Dinda savolim bor. 2-kitob
www.ziyouz.com kutubxonasi
13
Yetti, yigirma, qirq, yil oshi, qora kiyim kiyish, ovoz chiqarib yig‘lash, bir yilgacha to‘y
qilmaslik, oq kiyar, kir yuvish kabi marosimlar shariatimizda yo‘q.
O’lganga
marsiya aytib, o‘zini urib, yoqa yirtib yig‘lash man etilgan. Bu haqda Rasuli
akramdan (s.a.v.) ko‘plab hadisi shariflar vorid bo‘lgan.
Savol: Ko‘pincha ta’ziya marosimlarida keksalar yig‘layotgan ayollarga
hadeb ovoz chiqarib yig‘layvermanglar, bu – yaxshi emas, deyishadi. Shu
to‘g‘rimi?
Javob: Farzandlarning vafot etgan – ota-onalari uchun yoki ota-onaning jon taslim
qilgan bolalari uchun ko‘z yoshi to‘kib ovoz chiqarmay yig‘lamoqlari joizdir. Ammo ovoz
solib yig‘lash marhumga azob beradi. Bu haqda shunday hadislar bor: «Oila a’zolarining
ovoz chiqarib yig‘lamog‘i tufayli marhum azoblanadi».
«O’zingizni tuting, marhumning ortidan baqirib-chaqirmangiz!
Bu johiliyat davrining
odatlaridandir».
«Marhum uchun yuzini tirmalagan, yoqasini yirtgan va o‘zini halok etishni istagan
xotinga Allohning la’nati bo‘lsin!».
«Biror yaqin kishisi o‘lganda baland ovoz bilan yig‘lagan,
sochini yulgan, yuzini
tirmalagan va kiyimlarini yirtgandan uzoq bo‘linglar!»
Alloh taolodan marhumning gunohlarini kechirishini, qabr
azoblaridan xalos etishini
tilab, shafqat va marhamat yuzasidan ko‘z yoshi to‘kib, sassiz yig‘lamoq joiz.
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam o‘g‘illari Ibrohim vafot etganida yum-yum
ko‘z yosh to‘kib yig‘lagan ekanlar. Buning sababini so‘raganlarida: Marhamatimdan
yig‘layman. Ko‘zimizdan
yosh oqadi, yuraklarimiz mahzun…, dedilar.
Dostları ilə paylaş: