozlik faqatgina shu kabelga ulangan kompyuternigina
10
tarmoqdan uzilib qolishiga sabab bo„lishi mumkin. Konsentrator yoki
kommutator ishdan chiqsagina tarmoq ishlamay qolishi mumkin.
Ierarxik yulduz topologiyasi
- bir nechta konsentratorlarni yoki
kommutatorlarni ierarxik tarzda - qavatma-qavat, yulduzsimon
ko„rinishda ulab tarmoqni kengaytirish, ya‟ni kompyuterlar sonini
oshirish mumkin. Hozirda ierarxik yulduz topologiyasi – lokal va global
tarmoqlarda ham keng tarqalgan topologiya hisoblanadi. Fast Ethernet
texnologiyasining
100Base-TX,
100Base-T4
va
100Base-FX
spetsifikatsiyalari va Gigabit Ethernet texnologiyasining barcha
spetsifikatsiyalari ana shu topologiya asosida qurilgan.
Halqasimon topologiya
– bu topologiya asosida qurilgan tarmoqlarda,
ma‟lumotlar halqa bo„ylab odatda bir tomonga yo„nalgan holda
uzatiladi. Agar kompyuter ma‟lumotlarni unga yo„naltirilgan ekanligini
aniqlasa, ularni o„z xotirasiga ko„chirib oladi. Token Ring va FDDI kabi
lokal kompyuter tarmoqlari texnologiyalari
halqasimon topologiya
asosida qurilgan edi.
Aralash topologiya.
Odatda uncha katta bo„lmagan tarmoqlar
topologiyasi – umumiy shina, halqa yoki yulduzli kabi tipik
topologiyalardan biri ko„rinishida bo„ladi. Katta tarmoqlardagi kompyu-
terlarni birlashtirishda ixtiyoriy ko„rinishdagi bog„lanishlar yuzaga ke-
lishi mumkin. Ammo bunda ham tarmoqlarning shunday qismlarini
ko„rsatish mumkin bo„ladiki, ya‟ni tarmoq osti tarmoqlari, yuqorida
ko„rib o„tilgan topologiyalardan biriga o„xshash bo„ladi. Shuning uchun
bunday tarmoqlar aralash topologiyali tarmoqlar deb ataladi (1.5-rasm).
1.5-rasm. Aralash topologiya.
|