Hayvonlar ekologiyasi андижон 2021


Hayvonlar ekologiyasi fanining vazifalari



Yüklə 2,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/58
tarix28.11.2023
ölçüsü2,36 Mb.
#169124
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   58
Ўқув қўлланма 2021

 
Hayvonlar ekologiyasi fanining vazifalari 
 
Hayvonlar ekologiyasi fani har bir tarmoq yo’nalishida muayyan 


23 
maqsadga yo’naltirilgan muammolar echimini topishi zarur.
Hayvonlar ekologiyasi fanining amaliy vazifasi, eng avvalo, O’zbekiston 
hayvonot dunyosini o’rganish, ulardan va biologik xilma-xillikni saqlash 
borasidagi umumbashariy, mintaqaviy va mahalliy muammolarni hal etishda 
o’z ifodasini topadi. 
Chorvachilikda qishloq xo’jalik hayvonlarini sermahsul zotlarini 
yaratish va iqlimlashtirish, ularni turli kasalliklardan himoya qilishning ilmiy 
asoslarini ishlab chiqish, chorvachilik maxsulotlariga bo’lgan inson 
ehtiyojlarini to’laroq qondirish borasidagi tadqiqotlarni kengaytirish zarur.
Yovvoyi va uy hayvonlarining tabiiy biotsenozlarning ta’sirini o’rganish, 
biotsenozlar mahsuldorligi va barqarorligini saqlash eng dolzarb vazifalardan 
sanaladi.
Qishloq xo’jalik zararkunandalarining tur tarkibini, ularning turli 
mintaqalar sharoitidagi ekologik xususiyatlarini qiyosiy tahlil etish, 
zararkunandalar populyatsiya zichliklarining mavsumiy va ko’p yillik 
o’zgarishlarini o’rganish, populyatsiya sur’atlari o’zgarishdagi o’ziga xos 
davriylik qonuniyatlarini o’rganish asosida yillik va kelajak bashoratini, ularga 
qarshi atrof-muhit va insonlar uchun xavfsiz kurash choralarini ishlab chiqish, 
biologik kurash usulini keng joriy etish amaliy ekologiyaning kundalik 
vazifalaridandir. 
Baliqchilikni rivojlantirishda baliqlarning rivojlanishi, o’sishi va davriy 
ko’chishlarini o’rganish, suv havzalari va ayniqsa, hovuz baliqchiligi 
mahsuldorligini oshirishning ekologik echimini topish va amaliyotga tadbiq 
etish zarur.
Ovchilikni xo’jalik sohasiga o’tish, ovlanadigan hayvonlarning tabiiy 
zahiralarini o’rganish, miqdor zichliklaridagi mavsumiy va yillik o’zgarishlarni 
aniqlash asosida, rejali ovlashga oid ekologik qoidalarni ishlab chiqish hamda, 
ularni amalga oshirish taqozo etiladi. 
Biologik xilma-xillikni saqlash va boyitish maqsadida ayrim turlarni 
iqlimlashtirish masalalarini hal etish zarur. 
Tibbiyot va veterinariya zoologiyasi (ekologiyasi) oldida turli 
kasalliklarni keltirib chiqaruvchi hayvonlarni o’rganish va ularga qarshi 
samarali kurash usullarini ishlab chiqish vazifasi turadi.
Keyingi yillarda atrof-muhitning texnogen va geokimyoviy ifloslanishi 


24 
darajasini bioindikatsiyasiga alohida e’tibor berilmoqda. Unga muvofiq atrof-
muhit ifloslanishiga o’ta sezgir hayvon turlarini aniqlash, ularda ro’y bergan 
morfologik, fiziologik va ekologik o’zgarishlar asosida ifloslanish darajasini 
tahlil etish, bashorat qilish qonuniyatlarini ishlab chiqish hozirgi kunning eng 
dolzarb muammolari sirasiga kiradi. Yangi erlarni o’zlashtirish antropogen 
ta’sir natijasida faunaning o’zgarishi, agrotsenozlarni tiklanishi va shakllanishi 
xususiyatlarini tadqiq etish asosida ushbu masalalarning nazariy va amaliy 
echimlarini topish taqozo etiladi.


25 

Yüklə 2,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin