XULOSA
Mustaqillik yillarida Respublika uzluksiz ta`lim tizimining muhim
bosqichlaridan biri – ta`limi
muassasalari, shu jumladan, umumiy o`rta ta`limda
o`quv-tarbiya ishlarining bugungi kun talablari darajasida tashkil etish davlat
siyosatining ustuvor masalalaridan biri ekanligiga alohida urg`u berilgan.
O'qituvchi pedagogik jarayonda asosiy etakchi o'rin tutadi. Shu sababdan
pedagogik o'zaro ta'sir ko'rsatishda o'qituvchining hissiy holatini boshqarish o'zida
ijodiy jiddiylik
darajasini va umidbaxshlik, hayrixohlik kayfiyatini saqlash
o'zining hissiy dam olishida muhim rol' o'ynaydi. Bu jihatlar pedagogning kasbiy
mahoratini, o'z-o'zini boshqarish va nazorat qilishni ta'minlaydi. Yosh avlodni
tarbiyalash va ularga ta'lim berish pedagoglar zimmasiga yuklatilgan ekan,
demak
o'qituvchi, avvalambor, sog'lom fikrlaydigan, ahloqiy sifatlarga ega bo'lgan va
yuksak muomala madaniyati mujassam bo'lgan shaxs bo'lmog'i zarur.
Uzluksiz ta’limda pedagogik faoliyat nazariyasi va metodikasining ishlab
chiqarilganligi shunga olib keladiki, o`qituvchi bolalar bilan, pedagogik
jamoa
bilan qanday qilib til topish o`rtasidagi munosabatlarning haqiqiy manzarasiga
erishmoq kerak. Lug`atlarda mohirlik - bu insonning hayotiy tajriba va
o`zlashtirilgan bilimlari asosida aniq va ongli ravishda amaliy va nazariy ishlarni
tez va samarali bajarishga tayyor bo`lishi, o`z ishiga mahorat bilan yondoshish
e’tirof etiladi.
O`qituvchi esa ikki tomonlama mahorat egasi bo`lishi lozim. Birinchidan,
har bir shaxsning psixologiyasidan kelib chiqib, uni nimaga o`rgatish lozim
ekanligini chuqur anglaydigan inson bo`lsa, ikkinchidan, ushbu shaxsga ta’lim-
tarbiya berish yo`llarini biladigan shaxsdir.
Demak, uzluksiz ta’limda pedagogik faoliyatda o`qituvchining mohirligi
bilan mahorati hamohangdir. O`qituvchining o`z ishiga mohirligi uning
ijodiy
imkoniyatlari, extiyojlari hamda qobiliyatlarini chegara bilmaydigan rivojlanishi
sifatidagi xususiyatidir. O`qituvchining mahorati uning faoliyati jarayonida
namoyon buladi.
Pedagogik faoliyatda o`qituvchining mahorati uning samarali natijalarga
erishishi, pedagogik faoliyatining yuqori darajasi sifatida tushuniladi.
O`qituvchining pedagogik mahorati - bu ta’lim-tarbiya san’atining
yuqori va
doimiy ravishda rivojlanib, takomillashib boradigan san’atidir. Mahorat turli xil
pedagogik masalalarni samarali echishda, shuningdek, o`quv-tarbiyaviy ishlarni
talab darajasida tashkil etish jarayonida namoyon buladi. Lekin bu mahoratning
mazmuni ushbu faoliyatlarni vujudga keltiradigan o`qituvchining
shaxsiy sifatlari
bilan boglik. Demak, pedagogik mahoratning mazmunini chuqur anglash uchun
dastavval pedagogik faoliyat nima ekanligini tushunib olmog`imiz lozim.
Har qanday faoliyat singari pedagogik faoliyat ham o`z komponentlariga
ega. Bular: maqsad, obekt, subekt va vosita.
Pedagogik faoliyatning
maqsadi
asosan jamiyat tomonidan belgilanadi,
ya’ni uning faoliyati jamiyatning kelajagi bo`lmish yoshlarni har tomonlama etuk
shaxs sifatida tarbiyalashga qaratilmog`i lozim.
Pedagogik faoliyatning
Dostları ilə paylaş: