9-rasm. O’ljasini tutishga otlangan gepard
Yirtqichlar o’z o’ljasini ta’qib qilish va ularni ushlash paytida muayyan
energiya sarf etadi va ma’lum qarshilikka ham uchraydi. Bu esa, yirtqich
o’ljada o’ziga xos ekologik moslanishning shakllanishi va ayni organizmlar
guruhining progressiv evolyutsiyalanishiga sabab bo’ladi. Shu bilan birga,
o’ljada passiv himoya vositalari – bilintirmay qo’yadigan aks-soya,
chalg’ituvchi va ogohlantiruvchi rang, narsalarga va boshqalarga tahdid qilish,
himoya qalqoni, tikanlar va boshqalar vujudga kelgan. Bularning barchasi
tabiiy tanlashning natijasi hisoblanadi.
Yirtqichlarda o’ziga xos moslanishning belgisi – ularning keng ozuqa
spektriga ega ekanligidir. Buning asosida yirtqichlar alohida bir o’ljaga
bog’lanib qolmasdan, sharoitga qarab osonlikcha bir o’ljadan ikkinchisiga o’ta
oladi. Tabiatda yirtqichlar ovqatlanishi uchun imkoni boricha kam energiya
sarf etishga harakat qiladi. Shuning uchun ham bular son jihatdan ko’proq
bo’lgan va oson ovqatlanadigan, lekin biologik to’la qiymatli o’lja bilan
oziqlanadi. Oq ayiqlar xilma-xil jonivorlar bilan oziqlanadi: tyulenlar, baliqlar,
lemminglar (sichqonlar oilasiga mansub tur), oq tulki va boshqalarni ovlaydi.
Lekin bularning ichida u tyulenlar go’shtini xush ko’radi, ilvirslar esa
echkilarni bir necha soatlab poylab yotadi.
Yaqin vaqtlarga qadar yirtqichlarga zararli hayvonlar hisobida qaralar
edi. Buning natijasida qator yirtqich hayvonlar shavqatsiz qirib tashlanib,
tabiatga katta zarar etkazildi. Chunki, ular o’lja bo’lgan kasal zaif individlarni
populyatsiya tarkibidan tozalab katta foyda keltiradi va sanitar vazifani
bajaradi. Jumladan, hatto bo’rilarni shimol bug’ulari podalarining tez
ko’payishi va yashovchanligining ortishiga yordam berishi aniqlangan.
63
Yirtqichlar tabiiy tanlanishning borishini tezlashtiruvchi omillardan biridir.
Yirtqichlardan farqliroq parazitizm turning xo’jayinligi tor ma’nodagi
maxsus moslashganligidir. Masalan, odam askaridasi faqat odam ingichka
ichagida yashasa, ot askaridasi esa faqat otlardagina parazitlik qiladi. Chunki
parazitlar o’z xo’jayinidan faqat ozuqa manbai sifatidagina emas, balki undan
vaqtincha yoki doimiy yashash muhiti sifatida ham foydalanadi.
Parazitlar xo’jayin tanasida xavf-xatardan to’liq himoyalangan parazitlik
hayotiga moslashuv tufayli, ularda qator organlar reduktsiyalangan, morfo-
fiziologik
soddalashishga
sabab
bo’lgan.
Masalan,
tasmasimon
chuvalchanglarda ovqat hazm qilish sistemasi butunlay qisqarib ketgan, nerv
sistemasi ham reduktsiyaga uchragan. Shiralar o’simliklarning bargi, novdasi
va ildiz qismida parazitlik qilishi bilan birga, ular faoliyati natijasida ozuqa
o’simligining turli qismlarida hosil bo’lgan turli-xil gallar ichida ham hayot
kechirishga moslashgan. Bunday gallarning bahorda teraklar, qayrag’och
bargi va novdalarida ko’plab uchratish mumkin. Gallar ichidagi shiralar ancha
sodda tuzilgan, mo’ylablari 4 bo’g’imli, ko’zlari 3 fasetkali, kam harakatli
bo’ladi. Ularning hayoti uchun muhim sanalgan dum va shira naychalari
bo’lmasligi mumkin.
Tabiatda parazit-xo’jayn munosabati stabillashmagan taqdirda
parazitlar faoliyati juda xavfli bo’ladi. Tripanasomalar, antilopalar qonida
yashaganda, bu hayvonlarga umuman zarar keltirmaydi, lekin ular
antilopalardan tse-tse pashshalari orqali odamlarga o’tgach, ya’ni
transmissiya sodir bo’lgach o’ta xavfli, o’lim bilan tugallanuvchi uyqu
kasalligini yuzaga chiqaradi.
Shuningdek, tasodifan kelib qolgan zararkunandalar mahalliylariga
nisbatan qishloq xo’jaligi ekinlariga kuchli zarar keltiradi. Bu o’rinda kolorado
qo’ng’izi tipik misol bo’la oladi. O’z vatani – Shimoliy Amerikada yovvoyi
ituzumdoshlar bilan oziqlanadigan bu hasharot asrimiz boshlarida tasodifan
kartoshka bilan G’arbiy Evropaga olib kelinishi, ularning bu joylarda
ko’payishi, tez tarqalishi va kartoshkazorlarga jiddiy zarar keltirishiga sabab
bo’ldi. Respublikamizning kartoshkachilik xo’jaliklarida ham bu zararkunanda
ko’plab uchrab turadi. Keyingi yillarda Respublikaning qator tumanlarida
(Farg’ona, Namangan va b.) kartoshka dalalarida uning zarari sezilarli
bo’lmoqda.
64
Yirtqich-o’lja,
parazit-xo’jayin
munosabati
tabiatda
moddalar
almashinuvida va turlar sonining boshqarilishida muhim rol o’ynaydi. Paxta
dalalari va bog’larda zararkunanda hasharotlar sonini kamaytirib, boshqarib
turuvchi asosiy omillardan biri yirtqich va parazit organizmlarning
faoliyatidan boshqalari qulaygina foydalanishi mumkin. Bu organizmlar
o’rtasida kommensalizm – bir tomonlama foydali munosabat bo’lib, ikkinchi
organizmga umuman zarar etmaydi. Yirik yirtqichlarning o’lja qoldiqlari bilan
o’limtikxo’r qushlarning ovqatlanishi bunga misol bo’ladi. Keyinchalik
chumchuqsimonlar o’txo’r hayvonlar chiqindilaridan to’liq hazm bo’lmagan
donlarni topib eydi.
Dostları ilə paylaş: |