2-BO’LIM. AUTOEKOLOGIYA.
HAYVONLARNING YASHASH MUHITLARI VA ADAPTATSIYALAR.
Hayvonlarning yashash muhitlari hilma-xil bo’lib, undagi shart-
sharoitlar o’ziga xos va o’zgaruvchanligi bilan ajralib turadi. Barcha
mavjudotlar kabi hayvonlar ham nafaqat o’zaro, balki muhit omillari bilan
doimiy mustahkam aloqada bo’ladi. Hayvonlar hayoti davomida muhitning
o’zgaruvchan sharoitlariga doimo moslashib boradi, va o’zining hayotiy
jarayonlarini muvofiqlashtiradi.
Hayvonlar shart-sharoitlari bilan keskin farqlanadigan to’rt xil yashash
muhitida tarqalgan. Ular dastlab suvda, keyinchalik quruqlik va havoda
yashashga moslashgan, sekin asta tuproqni ham egallagan, ma’lum bir
guruhlari esa, organizm tanasida parazitlikka yoki simbiotik hayot kechirishga
ixtisoslashgan.
Hayvonlarning muhit omillariga moslanishi ularning adaptatsiyasi deb
nomlanadi. Adaptatsiya tiriklik uchun xos bo’lgan murakkab xususiyatlardan
biri. Uning mahsuli sifatida hayvonlarning yashovchanligi ko’payishi va
rivojlanishlari turli darajada yuzalanadi. Adaptatsiya hujayra darajasidan
boshlab, hayvonlarning fe’l-atvorida, jamoalar, ekosistemalarning shakllanishi
va barqarorligida o’z ifodasini topadi. Evolyutsiya jarayonida organizmlar
adaptatsiya xususiyatlari yuzalanibgina qolmay, balki u o’zgarib ham boradi.
Organizmlarga ta’sir etuvchi muhitning bir qismi yoki xususiyati
ekologik omillar deb nomlanadi. Ekologik omillar turlicha bo’lishi va ular
organizmlarga ijobiy yoki salbiy ta’sir etishi mumkin. Ularga,
1. Abiotik
2. Biotik
3. Antropogen omillarni kiritish mumkin.
Abiotik omillarga yorug’lik, harorat, namlik, iqlim joyining rel’efi,
tuproqning mexanik, kimyoviy va fizik xossalari, radioaktiv nurlanish, bosim,
suvning sho’rlanganligi, shamol va oqim kiradi. Bularning barchasi
hayvonlarga to’g’ridan-to’g’ri yoki bevosita ta’sir etadi.
Biotik omillar barcha mavjudotlar o’rtasidagi murakkab munosabatlar
va o’zaro aloqalarning majmuidir (mutualizm, parazitizm, kommensalizm va
26
boshq.). Har bir oranizmga boshqa mavjudotlar bevosita va bilvosita o’z
ta’sirini o’tkazadi. Organizmlar o’rtasidagi biotik munosabatlar biotsenoz va
populyatsiyalarning barqarorligini ta’minlovchi eng asosiy omil hisoblanadi.
Antropogen omil – inson faoliyatining barcha yo’nalishidagi ko’rinishi.
Insoniyat ijtimoiy-tarixiy taraqqiyoti davomida tabiatga o’zining ijobiy yoki
salbiy ta’sirini o’tkazib kelgan. Bu jarayon keyingi yuz yillikda kuchayib borib,
tabiatning butunlay o’zgarishiga sabab bo’ldi. Hozirgi kunda zamin tabiati,
o’simlik va hayvonot dunyosining taqdiri kishilik jamiyati – antropik omil
faoliyatiga bog’lanib qolgan.
Alohida olingan omilning har biri turli hayvonlarga o’ziga xos ta’sir
ko’rsatadi. Masalan, kuchli shamol ochiqlikda yashovchi yirik hayvonlarga
noqulaylik tug’dirsa-da, lekin uning kuchi uyalarida yashirinib yotgan mayda
jonivorlar uchun umuman sezilarsiz bo’lishi mumkin.
Qator omillar uzoq davr mobaynida o’zgarmaslik xususiyatiga ega.
Jumladan, erning tortishish kuchi, quyosh, dengiz va okeanlarning tuz tarkibi,
atmosfera xossasi turlarning uzoq muddatli tarixiy-evolyutsion jarayonida
ham nisbatan doimiylik xususiyatini saqlab qolgan. Harorat, namlik, yorug’lik
kuchi, yong’inlar, shamol kabi omillar esa vaqt va fazoda o’zgarishda bo’ladi.
Har bir omilning o’zgaruvchanlik darajasi hayvonlarning yashash muhitiga
bog’liq. Masalan; harorat kuchi quruqlikda o’zgarib tursada, okean va
dengizlar tubi, g’orlarda deyarli o’zgarmaydi. Parazitlar uchun xo’jayin
organizmi kafolatli ozuqa manba hisoblansa, yirtqichlar hayoti, aksariyat
hollarda miqdor zichligiga bog’liq bo’ladi. Muhit sutkalik, mavsumiy ob-
havoning o’zgaruvchanligi, shuningdek, tabiiy ofatlar – bo’ron, er silkinishlari
va siljishlari, suv toshqinlari natijasida muhit omillari kutilmagan holda
tartibsiz o’zgaradi.
Muhit omillari ma’lum vaqt davomida, ba’zida uzoq davr mobaynida
ma’lum yo’nalishdagi o’zgarishda bo’ladi. Jumladan, keyingi yillarda atmosfera
tarkibidagi karbonat angidrid ulushi ortib bormoqda, natijada Er yuzasining
harorati 100 yil ichida 0,5-1
0
C ga ortdi. Ushbu holat shu zaylda davom etsa, XX
asrga kelib, bu ko’rsatkich yana 1,5-4,5
0
S ga ko’tarilishi mumkin. Muhit
omillari hayvonlarga qo’zg’atuvchi, chegaralovchi, muvofiqlashtiruvchi va
ogohlantiruvchi kuch sifatida o’z ta’sirini o’tkazadi. Muhit natijasida hayvonlar
organizmida borayotgan fiziologik va biokimyoviy jarayonlar sharoitga mos
27
ravishda
o’zgarib
bir
maromda
mutanosiblashadi.
Omillarning
chegaralovchanlik kuchi ayni sharoitda hayvonlar yashashi uchun noqulay
vaziyatni yuzaga keltiradi. Hayvonlardagi anatomik va morfologik
moslanishlar muhit omillarining muvofiqlashtiruvchi modifikatsiyalovchi
ta’sirining mahsulidir. U yoki bu omil signal sifatida boshqa omillarning
o’zgarishidan darak beradi, ogohlantiradi.
Dostları ilə paylaş: |