34
nurlar, 0.40-0.75 Nm li ko’rinadigan oq nurlar va 0.75-1.0 Nm li infraqizil
nurlar).
Yorug’lik hayvonlarning ko’rishi, tevarak atrofni ilg’ashi, fazoda mo’ljal
olishida asosiy rolni o’ynaydi. Hayvonlar ko’zlari orqali tashqi olam haqidagi
axborotni qabul qiladi va unga tegishli javob reaktsiyasini qaytaradi.
Hayvonlardagi ko’rish organlarining mukammallashuvi
evolyutsiya jarayoni
bilan hamohang ketgan. Ko’rish va uning qamrovi ayni guruh hayvonlarning
evolyutsion rivojlanish darajasiga bevosita bog’liq bo’ladi. Umurtqasizlardagi
eng sodda ko’zlar yorug’likni oddiygina ilg’ash organlari bo’lsa, sodda
hayvonlarda bu tsitoplazmaning bir qismi sifatida shakllangan. Yorug’likni
qabul qilish ko’rish pigmentlarining o’zgarishi, ya’ni fotokimyoviy reaktsiyalar
hisobiga amalga oshadi. Ayrim sodda tuzilgan ko’zlar yorug’lik to’lqinlarining
o’zgarishlaridangina (masalan, kun va tun almashinishi) dalolat beradi.
Mukammal ko’rish jarayoni murakkab darajada tuzilgan ko’zlargagina
xos xususiyatdir.
Nisbatan sodda tuzilganligi bilan ajralib turuvchi o’rgimchak ko’zlari
atrofidagi narsalarni 1-2 sm masofadangina payqay oladi. Eng yuqori darajada
tuzilgan ko’zlar umurtqalilarda, boshoyoqli mollyuskalarda va hasharotlarda
bo’ladi. Hasharotlardagi murakkab ko’z
va uning ahamiyati orqali
predmetlarning shaklini, rangini, joylanish uzoqligini farqlay oladi. Baliqlarda
teleskopik ko’rish, amfibiyalarda harakatdagi narsani ko’rish, qushlarda 1 km
dan ham, 1 sm dan ko’rish orqali narsa va buyumlarni farqlash mavjud.
Mukammal ko’rish insonlarga, primatlarga, ayrim qushlar – lochin,
boyo’g’li, burgutlar va tasqaralarga xos. Odam va primatlarda:
- bir vaqtda 2 ko’z bilan qarash;
- predmet rangini, shaklini aniq ajratish;
- ungacha bo’lgan masofani aniq hisoblash xos.
Murakkab darajada tuzilgan ko’zlarning sezgirlik imkoniyati ham yuqori
bo’ladi. Qorong’ulikka moslashgan inson ko’zlari 5 kvant jadallikdagi
yorug’likni
qabul qila oladi, bu esa ulardagi fizikaviy imkoniyat chegarasini
ham belgilaydi. Hayvonlarning yorug’lik spektridagi ranglarni ajrata olish
imkoniyati turlicha. Insonlar qizil, zarg’aldoq, yashil, ko’k-yashil, ko’k-binafsha
ranglarni ajratadi. Ular ultrabinafsha va infraqizil nurlarni payqay olmaydi.
Ayrim hayvonlar (kalmarlar, ilonlar) yorug’lik spektridagi infraqizil nurlarni
35
osonlik bilan ajratadi va qorong’ulikda ham o’z o’ljasini bemalol topa oladi.
Asalarilar ko’zga ko’rinmas ultrabinafsha nurlarni payqasa-da, qizil ranglarni
ajrata olmaydi.
Ko’pchilik hasharotlarning tinim davridan chiqib faol hayot kechirishiga
o’tishi yorug’lik kuchiga va haroratga bog’liq bo’ladi. May qo’ng’izi
(
Melolontha hippoicastani)ning g’umbakdan
chiqishi quyoshning botishi
soatiga to’g’ri keladi va bu muddat bahordan yozga tomon sekin asta kechikib
boradi. Kunlik hasharotlardan
Oligoneuriella rhenana havo harorati Q15
0
S
bo’lib, kun botayotgan paytda uchib chiqadi. Uning rivojlanishida yorug’lik va
harorat o’rtasidagi mutanosiblik muhim ahamiyatga ega. Yorug’lik kuchining
o’zgarishi hayvonlarning fe’l-atvor reaktsiyalariga ham ta’sir qiladi. Masalan,
kun tig’iga kelganda cho’l agamasi yulg’un, saksovul kabi butalarining yuqori
yaruslariga chiqib olib jon saqlaydi. Harakatda bo’ladigan hayvonlar o’ziga joy
tanlashda yoritilish darjasini ham hisobga oladi. Kecha-kunduz davomidagi
faollik uchun ma’lum darajadagi yorug’lik talab etiladi. Hayvonlar kunduzgi,
tungi, g’ira-shirada faol hayot kechiruvchilar ekologik guruhlariga ajraladi.
Ularning
faolligi mavsumga, iqlim sharoitlari va yorug’lik jadalligiga qarab
o’zgarishi mumkin. Masalan, cho’l va chala cho’l mintaqalarida yashovchi
yumronqoziqlar ertalab va kechki paytlarda aktiv faoliyatda bo’ladi, kunduzgi
paytda uyalarida yashirinib yotadi. Sharoitga bunday moslanish ushbu
mintaqalarda
yashayotgan hasharotlar, sudralib yuruvchilar va sut
emizuvchilarga ham xos.
Yorug’likning kunlik va mavsumiy o’zgarishlari hayvonlarning
urchishiga, migratsiya va boshqa biologik maromlariga o’z ta’sirini o’tkazadi.
Ba’zi hasharotlar kun qisqarishi natijasida ko’payish jarayonini to’xtatadi, kun
uzayishi bilan esa ko’payish qayta tiklanadi.
Dostları ilə paylaş: