31
xarakterlanadi. Bir muhitning o‘zida har xil hayvonlar turlicha moslashgan
bo‘ladi. Krot oyoqlari bilan yerni kovlaydi, ko‘rsichqon
esa boshi va kuchli
kurak tishlari bilan yer tagidan yo‘l ochadi. Tyulen kurak oyoqlari, delfin esa
dum suzgich kanotlari yordamida suzadi. Har xil moslamalari borligi uchun
o‘simliklar chetdan ham changlanadi. Hujayra shirasida konsentrlangan qand
eritmasi borligi tufayli qarg‘atuyoq bilan ko‘k pereleskaning bahorgi nozik
nihollari noldan past temperaturaga ham chidaydi. Daraxt va butalarning past
bo‘yli va mayda bargli bo‘lishi, ildizlarining yuza joylashishi, bahor bilan yozda
o‘simliklarning juda tez rivojlanishi, bularning hammasida tundrada hayot
kechirishga moslashishning ta’siri bor. Ko‘payish
intensivligining har xil
bo‘lishi tur, uning populyasiyalari saklanishiga xizmat qiladigan muhim
moslanishdir. Nasli ko‘plab nobud bo‘ladigan turlar (parazit chuvalchanglar,
baliqlarning ko‘p turlari) eng ko‘p sonli nasl bersa, nasl uchun qayg‘urish
instinkti rivojlangan turlar kam sonli nasl beradigan bo‘ladi. Kolyushka degan
mayda baliq erkagi quradigan uyasiga atigi 120-150 dona uvildiriq tashlaydi,
urug‘langan uvildiriq va undan chiqqan chavaq baliqlarni erkagi qo‘riqlaydi.
Treska degan baliq esa 4 mln ga yakin uvildiriq tashlaydi,
lekin naslini
qo‘riqlamaydi.
Organizmlarda moslanishlar paydo bo‘lishi. Atrof-muhitning
konkret sharoitiga murakkab va xilma-xil moslanishlar paydo bo‘lishini
Darvin nazariyasi materialistik nuqtai nazardan tushuntirib beradi. Yashil
barglarda yashaydigan biror populyasiyaga mansub qurtlar tanasining
himoya rangi qanday paydo bo‘lganini ko‘rib chiqamiz. Ularning ajdodlari
boshqa rangda va barglar bilan oziqlanmagan bo‘lishi mumkin.
Qandaydir
biror hodisa tufayli ular yashil barglar bilan oziqlanishga majbur bo‘lgan, deb
faraz qilaylik. Doim ro‘y berib turadigan mutasiyalar tufayli bu hasharotlar
populyasiyalarining rangi bir xil bo‘lmagan, shuning uchun juda ko‘p kurtlar
ichida barglar orasida kamrok ko‘zga tashlanadigan och yashil tusli individlar
ham bo‘lgan. Yashash uchun kurashda tabiiy tanlanish ta’sirida asosan och
32
yashil tusli individlar yashab qolgan va nasl qoldirgan. Keyingi avlodlarda bu
prosess davom etgan, qurtlar tanasining rangi atrof-muhitning asosiy rangiga
tobora ko‘proq moslashib borgan. Mimikriya hosil bo‘lishini ham xuddi
shunday tushuntirish mumkin. Tanasining shakli, rangida,
xatti-harakatida
himoyalangan hayvonlarga o‘xshashlikni kuchaytiradigan kichik bir irsiy
o‘zgarishlari bo‘lgan individlar yashab ketish va nasl qoldirish uchun foydali
o‘zgarishlari bo‘lmagan individlarga karaganda ko‘prok imkoniyatga ega
bo‘lgan. Foydali o‘zgarishlar yashash uchun kurashda tabiiy tanlanish ta’sirida
avloddan-avlodga kuchayib borib, takomillashgan
va himoyalangan
hayvonlarga o‘xshashlik belgilarining to‘planishiga olib kelgan. Har bir
moslanish va ularning butun kompleksi bir kancha avlodlardagi yashash
uchun kurash va tanlanish prosessida irsiy o‘zgaruvchanlik asosida yuzaga
keladi. Organizmlarning moslashganligi evolyusiyani harakatlantiruvchi
kuchlarning mazkur yashash sharoitidagi ta’siri natijasidir.
Moslanishlar
paydo bo‘lishini tushuntirish uchun Darvin bergan izoh shu masala xususidagi
Lamark tushunchasidan tubdan farq qiladi. Hayvonlar tanasining rangi yoki
shaklini o‘zgartirishni «mashq qilgan» va shuning natijasida moslashib olgan,
deb
taxmin
kilib
bo‘lmaydi.
Organizmlarning
bir-biriga
o‘zaro
moslashganligini, masalan, ishchi asalarilar xartumining ular changlaydigan
gul tuzilishiga mos bo‘lishini ham bu bilan tushuntirib bo‘lmaydi: ishchi
asalarilar ko‘paymaydi, ona asalarilar esa garchi nasl bersa ham xartumini
«mashq qildira olmaydi», chunki ular guldan chang yig‘maydi.
Organizm
ularda faqat foydali irsiy o‘zgarishlar paydo bo‘lishi yo‘li bilan bevosita
moslashib oladi, degan nazariya pirovard natijada azaldan maqsadga
muvofiqlik to‘g‘risidagi tushunchalarga borib taqaladi. Bu nazariyaning
idealistik xarakterini Darvinning evolyusiyani harakatlantiruvchi kuchlar
to‘g‘risidagi ta’limoti asosida ochib berish mumkin.
Dostları ilə paylaş: