Psixologiyasi. Pedagogik psixologiya


l-rasm.  Pedagogik psixologiya bolim lari



Yüklə 12,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə184/240
tarix28.11.2023
ölçüsü12,64 Mb.
#168659
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   240
Rivojlantirish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya.Nishanova Z.T. Kamilova N.G

l-rasm. 
Pedagogik psixologiya bolim lari
Pedagogik psixologiyaning vazifalari:
1
) ta’lim jarayonlarini boshqarishning psixologik masalalarini 
o‘rganish;
2
) bilish jarayonlarining shakllanishini tadqiq qilish;
3) aqliy taraqqiyotning ishonchli ko‘rsatkichlarini aniqlash;
4) ta’lim jarayonida aqliy taraqqiyotning samarali bo‘lish sha- 
roitlarini o‘rganish;
5) pedagog va o‘quvchilar o‘rtasidagi, o‘quvchilar va 
0
‘quvchi- 
lar o‘rtasidagi o'zaro munosabat xususiyatlarini o‘rganish;
6
) o‘quvchilarga individual yondashish bilan bogliq bolgan 
masalalarni o‘rganish.
7) pedagogik faoliyatni amalga oshirishning psixologik qo- 
nuniyatlarini o‘rganish.
Pedagogik psixologiyaning muammolari quyidagilar:
1. 
Bolaning rivojlanishida uning hayotidagi har bir senzitiv 
davrni topish va undan iloji boricha ko‘proq foydalanish muam­
mosi. Bu masalaning muammoliligi shundaki, birinchidan, bo­
la shaxsi va intellekti rivojlanishining barcha senzitiv davrlari 
ma’lum emas, uning qachon boshlanishi, qancha davom etishi va 
qachon tugashi noma’lum. Ikkinchidan, har bir bolaning hayoti 
o‘ziga xos individual bolib, turli davrda har xil kechadi.
449


2. Bolaga ongli tashkil etilgan pedagogik ta’sir va uning psi­
xologik taraqqiyoti orasidagi bog‘lanish muammosi. Ta’lim va 
tarbiya bolaning rivojlanishiga ta’sir etadimi, yoki u ta’lim va tar­
biya natijasida faqat bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lib, 
uning intellektual va axloqiy rivojlanishga ta’sir qilmaydimi? Har 
qanday ta’lim bolaning rivojlanishiga ta’sir qiladimi yoki faqat 
muammoli va rivojlantiruvchi ta’lim-mi?
3. Ta’lim va tarbiyaning umumiy va yosh muammolari. Bola 
hayotining har bir aniq davrida ta’limga yoki tarbiyaga urg‘u be­
rish kerakmi? Bola hayotining ayni davrida nimaga ko‘proq ehti- 
yoj sezadi: kognitiv-intellektual yoki shaxs sifatida rivojlanishgami?
4. Pedagogik ta’sirlarning kompleksligi va bola taraqqiyotining 
sistemaliligi xarakteri muammosi. Bola taraqqiyotini kognitiv va 
shaxsiy xislatlarning o‘zgarishi sifatida tasavvur qilsak, ularning 
har biri alohida rivojlanishi mumkin, har birining rivojlanishi 
boshqa xususiyatlarga bog'liq.
5. Bola xulq-atvori va psixologik xarakteristikalarining rivoj­
lanishi ta’lim va yetilishga, layoqat va qobiliyatlar, genotip va mu- 
hitga bog‘liqligi muammosi. Ta’limni bola organizmida ma’lum 
neyroflziologik tuzilmalar yetilmasdan boshlash mumkin-mi? 
Ta’lim bolaning organik rivojlanishiga ta’sir qiladimi? Agar ta’sir 
qilsa, qanday darajagacha ta’sir qiladi? Genotip hamda muhit 
bolaning psixologik va xulq-atvori rivojlanishiga alohida, birga- 
likda qanday ta’sir qiladi?
6
. Bolaning ongli ta’lim va tarbiyaga psixologik tayyorligi muam­
mosi. Bu muammoni hal qilishda ta’lim va tarbiyaga psixologik 
tayyorlik deganda nima nazarda tutilishi: bolada layoqatlarning 
mavjudligi ma’nosidami yoki ta’lim va tarbiyaga qobiliyatning rivoj- 
langanligi ma’nosidami, bolada yaqin taraqqiyot zonasi va rivojla­
nish darajasi mavjudligi ma’nosidami, intellektual va shaxsiy yetuk- 
likning ma’lum darajasiga erishilganligi ma’nosidami?
7. Bolaning pedagogik qarovsizligi muammosi. Bolaning pe­
dagogik ta’sirlarni o‘zlashtira olmasligi unga bolaligida yomon 
ta’lim va tarbiya berilganligi.
450


8

Ta’limni individuallashtirishni ta’minlash muammosi. Bola­
larning layoqat va qobiliyatlari asosida guruhlarga bo‘lib o‘qitish, 
har bir bolaning individual xususiyatlarga mos ta’lim va tarbiya 
metodlarini tanlash tushuniladi.
Yuqorida keltirilgan psixologik-pedagogik muammolarni hal 
qilish o‘qituvchilardan yuqori kasbiy mahoratni, psixologik bilim, 
ko‘nikma va malakalarni talab qiladi.

Yüklə 12,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin