Hayvonlar ekologiyasi андижон 2021


UDK 591.5 Andijon davlat universiteti, 2021



Yüklə 2,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/58
tarix28.11.2023
ölçüsü2,36 Mb.
#169124
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   58
Ўқув қўлланма 2021

UDK 591.5
Andijon davlat universiteti, 2021 
 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 25 dekabrdagi 
538 – sonli buyrug‘iga asosan nashrga ruxsat etilgan.
 
 



 
KIRISH 
Ushbu o’quv qo’llanma
professor Madaminbek Hotamovich Ahmedovning
yorqin xotirasiga bag’ishlanadi 
 
Hayvonot dunyosi biosferaning tarkibiga kirib, ekologik tizim 
zanjirining ajralmas qismi hisoblanadi. Ular tabiatda modda almashinuvi 
jarayonining zaruriy komponenti bo’lib, tabiiy jamoalarning faoliyat 
ko’rsatishini, tabiiy muhitning boshqa elementlari – tuproq unumdorligi, 
o’simlik qoplamining shakllanishini ta’minlaydi. 
Oxirgi ma’lumotlarga ko’ra O’zbekiston faunasi tarkibiga 15 mingdan 
ziyod umurtqasiz hayvonlar, 714 turdagi umurtqali hayvonlar, jumladan, 107 
tur sut emizuvchilar, 467 tur qushlar, 61 tur sudralib yuruvchilar, 76 tur 
baliqlar va 3 tur amfibiyalar kiradi. 
Hayvonot dunyosini muhofaza qilishda qo’riqxonalar, zakazniklar 
(buyurtmaxonalar) va “Qizil Kitob”ning ahamiyati katta bo’lib, O’zbekiston 
“Qizil Kitobi”ning I-nashriga hayvonlarning 187 turi kiritilgan bo’lsa, uning II-
nashriga 206 tur kiritildi. 
Keyingi yillarda Respublikamizda muhofaza qilinishi lozim bo’lgan 
hayvonlar va o’simliklar turlariga alohida e’tibor qaratilib muhofaza chora-
tadbirlari ishlab chiqilmoqda. 
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda barcha jabhalar qatorida 
hayvonot dunyosini muhofaza etish, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish 
va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasida to’laqonli huquqiy-
me’yoriy baza yaratildi. Xususan, 1997 yili qabul qilingan O’zbekiston 
Respublikasining «Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish 
to’g’risida»gi qonuni mamlakatimiz hududidagi hayvonot olami, shu jumladan, 
ko’chib yuruvchi yovvoyi hayvonlar populyatsiyalarini muhofaza qilish, 
ulardan oqilona foydalanish va qayta tiklash, shuningdek, yovvoyi 
hayvonlarning yashash muhitini saqlab qolish sohasidagi munosabatlarni 
tartibga soladi.
2016 yil 24 avgustdagi “O’simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish 
va undan oqilona foydalanish” to’g’risidagi, yangi tahrirdagi qonun Senat 
tomonidan tasdiqlandi. Ushbu qonunning maqsadi hayvonot va o’simliklar 



dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi munosabatlarni 
tartibga solishdan iborat.
Shu bilan birga, o’tgan davr mobaynida O’zbekiston biologik xilma xillikni 
saqlash nuqtai nazaridan xalqaro munosabatlarni integratsiyalashish 
maqsadida, bir qator muhim xalqaro ekologik normativ-huquqiy hujjatlarga 
qo’shildi. Ular qatoriga «yo’qolib ketish xavfi ostidagi yovvoyi fauna va flora 
turlari bilan xalqaro savdo qilish to’g’risida»gi (CITES); «Yovvoyi 
hayvonlarning ko’chib yuruvchi turlarini muhofaza qilish to’g’risida»gi; 
«Asosan suvda suzuvchi qushlar yashash joylari sifatida xalqaro ahamiyatga 
ega bo’lgan suv-botqoq joylari to’g’risida»gi konventsiyalarni, hamda Afrika-
Yevroosiyoning ko’chib yuruvchi suv-botqoq qushlarining muhofazasi 
bo’yicha bitimlarni kiritish mumkin. 
Ta’kidlash joizki, O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi,
“Tabiatni muhofaza qilish to’g’risida”gi, “Ta’lim to’g’risida”gi qonunlari, 
shuningdek, boshqa qator hujjatlar ekologik ta’lim-tarbiya tizimining huquqiy 
asosini tashkil etadi. Jumladan, “Tabiatni muhofaza qilish to’g’risida”gi 
O’zbekiston Respublikasi Qonunining 4-moddasida tabiatni muhofaza qilish 
maqsadlariga erishish uchun barcha turdagi ta’lim muassasalarida ekologiya 
fanini o’qitishning majburiyligini ta’minlash mustahkamlab qo’yilgan. Bu esa, 
“Hayvonlar ekologiyasi” kursining oliygoh talabalariga o’qitilishi ham bir 
tomondan Davlat ta’lim standartlarining bajarilishi bo’lsa, ikkinchi tomondan, 
tabiatdan oqilona foydalanishni va tabiatni muhofaza qilish sohasiga doir 
huquqiy normalarning amaliy ijrosi sanaladi.
Ushbu havola etilayotgan mazkur qo’llanmani yaratish g’oyasi dastlab 
taniqli zoolog olim, professor M.H.Ahmedov tomonidan ilgari surilgan. O’quv 
adabiyoti u kishining shogirdlari tomonidan nihoyasiga etkazilib
o’quvchilarga taqdim etilmoqda.
Unda hayvonlar ekologiyasining fan sifatida shakllanishidan tortib to 
autoekologiya, sinekologiya hayvonlarning asosiy yashash muhitlari, biotoplar 
bo’yicha taqsimlanishi, ularga moslanishlari, populyatsiyalar ekologiyasi, 
biotsenoz, biogeotsenoz va ekotizimlar hamda biosferada hayvonlarning 
tarqalish masalalari xususida so’z yuritilgan. 
Risola biologiya va ekologiya sohasida ta’lim olayotgan talabalarga, 
magistrantlar, ilmiy va amaliyot xodimlariga mo’ljallangan.



Muallif hamkasblarni risola haqida bildirgan qimmatli fikr-mulohazalarini 
samimiyat bilan qabul qiladi, zero ularning barchasi keyingi tadqiqotlarga ijobiy 
yo’nalish berishi shubhasiz. 

Yüklə 2,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin