3
Mazkur o’quv qo’llanma oliy o’quv yurtlarining «biologiya», «ekologiya va
atrof muhit muxofazasi» yo’nalishlari magistr va talabalari uchun mo’ljallangan
bo’lib, Andijon davlat universiteti, zoologiya va biokimyo kafedrasi yig’ilishida,
Tabiiy fanlar fakulteti va universitet ilmiy kengashlarida muhokama qilingan
hamda chop etishga tavsiya etilgan.
Taqrizchilar:
Farg‘ona davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti dekani, b.f.d.,
dosent
I.I.Zokirov
Andijon davlat universiteti zoologiya va biokimyo kafedrasi dotsenti, b.f.n.
A.Ummatov
Hayvonlar ekologiyasi (o’quv qo’lanma)
A.Xusanov – Andijon. ADU, 2021. - 125 b.
ISBN 978-985-528-511-4.
Qo’llanmada hayvonlar ekologiyasi fani va uning bo’limlari, ekologiyada
foydalaniladigan
uslublar, fanning qisqacha tarixi,
vazifalari, Markaziy Osiyo olimlarining
tabiat
va ekologiyaga oid fikrlari, O’zbekistonda hayvonlar ekologiyasi fanining qisqacha
rivojlanish tarixi, hayvonlarning yashash
muhitlari va adaptatsiyalar, muhit omillarining
ta’sir
etishini umumiy qonuniyatlari, biologik maromlar, hayvonlarning
hayotiy shakllari,
populyatsiyalar ekologiyasi,
biotsenoz, biogeotsenoz va ekotizimlar hamda biosferada
hayvonlarning tarqalish chegaralari to’g’risidagi ma’lumotlar yoritilgan.