2023 Australia, Melbourne 189
sinfdan tashqari ishlarda ham foydalaniladi. Masalan, o'quvchilarning uy vazifasini
bajarishida ularga tafovutlab yondashish imkoniyatlari mavjud. O'quvchilarga
muayyan mavzular bo'yicha kuzatish va tajribalar o'tkazish, ma’ruza va referatlar va
turli mavzularda o'tkaziladigan tanlovlar uchun materiallar tayyorlash shular
jumlasidandir. Ta’lim-tarbiya jarayonida darsda o'rganiladigan mavzuning mazmuni
e’tiborga olingan holda darsda o'quvchilarning kichik guruhlarda mustaqil ishlashi,
o'quv bahslar tashkil etish, aqliy hujum, didaktik o'yinlar, taqdimot, o'z-o'zini
baholash, tashrif kabilardan foydalanish, masala va mashqlar yechishni yo'lga
qo'yish o'qituvchining diqqat markazida bo'lmog'i lozim. O'quvchilarning bilish
faoliyati kichik guruhlarda tashkil etish quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi: •
darsda vujudga keltirilgan muammoli vaziyatlarni hal etish yo'llarini belgilash; •
o'quv topshiriqlarining didaktik maqsadi, bajariladigan topshiriqlar bilan tanishish;
• kichik guruh a’zolari bilan hamkorlikda maqsadni amalga oshirish yo'llarini
loyihalash, mustaqil ishlami tashkil etish; • o'rganilayotgan obyektni awal
o'rganilgan obyektlar bilan taqqoslash; • natijalarni loyihalash va uning maqsadga
muvofiqligini tekshirish; • natijani tahlil qilish, tegishli hollarda unga o'zgartirishlar
kiritish. Biologiyani o'qitishda hamkorlikda o'qitish texnologiyasining barcha
metodlaridan, modulli ta’lim texnologiyasining o'quvchilarning kichik guruhlarda
ishlashiga mo'ljallangan modul dasturlaridan foydalanish shular jumlasiga kiradi.
Hamkorlikda o'qitishning kichik guruhlarda o'qitish metodida yalpi o'qitish kichik
guruhlar bilan, «arra» metodida esa, o'quvchilami awal individual tarzda, so'ngra
kichik guruhlarda o'qitish uyg'unlashtiriladi. Biologiya darslarida o'rganilayotgan
mavzuning didaktik maqsadi, vazifalari, mazmunidan kelib chiqqan holda
o'quvchilarning bilish faoliyati individual, kichik guruhlarda va yalpi holda tashkil
etish shakllaridan o'z o'rnida va samaraii foydalanish tavsiya etiladi. Shunday qilib,
o'quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish va boshqarish, mazkur faoliyatni
maqsadga muvofiq tashkil etish, uni loyihalash, maqsadni amalga oshirish yo'llarini
belgilash, olingan natijani tahlil qilish va baholash bosqichlaridan iborat bo'ladi.
Hozirgi zamon ta’lim-tarbiya jarayonida o'z hukmronligini saqlab kelayotgan