33
harakatlantiruvchi kuchlar ta’sirida qanday sharoitda yuzaga kelgan bo‘lsa,
xuddi shunday sharoitdagina organizmlar omon qolib, yashab ketishi uchun
imkon beradi. Lekin bunday sharoitda ham u nisbiy bo‘ladi. Oftob charaqlab
turgan qish kunida oq kaklik qorga tushgan soyasi bilan o‘zini sezdirib
qo‘yadi. O‘rmonda qorda ko‘zga chalinmaydigan oq quyon daraxtlar
tanasining qora fonida ko‘rinadigan bo‘lib qoladi. Hayvonlardagi instinktlarni
kuzatish bir qancha hollarda ular nisbiy ekanligini ko‘rsatadi. Tungi
kapalaklar, garchi nobud bo‘lsa ham, o‘zini olovga uradi. Ularni instinkt olovga
jalb qiladi: ular asosan tunda yaxshi sezilib turadigan ochiq rangli gullardan
nektar yig‘adi. Organning tor doirada ixtisoslashganligi organizmning
halokatiga sabab bo‘lishi mumkin. Uzun qanot qaldirg‘och tekis joydan
ko‘tarilib, uchib keta olmaydi, chunki uning qanotlari uzun va oyoklari juda
kalta bo‘ladi. U biror narsaning chetidan, xuddi tramplindan sakragandek
sakrasagina, uchib keta oladi. O‘simliklarning xayvonlarga yem bo‘lishiga
to‘sqinlik qiladigan moslanishlari nisbiydir Tikanaklar bilan ximoyalangan
o‘simliklarni, odatda, mollar chetlab o‘tadi, ammo yantoqni tuya, echkilar, och
qolgan qoramollar xush ko‘rib yeydi. Xar xil turlarga mansub
organizmlarning, masalan, suvo‘t bilan zamburug‘ning lishaynikda birga
yashashi-simbiozning foydasi ham nisbiydir. Ba’zan lishaynikning zamburug‘
iplari o‘zi bilan birga yashaydigan suvo‘tlarni nobud qiladi. Organizmlarda
foydasiz organ va belgilar uchraydi, masalan, otlarning grifel suyaklari, hech
qachon suvga tushmaydigan tog‘ g‘ozlarining barmoqlari orasidagi pardalar,
maymun va odamda bo‘ladigan uchinchi qovoq qoldiqlari shular
jumlasidandir. Mana shu va boshqa ko‘pgina faktlar moslanishlar mutlaq
bo‘lmay, nisbiy ekanligini ko‘rsatadi.
Dostları ilə paylaş: