Psixologiyasi. Pedagogik psixologiya



Yüklə 12,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə118/240
tarix28.11.2023
ölçüsü12,64 Mb.
#168659
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   240
Rivojlantirish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya.Nishanova Z.T. Kamilova N.G

15.2. Maktabga moslashish
Birinchi bor maktabga kelgan bola hali o‘zini to‘liq anglashi 
va o'z xatti-harakatlarini aniq bilishi qiyin. Faqat o‘qituvchigina 
bolaga me’yorlar qo‘yishi, ularning xatti-harakatlarini baholashi, 
o‘z xatti-harakatlarini boshqalar bilan moslashtirishga sharoit 
yaratishi mumkin. Boshlang‘ich sinfda o‘quvchilar o'qituvchi to­
monidan qo‘yiladigan yangi talablar va shartlarni qabul qiladilar, 
shuningdek, ularning qoidalariga to'la amal qilishga harakat 
qiladilar.
Maktabga qabul qilingan bolalarning hayoti birmuncha qi- 
yinlashib boradi. Birinchi kunlardan boshlab o‘quvchi bir qan­
cha qiyinchiliklarni boshdan kechiradi: yangi maktab muhitiga 
moslashish; yangi kun tartibini ishlab chiqish; yangi tengdosh- 
lari jamoasiga kirishish; xulq-atvorda ko'pgina cheklov va us- 
tanovkalarni qabul qilish, o‘qituvchi bilan munosabat o'rnatish, 
oilaviy vaziyatlarda yangi munosabatlarning uyg‘unligini ta’min- 
lash. Shu bilan birga o‘quvchi yangi huquqlarga ham ega bo'la­
di: kattalar uning o‘quv topshiriqlariga, dars qiladigan joyiga va 
o'quv qurollariga hurmat bilan munosabatda bo'ladi.
280


Qulay sharoitlarda o‘quv vaziyatlarini qabul qilish, egallash 
ikki oy (ba’zan bir yilgacha) davom etadi. Sevikli va g‘amxo‘r 
ota-onalar farzandining «o‘quvchi bo‘lish» imkoniyatini qadrlab, 
o‘quv faoliyati talablari majmuasini egallashga yordamlashmoq- 
lari darkor.
Bunday qiyin vaziyatda bolani o‘zi mustaqil eplaydi deb, o‘z 
holiga tashlab qo‘yish mumkin emas, lekin bunda boladagi ta­
shabbuskorlik cheklanishi mumkin.
Ota-onaning qollab-quvvatlashi maktabda beriladigan top- 
shiriqlarga yuqori qiziquvchanlik tarzida portfelini yig‘ish, ke- 
yingi kunga tayyorlanish tarzida bolishi mumkin. «
0
‘qituvchi 
aytgan topshiriqlarning» barchasini aniq bajarishga farzandining 
intilishini tushunish bilan qabul qilish lozim. 
0
‘qituvchilar va 
o‘quv dasturlarining takomillashtirilmagani haqida fikrni keyin- 
ga qoldirgan ma’qul.
0
‘g‘il bolalar va qizlar rivojlanish tempidagi o‘zgarishlar 
saqlanib qoladi. Qiz bolalar hamma tomondan rivojlanishda o‘g‘iI 
bolalardan oldinga o lib oladilar.
Kichik maktab yoshidagi o'quvchilarning axloqiy onglari I va 
IV sinfdagi o‘qish mobaynida muhim o‘zgarishlarga uchraydi va 
axloqiy sifatlar, bilim va tasavvurlar sezilarli darajada boyiydi.
Bola o‘quv faoliyatida o‘qituvchi rahbarligida insoniy an’analar 
asosida harakat qilishga o‘rganadi, o‘z irodasini o‘quv maqsadlari- 
ga erishish uchun mashq qildiradi. 
0
‘quv faoliyati boladan nutq, 
diqqat, xotira, tasavvur va tafakkurini kerakli darajada rivojla­
nishini talab etgan holda, bola xulq-atvorining rivojlanishi uchun 
yangi sharoitlarni yaratadi. Kichik maktab davri bu anglanil- 
gan va ixtiyoriy xatti-harakatlarga o‘tish davridir. Bola faol ra­
vishda o‘zini o‘zi boshqarishga, qo‘yilgan maqsadlarga ko‘ra o‘zi- 
ning faoliyatini tashkil etishga o‘rganish davridir. Kichik maktab 
davrida xatti-harakatlarning yangi shakllarini paydo bolishi be­
vosita o‘quv faoliyati bilan bogliqdir. Hech bir 
0
‘qituvchi mak­
tabga birinchi bor kelgan boladan o‘zi o‘rgatmagan arifmetik mi- 
sol va masalalarni yechishni talab etmaydi, lekin afsuski, juda
281


ko‘p o'qituvchilar ulardan qunt bilan o‘qishni, uyushqoqlikni, 
mas’uliyatlilikni, tartibga aniq rioya etishni talab etadilar. Vaho- 
lanki, ushbu ko‘nikmalar o'qituvchi tomonidan ma’lum odat va 
malakalarga o'rgatilganidan so'nggina paydo bo'ladi.
Ixtiyoriy ravishda harakat qilish layoqati butun kichik maktab 
davri davomida shakllanadi. Psixik faoliyatning oliy shakli sin- 
gari ixtiyoriy xatti-harakatlar ularning shakllanishini asosiy qonu- 
niga bo'ysunadi. Unga ko'ra yangi xatti-harakatlar avvalo katta­
lar bilan bo'lgan umumiy faoliyatda yuzaga kelib, bola shunday 
xatti-harakatlarni tashkil etish imkoniyatlarini o'rganadi va shun- 
dan keyingina u bolaning individual xatti-harakat usuliga aylana­
di. Kattalar bolalarni amaliy jihatdan o'z vaqtlarini to'g'ri taqsim- 
lash borasida yaxshi o'qish, o'ynash, sayr qilish va boshqa narsalar 
bilan shug'ullanish qoidalariga o'rgatadilar. Demak, oilada bola u 
bilan hisoblashadigan, maslahatlashadigan yangi bir o'rinni egal- 
laydi. Kichik maktab davri bu ijobiy o'zgarishlar va yangilanishlar 
davridir. Shuning uchun ham rivojlanishning shu bosqichida har 
bir bola erishgan muvaffaqiyatlar darajasi nihoyatda muhim hisob­
lanadi. Agar shu yoshda bola bilish, o'rganish quvonchini his et- 
masa, o'qish malakalarini egallay olmasa, do'stlashishni bilmasa, 
o'ziga nisbatan, o'z imkoniyat va layoqatlariga nisbatan ishonch- 
li bo'la olmasa, bu ishlarni kelgusida amalga oshirish qiyinroq 
bo'lib, boladan yuqori ruhiy va jismoniy zo'riqishni talab etadi.
Bu davrga kelib bola atrofidagilar bilan o'zaro munosabat­
da ma’lum bir natijalarga erishgan, o'zi xohlayotgan narsalarni 
hamda, o'z sinfi va oilasida o'zi egallagan o'rnini aniq biladi- 
gan bo'ladi. Shuningdek, u o'zini-o'zi boshqarish malakasiga ega 
bo'ladi, vaziyat va holatga qarab ish yurita oladi. Bu yoshdagi 
bolalar xatti-harakatlari va motivlari ularning o'zlariga beradigan 
baholariga qarab «Men yaxshi bolaman» emas, balki bu xatti-ha­
rakatlar o'zgalar ko'z o'ngida qanday namoyon bo'lishiga qarab 
baholanishini tushuna boshlaydilar. Bola maktabda noaniqlikka 
duch kelsa, kattalarning xatti-harakatlari ma’nosini tushunmasa 
unda taqlidchanlik rivojlanadi. Bolaning taqlidchanligi ixtiyoriy
282


va ixtiyorsiz bolishi mumkin. Ixtiyorsiz taqlidchanlik ustozi va 
sinfdoshlarining xatti-harakatlarini o‘zlashtirishga olib keladi. 
Bunda xatti-harakatlarni anglamagan ravishda egallaydi. Shuni 
hamisha yodda saqlash lozimki, bola ixtiyorsiz ravishda nafaqat 
chiroyli va kerakli narsalarga, balki turli salbiy ko‘rinish va ho- 
latlarga ham taqlid qilishi mumkin. Ixtiyoriy taqlidchanlik iro­
daviy zo‘riqishni talab etadi. Bunday vaziyatlarda bola maqsadga 
yo‘naltirilgan ravishda u yoki bu xatti-harakatni amalga oshira- 
di, bu xatti-harakatlarini qoida, namuna etalonga moslashtirish- 
ga intiladi. 
0
‘qituvchi boladagi ixtiyoriy taqlidchanlik xususiya­
ti orqali ularda samarali ijtimoiy odat va xislatlarni rivojlantirishi 
mumkin. Har qanday xatti-harakat va faoliyatda o‘qituvchi bola­
ni baholaydi, o‘quvchi shu baholash asosida esa o‘z-o‘zini baho- 
lashga o‘rganib boradi.
Bolaning ustoziga bolgan munosabati yomon baho olib xa­
fa bolgan taqdirda ham ijobiy bolib, unga ishonch bilan qa- 
rashi saqlanib qolaveradi. 3—4-sinflarda o'quvchilarda o'rtoqlari 
va sinfdoshlari o‘rtasida mavqeli bir o‘rinni egallashga harakat 
yuzaga kelib, o‘rtoqlari fikrlariga asoslanish paydo boladi.
0
‘qishning ijtimoiy ahamiyatini tushunish (
2
—3-sinflarda) 
o‘qish mazmunini va bilimlarni egallash yollariga qiziqishning 
yuzaga keltirilishi bilan mustahkamlanishi mumkin. Bunday 
holda kichik maktab davrining oxirlarga borib o‘qishga nisba­
tan motivatsiyaning pasayishi ko‘zga tashlanmaydi. Kichik mak­
tab davrida maqsadni qo‘yish shu bilan xarakterlanadiki, o‘quvchi 
o‘qituvchi tomonidan berilgan maqsadlarni qabul qilishga tayyor 
boladi. Kichik maktab davrida o‘quvchining o‘z xatti-harakatlari- 
ni o‘qituvchi qo‘ygan maqsad va vazifalarga moslashtirishi sinf- 
dan-sinfga ko‘tarilgan sari kuchayib boradi. Bu o‘quvchining 
maktab qoidalariga amal qilishida, sinfdagi vazifalarini bajarishi- 
da ko‘rinadi. O'quvchi darsdagi va darsdan tashqari o‘z vaqti- 
ni mustaqil tashkil etish borasidagi maqsadlarining ahamiyatini 
belgilashni o‘rganib boradi. Bu uy vazifalarini bajarish tartibiga 
amal qilishda ko‘rinadi. Mustaqil ravishda o‘qituvchi tomonidan
283


qo‘yilgan maqsadlardagi oraliq maqsadlari tizimini, masalan, 
masalani yechishning o‘z yo‘llari va bosqichlarini mustaqil ay- 
tib bera oladi, shuningdek, oraliq maqsadlarga erishish vosita- 
larini belgilay oladi. Kichik maktab davrida maqsad qo‘yishning 
murakkab xarakteri birinchi sinf o‘quvchisining irodaviy xat- 
ti-harakatlari bilan bog‘liqligi tadqiq etilgan1. Yuqorida ko‘rsatib 
o‘tilganlar kichik maktab davridagi o‘quvchilarning motivatsion 
sohasi o‘zgarib borishini, maktabgacha davrda bo‘lgan umumiy 
bilish va motivlarning ijtimoiy yo‘nalganligi aniqlanib, «o‘quvchi 
mavqei»ni egallashiga, ya’ni maktabga borishga intilish, bu pozit- 
siya qondirilganidan so‘ng esa yangi munosabatlarning — o‘quv 
motivlari va bir qadar murakkab shaklda bolgan ijtimoiy motiv­
larning yuzaga kelishidan dalolat beradi. Kichik maktab davri­
ning oxirlariga kelib o‘quvchilarda o‘quv-bilish motivlari, ya’ni 
faqat yangi bilimlarnigina emas, hatto umumiy qonuniyatlarni 
emas, balki yangi bilimlarni topishning aynan biron-bir yollarini 
egallashga qiziqish shakllantirilgan bolishi lozim. Ushbu mo­
tivlarning shakllantirilishi kichik maktab yoshidagi bolalarning 
o‘rta maktabga tayyorgarligining zaruriy jihati hisoblanadi.
0
‘qish faoliyati kichik maktab yoshidagi o‘quvchining aql- 
idroki, sezgirligi, kuzatuvchanligi, eslab qolish va esga tushi- 
rish imkoniyatlarining rivojlanishi uchun muhim shart-sharoit- 
lar yaratadi, hisoblash malakalarini shakllantiradi. Shu yoshdagi 
bola idrokining o‘tkirligi, ravshanligi, sofligi, aniqligi, xayoli­
ning yorqinligi, xotirasining kuchliligi, tafakkurining yaqqolligi 
o‘zining qiziquvchanligi, ishonuvchanligi bilan boshqa yoshdagi 
bolalardan ajralib turadi.
Kichik maktab davrida o‘qish faoliyati bilan shug'uJlanish, jum- 
ladan, moddiy narsalarning har xil xossalari bilan tanishish sezgi- 
larning o‘sishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Kichik maktab yoshida­
gi o‘quvchilarda asosan farq qila olish, ko‘rish va eshitish sezgilari

Yüklə 12,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin