Psixologiyasi. Pedagogik psixologiya


ega b o‘lgan, murakkab ijtim oiy-m adaniy hodisadir. Fransuz ta-



Yüklə 12,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə85/240
tarix28.11.2023
ölçüsü12,64 Mb.
#168659
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   240
Rivojlantirish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya.Nishanova Z.T. Kamilova N.G

188


ega b o‘lgan, murakkab ijtim oiy-m adaniy hodisadir. Fransuz ta-
rixchisi F A rlesning o'ziga xos tadqiqotlarida bolalik tushunchasi
insoniyat tarixiy rivojlanishi davom ida qanday shakllanganligi va
turli davrlarda u nim asi bilan farqlanganligi ko'rsatilgan. F.Arles
san ’at asarlari, badiiy asarlar, o ‘tgan davrdagi insonlar m aktub-
larini tahlil qilgan. U ijtim oiy hayotning rivojlanishi, yangi ij­
tim oiy institutlarning paydo b o ‘lishi insoniyat hayotining yosh
davrlarini ajratilishiga olib keladi, degan xulosaga keldi. M asalan,
oila ichida kichkintoyni «erkalatish» va «suyish» bilan bogMiq ilk
bolalik davri yuzaga keladi. Ijtimoiy institut sifatida maktab, katta
hayotga bolalarni m untazam tayyorlash majburiyatini oladi, mak-
tabning s in f jam oasi bolalik va o ‘sm ir-o ‘spirinlik tushunchala-
rini («З-s in f o ‘quvchisi») «beshinchi sinfdagi» yaxshiroq farqlay-
di. Harbiy xizm at va majburiy harbiy m ajburiyatning kiritilishi
o'spirinlik davrini shakllanishiga ta’sir ko'rsatadi. Bunday tarzda
F. Arles mavjud bo‘lgan davr ustiga yangi davrni qurish h iso-
bidan, bolalikni uzaytirishning tarixiy tendensiyasini ko'rsatish-
ga harakat qilgan.
D. B. E l k o n i n
189


D.B.Elkonin hayvonlarning ba’zi turlarida instinktiv xulq-at- 
vorning alohida shakllari yo‘qolishini boshlaganda ontogenez 
davri sifatida bolalik yuzaga kelganligi haqida o‘ziga xos g‘oyani 
ilgari surgan. Ushbu hayvonlar tomonidan xulq-atvorning zarur 
shakllarini hayot davomida egallash uchun ham bolalik vujud­
ga kelgan. Insoniyat bolaligining o‘ziga xosligi shundaki, go‘dak 
hatto tug‘ma organik ehtiyojlarni qondirishning instinktiv usul- 
lari butunlay bolmagan, mutloq ojiz mavjudot bolib tug‘iladi. 
Insonning barcha xulq-atvori egallab boriladi. Shuning uchun 
unga juda uzoq davom etuvchi bolalik zarur, u o‘z a’zolarining 
malaka va bilimlariga yanada yuqoriroq talablarni ilgari suruv- 
chi, jamiyatning rivojlanishi sari uzayib boradi. D.B.Elkonin ij- 
timoiy-madaniy fenomen (hodisa) sifatida bolalikning rivojla­
nish qonuniyati oddiy uning uzaytirmasi bolmay, balki tuzilishi 
va mazmun mohiyatiga ko‘ra sifat o‘zgarishi hisoblanadi. Jami­
yat hayotining murakkablashib borishi bilan unda bolaning ho- 
lati (ya’ni ijtimoiy maqomi, huquq va majburiyatlar doirasi, unga 
doir bolgan faoliyat turlari va shakllari) muhim o£zgarish!arga 
duch keladi. Ijtimoiy rivojlanishning ilk bosqichlarida (bu etno- 
grafik kross-madaniy tadqiqotlar bilan ham tasdiqlanadi) bola­
ni ishlab chiqarish jarayonlariga (terish, qazish) bevosita jalb 
qilinishi va umumiy faoliyatning maqsad va vazifalari, mehnat 
qurollari vazifalari, ozuqa topish usullarini amaliy egallash so­
dir boladi. Ma’lum bir tarixiy davrda mehnat qurollari shunday 
murakkablashganki, bunda bolalar bevosita kattalar mehnatiga 
kirisha olmaganlar, shuning uchun o‘sib kelayotgan yosh avlod 
uchun maxsus alohida predmetlar, o‘yinchoqlar kichraytirilgan 
va ko'rinishi o'zgartirilgan mehnat qurollari yaratiladi. Qachon 
qurollarning kichraytirilgan nusxasi ishlab chiqarish faoliyati- 
ni haqiqiy ifodalash imkonini bermasa o‘yinlar paydo boladi. 
Bolalar o‘yinchoqlar bilan harakatda bolib, bir tarafdan katta­
lar mehnatining umumiy mazmunini ifodalasalar, boshqa to­
mondan - ular keyinchalik turli xildagi haqiqiy qurollarni egal- 
lashlari uchun zarur bolgan (ko‘rish-harakat koordinatsiyalari,
190


chaqqonlik va h.k.) ba’zi bir umumiy qobiliyatlarni o‘zlarida 
rivojlantirganlar. Asta-sekin ba’zi o‘yinchoqlar haqiqiy qurol- 
larning ramziy o‘rnini bosuvchisiga yoki odamlar ijtimoiy hayo- 
tining turli xildagi boshqa predmetlariga aylanadi. D.B.Elkonin 
o‘yinning ijtimoiy jihatlarini ko‘rsatgan. Rolli o‘yin ijtimoiy mu- 
nosabatlar tizimida bola o‘rnining o'zgarishi natijasida, jamiyat- 
ning tarixiy rivojlanishida yuzaga keladi. U binobarin, o‘zining 
tabiatiga, kelib chiqishiga ko‘ra ijtimoiydir. 0 ‘yinlar va o‘yin- 
choqlarning yuzaga kelishi bilan, bola rivojlanishida yangi davr 
shakllanadi. Zamonaviy pedagogika va psixologiyada ushbu davr 
maktabgacha tarbiya yoshi deb nomlangan, undagi yetakchi 
faoliyat bo‘lib o‘yin hisoblanadi. D.B.Elkonin bolalik yoshlari- 
dan birining paydo bo'lishi misolida, bolalikning tarixiy xarak- 
teri (xususiyati) va uning alohida davrlarini tarixiy kelib chi- 
qishini ko‘rsatib bergan. 0 ‘yin davri mehnat qurollarini egallash 
davrini yuqoriga, birmuncha kechki (keyingi) xronologik yoshga 
«siljitadi» («suradi») yangi davr yuzaga kelganda quyida joylash- 
gan yoshga oid rivojlanish bosqichlari ham o‘zgarishsiz qolmay- 
di. Maktab ta’limining yuzaga kelishi, avvalgi «o‘yinlar davrini», 
maktabgacha qilib, yangi mazmun bilan to‘ldiradi. Tarixiy kelib 
chiqish nafaqat hayot davrining bolalik davriga ega. Insoniyat- 
ning tarixiy uzoq bo‘lmagan orttirmalaridan (muvaffaqiyat, yu- 
tuq) biri psixologik yosh sifatida keksalik davrining ajratilishidir. 
Ijtimoiy va yoshga oid kategoriya sifatida «keksalik» tushuncha­
sini yuzaga kelishi XX asrga tegishli. D.B.Elkonin qayd etgan 
chizmalardan kelib chiqib, zamonaviy tadqiqotchi V.T.Kudryav- 
sev bolalikning keyingi tarixiy rivojlanishini ko‘rsatadi va bola­
likning uch tarixiy tipini ajratadi: 1) kvazibolalik — insoniyat 
tarixining ilk bosqichlarida, bolalar (birlashmasi jamoasi) 
gu-
ruhi ajratilmay, balki odat tusiga kirib qolgan (ritual) amaliyot- 
ga va kattalar bilan hamkorlikdagi mehnat faoliyatiga bevosita 
kiritilganda; 2) rivojlanmagan bolalik - bolalik olami ajratil- 
gan va bolalar oldida yangi ijtimoiy vazifa - kattalar guruhiga 
integratsiya (qo‘shilish, birlashish) yuzaga keladi. Rolli o‘yin —
191


kattalar faoliyatining ma’naviy asosini modellashtirish usuli si­
fatida avlodlararo uzilishlarni yengib o lish funksiyasini (vazi- 
fasini) o‘ziga oladi. Ijtimoiylashuv bola tomonidan faoliyatning 
tayyor mazmuni qat’iy belgilangan doirasini egallab borish da­
rajasiga qarab sodir bo‘ladi. Misol uchun — o‘rta asrlardagi va 
yangi davrdagi bolalik; 3) rivojlangan bolalik (W.Davidov ata- 
masi) — kattalar faoliyatining mazmuni va motivlari o‘z-o‘zidan 
aniq bo‘lmaganda shakllanadi. (Zamonaviy bolalik) Bola diqqa­
tini qaratadigan, balog‘atga yetganlik obrazi — (prinspial) de­
yarli to‘liq bolmagan, tugallanmagandir hamda bola erkin va 
ijodiy tarzda «madaniyatda o‘z mavqeyini belgilab olishi» kerak. 
Zamonaviy «rivojlangan» bolalik ochiq ko‘p olchamli tizim si­
fatida madaniyatni ijodiy egallashni nazarda tutadi. Zamonaviy 
bolaning psixik rivojlanishini samarali, ijodiy xarakteri (xu­
susiyati) ilk bosqichlardayoq bola submadaniyati fenomenlari 
«muammolarni qo‘ya bilish», «komik 

Yüklə 12,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin