1.3.Lokal va global kompyuter tarmoqlarining yaqinlashuvi
80-yillarning oxirlarida lokal va global tarmoqlar o„rtasida farqli
jihatlar yaqqol ko„rinib turar edi. Bunday farqli jihatlarga misol qilib
quyidagilarni keltirish mumkin:
1.Aloqa chiziqlarinig qanday masofalarga tortilganligi va ularning
sifati
. Lokal tarmoqlarning bog„lamlari orasidagi masofalar, global
tarmoqlarga nisbatan ancha qisqa edi. Bunday holat lokal tarmoqlarda
ancha sifatli aloqa chiziqlaridan foydalanish imkonini berar edi.
2.Ma’lumotlarni
uzatish
usullarining
murakkabligi
.
Global
tarmoqlarda lokal tarmoqlarga nisbatan, ishonchliligi ancha past bo„lgan
kanallarning qo„llanilishi bois, ularda ma‟lumotlarni uzatishning ancha
murakkab usullari va shunga mos qurilmalar ishlatishga to„g„ri kelar edi.
3.Ma’lumotlarni almashinish tezligi.
Lokal tarmoqlarda ma‟lumotlar
almashinish tezligi (10, 16 va 100 Mbit/s) global tarmoqladagi
tezliklardan (2,4 Mbit/sek dan 2 Mbit/s gacha) ancha yuqori edi.
4.Ko‘rsatilishi
mumkin
bo‘lgan
xizmatlarning
xilma-xilligi
.
Ma‟lumotlar almashinish tezligi ancha yuqori bo„lgan lokal tarmoqlarda
ko„rsatiladigan xizmatlarning xillari ancha ko„p bo„lgan, bunday
xizmatlar turlariga misol qilib - boshqa-boshqa kompyuterlarning qattiq
disklarida joylashgan fayllardan foydalanish mexanizmlari, bosmaga
chiqaruvchi qurilmalardan (printer, plotetter, ...), modemlar va
fakslardan birgalikda foydalanish xizmatlari, yagona ma‟lumotlar
bazasiga murojaat qila olish, elektron pochta xizmati va boshqalar.
Global tarmoqlarda esa oddiy pochta va fayl almashinish xizmatlari
bilan cheklangan.
Vaqt o„tishi bilan lokal va global tarmoqlar o„rtasidagi yuqorida
sanab o„tilgan farqli jihatlar
yo‘qola boshladi
. Avvallari alohida-alohida
ishlayotgan lokal tarmoqlarni o„zaro bog„lash amalga oshirila bordi.
Bunda bog„lovchi muhit sifatida global tarmoqlardan foydalaniladigan
bo„ldi. Lokal va global tarmoqlarning o„zaro yaqin integratsiyalashuvi,
bu texnologiyalarni bir-biriga yaqinlashuviga olib keldi.
Ma‟lumotlarni uzatish usullaridagi yaqinlashuv, ma‟lumotlarni
uzatishni optik tolali aloqa chiziqlari orqali amalga oshirilishi va bunda
raqamli (modulyasiyalanmagan) asosga o„tkazilishi bilan sodir bo„lgan.
100 metrdan uzoq bo„lgan masofalarga ma‟lumot uzatish uchun bunday
uzatish muhitdan deyarli barcha lokal tarmoqlarda foydalanilgan edi.
SDH va DWDM kabi birlamchi tarmoqlarning zamonaviy magistrallari
ham, ana shunday muhit asosida qurilgan. Ularning raqamli kanallari
14
yordamida global kompyuter tarmoqlarining qurilmalarini ham
birlashtirish mumkin bo„ldi.
Raqamli
kanallar sifatining
yuqoriligi,
global
kompyuter
tarmoqlari protokollariga qo„yiladigan talablarni o„zgartirib yubordi.
Bunda ishonchlilikni ta‟minlash muolajalari o„rniga, foydalanuvchilarga
axborotni etkazib berishning o„rtacha tezligini ta‟minlash muolajalari,
hamda trafikni uzatishda kechikishlarga salbiy ta‟sir qilishi mumkin
bo„lgan, masalan tovush trafigiga tegishli paketlarni alohida ishlash
mexanizmlarini qo„llash masalalari muhim bo„lib qoldi. Sanab o„tilagan
bu o„zgartirishlar global tarmoqlarining yangi texnologiyalari bo„lgan
Framy Relay va ATM texnologiyalarida o„z aksini topdi.
Lokal va global tarmoqlarning yaqinlashuviga IP protokolining
keng qo„llanila boshlanganligi ham katta ta‟sir ko„rsatdi. Hozirda bu
protokol har qanday lokal va global tarmoq texnologiyalari (Ethernet,
Fast Ethernet, Gigabit Ethernet, ATM, Frame Realy) asosida qurilgan
tarmoqlarni o„zaro yagona tarmoqqa birlashtirib ishlash imkonini beradi.
90-yillardan boshlab tezkor raqamli kanallar asosida ishlaydigan
global kompyuter tarmoqlar ham, ko„rsatilishi mumkin bo„lgan
xizmatlar xillarini anchagina ko„paytirib bu borada lokal tarmoqlarga
etib oldilar. Katta hajmlarga ega bo„lgan - tasvirlar, videofilmlar, tovush
kabi ma‟lumotlarni, ya‟ni multimediyali axborotni real vaqt masshtabida
uzatib berish mumkin bo„ldi. Internet tarmog„i orqali axborot etkazib
berish xizmati hisoblangan, gipermatnli axborotlar xizmati -
World Wide
Web (WWW)
ham tezkor xizmatlarga yaqqol misol bo„la oladi.
Lokal tarmoqlarda esa, global tarmoqlardagi singari – axborotni
himoyalash usullariga katta e‟tibor berishga to„g„ri kelyapti, negaki
hozirgi lokal tarmoqlar avvalgilariga o„xshab alohida-alohida emas,
balki “katta dunyo” bilan bog„langan holda ishlamoqda.
Bu davrga kelib bir vaqtning o„zida ham lokal, ham global
tarmoqlar uchun mo„ljallangan texnologiyalar paydo bo„la boshladi.
Yangi avlod texnologiyalaridan hisoblangan ATM texnologiyasi
yordamida lokal va global tarmoqlarni birlashtirib, mavjud trafikni
samarali uzatishni ta‟minlab beruvchi yagona trasport tarmog„i qurish
mumkin bo„ldi. Boshqa bir misol sifatida, avvalda lokal tarmoq
texnologiyasi xisoblangan Ethernet texnologiyasining 10G – 10 Gbit/s
tezlikda ishlaydigan standarti yordamida esa, global va katta lokal
tarmoqlarning magistrallarini hosil qilish uchun ishlayotganini keltirish
mumkin.
15
Lokal va global tarmoqlarninig yaqinlashuvini ko„rsatuvchi
belgilaridan yana biri, bu lokal va global tarmoqlar orasidan joy olishi
mumkin bo„lgan, shahar tarmoqlari – MAN-larning paydo bo„lishidir.
Bu tarmoqlarda ko„p xollarda 155 Mbit/s va undan yuqori tezlikka ega
bo„lgan optik tolali raqamli aloqa chiziqlaridan foydalanildi. Bu aloqa
chiziqlari shahar xududidagi lokal tarmoqlarni o„zaro ulashni, hamda
global tarmoqlarga ulanishni nisbatan kam xarajatlar bilan ta‟minlab
bera oladi.
Dostları ilə paylaş: |