Psixologiyasi. Pedagogik psixologiya



Yüklə 12,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə195/240
tarix28.11.2023
ölçüsü12,64 Mb.
#168659
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   240
Rivojlantirish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya.Nishanova Z.T. Kamilova N.G

qis-
mi, o‘quvchilarning faoliyati bilan bog‘liq ravishdagi tashkiliy ja- 
rayon sifatida namoyon bo‘ladi. Birinchi holda o‘qish ta’limning 
bir tomoni hisoblanadi, ikkinchi holda ijtimoiylashuvning nati- 
jasidir. 0 ‘rganish har qanday faoliyatning natijasi bo'lishi mum­
kin, ta’lim va o‘qish tushunchalari esa maxsus o‘quv faoliyati bi­
lan bog‘liqdir.
Agar faoliyatning asosiy motivi sifatida bilishga qiziqish yoki 
individning psixologik taraqqiyoti nazarda tutilsa, o‘quv faoliya­
ti haqida gapiriladi. Agar motiv individning u yoki bu ehtiyoj- 
larini qondirishga qaratilgan bo‘lsa, «o‘rganish» tushunchasidan 
foydalaniladi. Bunday yo‘l-yo‘lakay o‘rganishga misol sifatida 
ma’lumotlarni ixtiyorsiz ravishda eslab qolish, o‘quv maqsad-
474


larini ko‘zda tutmagan harakatlarni misol keltirishimiz mum­
kin. Ta’lim va o'qish — har doim ongli jarayonlardir, o‘rganish 
esa ongsiz darajada ham ro‘y berishi mumkin. Ta’lim, o‘qish va 
o‘rganish orasidagi yana bir farq ma’lumotlarni o‘zlashtirishga 
tayyorlik turli yosh davrlarida turlicha namoyon bo‘ladi. 0 ‘rga- 
nishning elemantar turlari — imprinting, shartli reflektor va ope­
rant turlariga - bola tug‘ilishi bilanoq amalda tayyor boladi. 
0
£qish bilim, malaka va ko'nikmalarni o'zlashtirish uchun ong­
li, maqsadga yo'naltirilgan qobiliyat sifatida bolada 4—5 yoshligi- 
da namoyon boladi, mustaqil o'qishga tayyorlik maktabning bi- 
rinchi sinflarida, ya’ni 6-7 yosh atroflda vujudga keladi.
0
‘rganish jarayoni faoliyat sifatida quyidagi o‘quv-intellektual 
mexanizmlar hisobiga amalga oshadi:
Assotsiatsiyalarning shakllanishi
Taqlid qilish
Farqlash va umumlashtirish
Insayt (taxmin)
Ijod
1. Assotsiatsiyalarning shakllanishi. Bu mexanizm alohida bi­
limlar orasida yoki tajriba qismlari o‘rtasida vaqtinchalik bogla- 
nishlar o‘rnatish asosida yotadi.
2. Taqlid qilish. Ko‘nikma va malakalar shakllanishi uchun 
asos boladi.
3. Farqlash va umumlashtirish. Tushunchalar shakllanishi bi­
lan bogliq.
475


4. Insayt (taxmin). Inson tomonidan qandaydir yangi infor- 
matsiyani qarab chiqish, o‘tmish tajribadan ma’lum narsada no- 
ma’lumni ko‘rishdir. Insayt bolaning intellekti rivojlanishi uchun 
kognitiv baza hisoblanadi.
5. Ijod. Yangi bilim, ko‘nikma va malakalarni yaratish uchun 
asos hisoblanadi.
0
‘rganishning muvaffaqiyati turli xil omillarga bogliq, ular 
ichida quyidagi psixologik omillar muhim: o‘quv faoliyati moti- 
vatsiyasi, bilish jarayonlari - idrok, diqqat, xayol, xotira, tafakkur 
va nutqning ixtiyoriyligi, o‘quvchilarda irodaviy va boshqa shaxs 
xislatlari: mas’uliyat, tirishqoqlik, maqsadga intiluvchanlik, inti- 
zomlilik, onglilik, tartiblilik va boshqalarning mavjudligi. 0 ‘quv 
faoliyati samaradorligining psixologik omillariga hamkorlik faoli- 
yatidagi insonlar — o‘qituvchilar va sinfdoshlari bilan o‘zaro ta’sir 
qila olish ko‘nikmasi, intellektual rivojlanganlik va boshqalar kira­
di. Bilimlarni o‘zlashtirish jarayonida o‘rganishga bolgan tayyor- 
lik (ustanovka) muhim hisoblanadi, bunda o‘quv vazifalarining 
o‘qituvchi tomonidan qo‘yilishi, o‘quvchi tomonidan qabul qilini- 
shi muhim bolib, bunda o‘qituvchi o‘rgatadi, o‘quvchi o‘rganadi.
Rus psixologi A.N.Leontev inson faoliyatining psixik va ama­
liy shakllari mavjudligini, bola ongi aynan o‘quv faoliyatida o‘si- 
shini ta’kidlaydi. D.B.Elkonin esa o‘quv faoliyatining xususiyat- 
larini ko‘rsatib, uni mohiyatiga, mazmuniga va o‘zini namoyon 
etish shakliga ko'ra ijtimoiyligini ta’kidlaydi. 0 ‘quv faoliyati bu 
shunday faoliyatki, uning natijasida avvalo o'quvchida o‘zgarish 
yuz beradi. Uning mahsuli turli motivlar asosida qurilgan bolishi 
darkor. Bu motivlar bevosita o‘quvchi shaxsining o'sishi va rivoj­
lanishi bilan bogliq bolishi kerak. 0 ‘quv faoliyati ta’lim, o‘qish 
va o‘rganish degan tushunchalar bilan bevosita bogliqdir.
Ta’lim o‘qituvchi va o‘quvchi hamkorligidagi o‘quv faoliya­
ti, o‘qituvchining bilim, ko‘nikma va malakalarini o‘quvchilarga 
o‘rgatish jarayonidir.
Ta’lim jarayoni bevosita muayyan axborotni, harakatlarni, 
xulq-atvorning shakllarini o‘zlashtirishga qaratilgandir. 0 ‘qish va
476


o‘rgatish tushunchalari o‘quv faoliyati bilan bog‘liq bo‘lib, ular 
bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtirishga, o'rgatishga xiz- 
mat qiladi. 0 ‘quv faoliyatining besh elementi mavjud:
D.B.Elkoninning ta’kidlashicha, o‘quv faoliyatining shakllan- 
tirilishi bu faoliyatning ayrim kishilar tomonidan bajarilishini as- 
ta-sekinlik bilan o'quvchining o‘ziga o‘qituvchining ishtirokisiz 
mustaqil bajarish uchun o‘tkazilishidir.

Yüklə 12,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin