Hayvonlar ekologiyasi андижон 2021



Yüklə 2,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/58
tarix28.11.2023
ölçüsü2,36 Mb.
#169124
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   58
Ўқув қўлланма 2021

Muallif



 
1-BO’LIM. HAYVONLAR EKOLOGIYASI FAN SIFATIDA 
Ekologiya fani va uning bo’limlari 
 
Organizm va muhit o’rtasidagi o’zaro munosabatlarni barcha biologiya 
fanlari ma’lum yo’nalishda talqin etsa-da, ekologiya fani esa mavjudotlarni 
yashash muhiti bilan bo’lgan o’zaro munosabatlari majmuida batafsil va 
atroflicha o’rganadi hamda tahlil etadi. Shuning uchun ham grekcha “esos” 
yoki “oіkos” - uy, uya, yashash joyi, “logos”- bilim, ta’limot, fan degan ma’noni 
beradi. 
Ekologiya tirik organizmlarning yashash sharoitlari, ularning o’zi 
yashab turgan muhit bilan o’zaro murakkab, keng qamrovli munosabatlarini 
va shu asosda vujudga kelgan qonuniyatlarni o’rganadi. «Ekologiya» 
tushunchasi nemis biologi E.Gekkel tomonidan fanga 1866 yilda kiritilgan va 
uning «Genegelle Mogrhologіe der Organіzmen» asarida ilk marta qo’llanilgan. 
Ekologiya organizmlarning yashash muhiti bilan bo’lgan bevosita 
munosabatlarinigina o’rganib qolmay, balki mazkur munosabatlarning tarixiy 
shakllanishi asosida: 
- organizmlarning yashash muhitiga xususiy hamda tarixiy 
moslanishi; 
- tur ichidagi munosabatlar, organizmlarning ko’payishi, tarqalishi va 
yashash tarzi, shuningdek miqdor zichliklarining o’zgarishi; 
- populyatsiyalarning o’ziga xos xususiyatlari va strukturasining turli 
ekosistemalar ozuqa zanjiri hamda funktsiyalanishida alohida turlarning 
o’rnini va ahamiyatini ham o’rganadi. 
Organizmlar populyatsiyalar bilan bog’liq, turlar miqdor zichligining 
o’zgarishini tahlil etish, uning tarkibini o’rganish imkonini beradi. 
Populyatsiyalar, turlar, biotsenozlar, biogeotsenozlar, ekotizimlar va biosfera 
tushunchalari ekologiya fanining tayanch manbaini tashkil etadi. 
Umumiy ekologiya 4 bo’limdan iborat: autoekologiya, populyatsiyalar 
ekologiyasi, sinekologiya va biosfera. 
Autoekologiya (Schroter, 1896) yakka – tur individlarining atrof muhit 
bilan o’zaro munosabatlarini o’rganadi. Organizmlarning ekologik omillarga 
bo’lgan talabi, chidamlilik darajasi, ulardagi morfologik, fiziologik 



moslanishlarni va fe’l-atvor reaktsiyalarini tahlil etadi. 
Populyatsiyalar ekologiyasi (Schwertfeger, 1963) populyatsiyalar 
tuzilmasi, dinamikasi yoki sur’atlarini, turlarning miqdor zichliklarini vaqt 
birligida (sutkalik, mavsumiy, yillik) o’zgarishini va bu holatning sabablarini 
talqin etadi. 
Sinekologiya (Games, 1918) biogeotsenozlardagi ko’pchilik turlarning 
o’zaro, 
shuningdek 
organizmlarning 
atrof-muhit 
bilan 
bo’lgan 
munosabatlarini o’rganadi. “Biotsenologiya” atamasi amalda sinekologiyaning 
sinonimi hisoblanadi. 
Biosfera 
(Zyuss, 
1875) 
– 
tirik 
organizmlarning 
tarqalish 
“sferasi”sayyoramizda tarqalgan organizmlar, ya’ni er qobig’idagi mavjudotlar 
tizimi. Ekotizimlarni tadqiq qilishning kengayishi va rivojlanishi biosfera 
haqidagi ta’limotni shakllanishiga olib keldi. Vernadskiy (1926) biosfera 
ta’limotini asosladi. 
Ekologiyaning mazkur omillari organizmlarni turli darajada (yakka, 
populyatsiya va jamoa) yashash muhiti bilan bo’lgan munosabatlari 
qonuniyatlarini talqin qilish imkoniyatini beradi. Uning boshqa bo’limlari 
biosfera doirasida dengiz, quruqlik va chuchuk suv ekotizimlarini tadqiq etadi. 
Ekologiyani o’simlik va hayvonlar ekologiyasiga ajratish bir muncha 
shartli bo’lib, qator umumbiologik yo’nalishlar ikkalasi uchun ham xosdir. 
Shu bilan birga, hayvonlar ekologiyasi fani zoologiya tarkibidagi 
mustaqil fan sanaladi. O’z navbatida, hayvonlar ekologiyasi bir qancha 
bo’limlarga ajraladi: a) suv hayvonlari ekologiyasi – gidrobiologiya; b) 
tuproqda yashovchi hayvonlar ekologiyasi yoki pedobiologiya; v) quruqlik 
hayvonlari ekologiyasi; g) parazit turlar ekologiyasi – parazitologiya (1-
jadval). 

Yüklə 2,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin