Hayvonlar ekologiyasi андижон 2021


Hayvonlar ekologiyasining qisqacha tarixi



Yüklə 2,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/58
tarix28.11.2023
ölçüsü2,36 Mb.
#169124
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   58
Ўқув қўлланма 2021

Hayvonlar ekologiyasining qisqacha tarixi 
Insoniyat tarixining ilk davridanoq kishilar hayvonlar hayoti bilan 
qiziqib ularning xilma xilligiga e’tibor qaratgan Yashash sharoitlari haqidagi 
tasavvurlarga ega bo’lganlaridan so’ng, domestikatsiya ishlari bilan 
shug’ullanganlar. Qadimgi odamlarning ov qurollarini topilishi va g’orlardagi 
sur’atlarini o’rganish yuqoridagi fikrlarni tasdiqlaydi. 


13 
Hayvonlar to’g’risidagi dastlabki ma’lumotlar miloddan avvalgi VI-II 
asrlarga oid Misr, Xitoy, Hindiston va Yunon qo’lyozmalarida uchraydi. Hind 
epik poemasi “Ramayana” va “Mahabxorat” rivoyatlarida 50 ga yaqin 
hayvonlarning yashash tarzi, fe’l-atvorlari va miqdori haqida qimmatli 
ma’lumotlar keltirilgan. “Bxagvata Parana” kitobida xavfli kasalliklar 
tarqalishida yovvoyi hayvonlarning ahamiyati yoritilgan. Antik davrda 
yashagan faylasuflarning ilk ilmiy asarlarida hayvonlarning turli tumanligi, 
xulq-atvori baliqlar, qushlarning ko’chib yurishlariga oid ma’lumotlar 
keltirilgan. 
Zoologiya fanining asoschisi eramizdan avvalgi 384-322 yillarda 
yashagan yunon olimi Aristotel hisoblanadi. U o’z asarlarida 452 tur 
hayvonning tuzilishi, hayot kechirishi va tarqalishi to’g’risidagi ma’lumotlarni 
yozib qoldirgan. “Hayvonlarning paydo bo’lishi” asarida oldin zoofitlar, keyin 
hayvonlar rivojlangan, o’z tuzilishiga ega bo’lgandan so’ng, shaxsiy xossa 
namoyon bo’ladi deb ta’kidlagan. 
Qadimgi rim tabiatshunosi Gay Pliniy (miloddan so’ng 23-79 yillar) 
“Tabiat tarixi” asarida o’sha davrda ma’lum bo’lgan barcha hayvonlarni 
ta’riflab, ularning ekologiyasiga oid kuzatish natijalarini ham bayon etgan. 
Uyg’onish davrlarigacha, jumladan, o’rta asrlarda ham zoologiya va 
ekologiyaning rivojlanishida aytarli siljish bo’lmadi. Faqatgina uyg’onish 
davridan so’ng, XV-XVI asrlarga kelib tabiiy fanlarni rivojlanishi zoologiyaga 
ham o’z ta’sirini ko’rsatdi. Buyuk geografik kashfiyotlar (Xristofor Kolumb, 
Marko Polo, Magellan va boshqalar) tufayli dunyoning turli mamlakatlarida 
hayvonlarga oid boy materiallar to’plandi. Shu davrda Shveytsariyalik vrach 
va naturalist K.Gesnerning (1516-1565) “Hayvonlar tarixi” asari paydo bo’ldi. 
XVII-XVIII asrlardagi ekologik ma’lumotlar mavjudotlarning ayrim guruhlarini 
o’rganishga yo’naltirilgan edi. Karl Linney (1707-1778) tomonidan o’simliklar 
dunyosining zamonaviy sistematikasiga asos solindi. J.Byuffon (1702-
1788)ning ishlarida esa, hayvonlarning tuzilishiga tashqi muhitning ta’siri 
masalasi talqin qilindi. O’simlik va hayvonlarning evolyutsion o’zgarishida eng 
muhim omil tashqi muhit ta’siri ekanligi bilan birga J.B.Lamark (1774-
1829)ning “Zoologiya falsafasi” asarida deistik ma’lumotlarni ham ilgari surdi. 
K.F.Rule (1814-1858) hayvonlarning yashash tarzi, tashqi muhit bilan 
o’zaro munosabatlari va moslanish hisoblarini o’rganish zarurligini keng 


14 
targ’ib qildi. Uning asarlarida hayvonlar hayotidagi maromlar, mavsumiy va 
yillik o’zgarishlar va ularning yashash tarzi, tarqalishi va boshqa ekologik 
xususiyatlariga oid ma’lumotlar keltirilgan. Ch.Darvin (1809-1882) 
“Turlarning tabiiy tanlanish yo’li bilan kelib chiqishi” asarida tabiatdagi 
yashash uchun kurash – tur bilan muhit o’rtasidagi har qanday qarama-
qarshiliklarning ko’rinishlari tabiiy tanlanishga olib keladi deb, 
evolyutsiyaning harakatlantiruvchi kuchlarini (o’zgaruvchanlik, irsiyat, 
yashash uchun kurash va tabiiy tanlanish) xarakterlab, evolyutsion ta’limotga 
asos soldi. 
1866 yilda nemis biologi E. Gekkel “Ekologiya” atamasini ilk bor qo’lladi, 
1877 yilda esa nemis gidrobiologi K.Myobius biotsenozlar yoki tabiiy jamoalar 
haqidagi tushunchani izohlab berdi. XX asrning boshlarida gidrobiologiya, 
fitotsenologiya, botanika, zoologiya sohalarida o’ziga xos maktablar 
shakllandi. Shu davrdan boshlab, o’simliklar ekologiyasi, hayvonlar 
ekologiyasi va umumiy ekologiya mustaqil fan sifatida e’tirof etildi.
1913 yilda Ch.Adamsning “Hayvonlar ekologiyasiga oid”, V.Shelfordning 
“Quruqlik 
hayvonlari 
jamoalari” 
haqidagi 
va 
S.A.Zernovning 
“Gidrobiologiya”ga oid maxsus jurnallari ta’sis etildi. 
1930-40 yillarga kelib K.Frideriks, F.Bodengiylar va boshqalarning 
ekologiyaning umumiy qonuniyatlari tahliliga bag’ishlangan ishlari e’lon 
qilindi. 
Umumiy ekologiyaning rivojlanishida D.N.Kashkarovning ilmiy 
tadqiqotlari alohida ahamiyatga ega. Uning “Muhit va jamoa” mavzusida 
Markaziy Osiyo universitetida o’qigan ma’ruzalarida, keyinchalik “Hayvonlar 
ekologiyasi asoslari” nomi bilan dastlabki darslik sifatida bosmadan chiqdi va 
“ekologiya maktabi” shakllandi.
1930-yillarda ekologiyaning yangi bir tarmog’i sifatida populyatsiyalar 
ekologiyasi yuzaga keldi. Ingliz ekologi Ch. Elton “Hayvonlar ekologiyasi” 
kitobida populyatsiya ekologiyasining asosiy yo’nalishlari, maqsad va 
vazifalarini ta’riflab berdi. 
Populyatsiya ekologiyasiga oid tadqiqotlar ko’lamining kengayishida 
S.A. Severtsov, S.S. Shvarts, N.P. Naumov, G.A. Viktorov xizmatlari alohida o’rin 
tutadi.
Populyatsiyalarni batafsil o’rganish har bir turning biotsenozdagi o’rni 


15 
va ahamiyatini talqin etishga imkon berdi. Ushbu yo’nalishda olib borilgan 
izlanishlarning samarasi sifatida “ekologik tokchalar” kontseptsiyasi yaratildi 
(J.Grinnel, Ch.T. Elton, R. Makartur, D.Xatchinson, G.F.Gauze). 
Hayvonlarning morfologik va evolyutsion ekologiyasini rivojlanishida 
M.S.Gilyarov, S.S.Shvartslarning qo’shgan hissasi katta bo’ldi.
40-yillarda tabiiy ekotizmlarni o’rganishda yangi, o’ziga xos yo’nalish 
shakllandi. Ingliz ekologi A.Tensli (1935) ekotizim tushunchasini fanga kiritdi, 
V.N.Sukachev (1942) esa biogeotsenoz haqidagi ta’limotni asosladi. 
50-yillarning boshlarida G.Odum, Yu.Odum, R.Uitekker, R.Margalef va 
boshqa olimlar biologik mahsuldorligining nazariy asoslarini yaratdilar. 
Ekotizmlar va biogeotsenozlarni o’rganish borasidagi tadqiqotlarning 
kengayishi XX asrda biosfera haqidagi ta’limotni vujudga kelishi uchun asos 
bo’ldi. Bu o’rinda rus olimi V.I.Vernadskiyning xizmatlari beqiyosligi bilan 
ajralib turadi. 
Hozirgi davrda ekologiya eng jadal rivojlanayotgan fanlardan biri, zero, 
u tabiatdan oqilona foydalanish va uni muhofaza qilishning nazariy asosi 
sifatida muhim amaliy ahamiyat kasb etadi.

Yüklə 2,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin